Samarqand TVR | MTRK
4.59K subscribers
105K photos
52.8K videos
535 files
66.4K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi IIV tashkil topganligining 30 yilligi hamda 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand viloyati IIBning tantanali bayram tadbiri


https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ассалому алайкум!
Қадрли юртдошлар, азиз самарқандликлар!
Сиз солиқ идораларида коррупциянинг у ёки бу кўринишига гувоҳ бўлсангиз, бу ҳақда Самарқанд вилоят Давлат солиқ бошқармасининг ишонч телефони (66-234-06-16) ёхуд @samantikorrupsiyabot телеграм бот орқали мурожаат қилишингиз сўралади.


https://t.iss.one/SamTvr
​​#SEMINAR

ISHTIXON TUMANIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY YO'NALISHDA REYTING KO'RSATKICHLARI BELGILANDI

Ma'lumki, umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar 7 ta indikator bo'yicha baholanmoqda. Ya'ni o'quvchilarning fan va turli to'garaklarga jalb etilganligi, axborotlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda yoritilganligi, viloyat va respublika tadbirlaridagi ishtiroki, taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilganligi kabi yo'nalishlar bo'yicha "qizil", "sariq" va "yashil" toifalarga ajratiladi.
Bugun boshqarma boshlig'i o'rinbosari Ozod Jangirov Ishtixon tumanida bo'lib, umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari bilan uchrashdi. Mas'ullar bilan tashkil etilgan oʻquv-seminarida ma’naviy-ma’rifiy yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.
​​🌤6 noyabr. Samarqandda qanday ob-havo kutilmoqda?

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
🍅 9 ойда 73 минг тонна помидор четга сотилди

🏢 Давлат статистика қўмитаси маълумотига кўра, Ўзбекистон 2021 йилнинг январь-сентябрь ойларида қиймати 52,1 млн. AҚШ долларига тенг бўлган 72,9 минг тонна помидор экспорт қилди.

📊 Бу 2020 йилнинг мос даврига нисбатан солиштирилганда 7,3 минг тоннага кам.

🌍 2021 йилнинг 9 ойи мобайнида Ўзбекистон помидор экспорт қилган асосий давлатлар:

🔷 Россия – 37,7 минг тонна
🔷Қозоғистон – 21,1 минг тонна
🔷 Қирғиз Р. – 11,8 минг тонна
🔷 Тожикистон – 2 минг тонна
🔷 Беларусь – 53,6 тонна
🔷 АҚШ – 20,9 тонна
🔷 Афғонистон – 12,0 тонна
🔷 БАА – 9,7 тонна
🔷 Украина – 9,1 тонна
🔷 Германия – 0,5 тонна

@Zarnews_uz
Forwarded from Zarnews.uz
Ўғлим ётлик қилди, ҳоким мурувват кўрсатди…

Ҳаёт мени сийламади, ҳали ёш пайтимдаёқ кўп синовларни бошимдан кечирдим. Бешинчи синфда ўқиётган қизалоғим турмуш ўртоғим билан автоҳалокатга учраб, ҳаётдан эрта кўз юмди. Она учун фарзанд доғи қандайлигини фақат буни бошидан ўтказганлар билади. Кейин суянчиғимсиз қолганим ҳам тақдиримга бир зарба бўлди. Начора, Худонинг синови экан-да. Бир ўғлимни ўзим тарбиялаб, вояга етказдим.

👉 https://zarnews.uz/67i

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
«Zarafshon» gazetasining 2021 yil 6 noyabr kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Bugungi sonda:

- Xizmatlari e’tirof etildi;
- Rahbarlar o‘zgarmayapti (mi?);
- "Issiqlik manbai" qishki mavsumga tayyor biroq aholi xonadonlari nega isitilmayapti?;
- Ruhiy nomutanosiblik oilaviy ajrimlarning bosh sababchisi.

Shuningdek, “Zarafshon” muxbirlari tayyorlagan yangiliklar, jamiyatda uchrayotgan illatlar haqidagi maqolalar chop etilgan.
Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.

https://t.iss.one/SamTvr
Yangi tashkil etilgan mahalla fuqarolar yig’inlari o’z binolariga ega bo'ldi

Urgut tumanida mahalla obodligi yoʻlida qator ijobiy ishlar bajarilib kelinmoqda.

Jumladan, bugun tumanda yangi tashkil etilgan "Katta Kamongaron", "Quyi Kamongaron", "Ho’ja Ahror Vali" mahalla fuqarolar yig’inlari zamonaviy binolari foydalanishga topshirilishi u yerda istiqomat qilayotgan aholini nihoyatda mamnun qildi.

Tadbirda hokimlik mutasaddilari, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, nuroniylar va jamoat faollari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimlarida tuman hokimi B.Jabborov soʻzga chiqib, tadbirlarni ochib berdi.

Ushbu binolarda mahalla raislari hamda oʻrinbosarlari uchun alohida xonalar mavjud boʻlib, ularning har biri zamonaviy moddiy-texnika vositalari va mebel jihozlari bilan taʼminlangan.
_________________
URGUT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
​​❗️Kecha mamlakatimizda 285 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, kasallikdan 2 nafar bemor vafot etdi, pnevmoniyaga chalinish holatlari aniqlanmadi

🔺2021 yil 5 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 187666 (+285) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌22 nafari Andijon viloyatida,
📌9 nafari Buxoro viloyatida,
📌9 nafari Jizzax viloyatida,
📌3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌2 nafari Navoiy viloyatida,
📌18 nafari Namangan viloyatida,
📌25 nafari Samarqand viloyatida,
📌2 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌26 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌26 nafari Xorazm viloyatida,
📌55 nafari Toshkent viloyatida,
📌87 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️Kecha kun davomida:
🔹Andijon viloyatida 21 nafar,
🔹Buxoro viloyatida 2 nafar,
🔹Jizzax viloyatida 7 nafar,
🔹Namangan viloyatida 25 nafar,
🔹Samarqand viloyatida 23 nafar,
🔹Farg‘ona viloyatida 23 nafar,
🔹Xorazm viloyatida 29 nafar,
🔹Toshkent viloyatida 57 nafar,
🔹Toshkent shahrida 120 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 183612 (+307) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

⚫️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1336 nafarni tashkil qildi.

Mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgan bo‘lsa-da, aholidan hotirjamlikka berilmaslikni, belgilangan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini va bu orqali o‘zlarini hamda boshqa yurtdoshlarimizning salomatligini asrashini so‘rab qolamiz.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.