Samarqand TVR | MTRK
4.59K subscribers
105K photos
52.8K videos
534 files
66.4K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#Tezkor
DXX tomonidan Samarqandda fuqaro 10 kg 300 gr opiy giyohvandlik moddasi bilan ushlandi.

Davlat Xavfsizlik Xizmati xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida muqaddam giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan, 1984 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro 10 kg 300 gr “opiy” moddasi bilan qo‘lga olindi. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️

https://t.iss.one/SamTvr
Oqdaryo tumanida daraxt ekish bo‘yicha "dolzarb 40 kunlik" aksiyasi qizg‘in davom etmoqda

Joriy yilning 2 noyabrdan 10 dekabrga qadar yurtimizda daraxt ekish bo‘yicha "dolzarb 40 kunlik" e’lon qilingan.

Daraxt va buta ko‘chatlarini ekish bo‘yicha aksiya doirasida Oqdaryo tumanida ham ishlar boshlanib, aksiyada korxona va tashkilot xodimlari va mahallalarda keng jamoatchilik faol ishtirok etishmoqda.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
🏃 «Samarkand Half Marathon»da ishtirok etish uchun 2163 nafar kishi ro‘yxatdan o‘tdi

Quyida ro‘yxatdan o‘tganlar soni masafalar tartibida keltirilgan:

👉🏻 Ikki kilometrlik masofaga – 880 nafar;

👉🏻 O‘n kilometrlik masofaga – 733 nafar;

👉🏻 Yigirma bir kilometrlik masofaga – 450 nafar;

👉🏻 Shimolcha yurish (2 kilometrga, Skandinavskaya Xodba) – 100 nafar;

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

https://t.iss.one/SamTvr
Uza.uz
Одамлар эртага эмас, бугун яхши яшашни хоҳлайди
Ҳафта бошида ўтказилган ҳокимлик аппарат йиғилишида Самарқанд вилояти ҳокими Э.Турдимов аҳоли мурожаатлари билан ишлаш,
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Инвестициялар бўйича 1-Халқаро бизнес форум ўтказилди
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi IIV tashkil topganligining 30 yilligi hamda 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand viloyati IIBning tantanali bayram tadbiri


https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ассалому алайкум!
Қадрли юртдошлар, азиз самарқандликлар!
Сиз солиқ идораларида коррупциянинг у ёки бу кўринишига гувоҳ бўлсангиз, бу ҳақда Самарқанд вилоят Давлат солиқ бошқармасининг ишонч телефони (66-234-06-16) ёхуд @samantikorrupsiyabot телеграм бот орқали мурожаат қилишингиз сўралади.


https://t.iss.one/SamTvr
​​#SEMINAR

ISHTIXON TUMANIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY YO'NALISHDA REYTING KO'RSATKICHLARI BELGILANDI

Ma'lumki, umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar 7 ta indikator bo'yicha baholanmoqda. Ya'ni o'quvchilarning fan va turli to'garaklarga jalb etilganligi, axborotlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda yoritilganligi, viloyat va respublika tadbirlaridagi ishtiroki, taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilganligi kabi yo'nalishlar bo'yicha "qizil", "sariq" va "yashil" toifalarga ajratiladi.
Bugun boshqarma boshlig'i o'rinbosari Ozod Jangirov Ishtixon tumanida bo'lib, umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari bilan uchrashdi. Mas'ullar bilan tashkil etilgan oʻquv-seminarida ma’naviy-ma’rifiy yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.
​​🌤6 noyabr. Samarqandda qanday ob-havo kutilmoqda?

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.