Samarqand TVR | MTRK
4.61K subscribers
105K photos
52.7K videos
534 files
66.3K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
​​#сизбунибиласиз

Маҳалла кузатувчилари қандай ҳуқуқларга эга?

 сайлов комиссияларининг мажлисларида ҳозир бўлиш;

 номзодлар кўрсатишга бағишланган йиғилишларда, номзодларнинг сайловчилар билан учрашувларида иштирок этиш;

 сайлов участкасида ҳозир бўлиш, тайёргарлик ишларининг боришини, яширин овоз бериш кабиналарининг ёки хоналарининг жойлаштирилишини ва сайлов қутиларининг муҳрланишини, фуқароларнинг рўйхатга олинишини, сайлов бюллетенларининг уларга берилишини кузатиш;

 сайлов куни овоз бериш жараёнини кузатиш;

 муддатидан олдин овоз беришни ўтказиш вақти ва жойи ҳақида хабардор бўлиш ҳамда ушбу жараённи кузатиш;

 сайловчининг турган жойида унинг рухсати билан овоз бериш жараёнини кузатиш;

 овозлар санаб чиқилаётганда ва сайлов комиссиясининг баённомаси тузилаётганда ҳозир бўлиш;

 сайлов натижалари тўғрисидаги ҳужжатларнинг сайлов комиссияси томонидан тасдиқланган кўчирма нусхаларини сўраш ва олиш;

 сайлов жараёни ва овоз беришнинг яширинлигини бузмасдан фото, видео, аудио ёзувларни амалга ошириш (озодликдан маҳрум этиш жойлари, ҳарбий қисмлар, даволаш муассасалари бундан мустасно);

 кузатув натижалари тўғрисида оммавий ахборот воситалари вакилларига мурожаат қилиш;

 округ сайлов комиссияси томонидан участка сайлов комиссияларидан овозларни санаб чиқиш натижалари тўғрисидаги баённомаларни қабул қилиб олиш ҳамда округ бўйича сайлов натижаларини аниқлаш жараёнида ҳозир бўлиш;

 озодликдан маҳрум этиш жойларида тузилган сайлов участкаларидаги сайлов жараёнини кузатиш хоҳиши тўғрисида округ сайлов комиссиясига сайловга камида уч кун қолганда хабар бериш;

 агар сайлов участкасида сайлов қонунчилиги талаблари бузилишига йўл қўйилган, деб ҳисоблаш учун асослар бўлса, ўз кузатувлари тўғрисида участка сайлов комиссияси аъзоларига уларнинг ишига аралашмаган ҳолда маълум қилиш, шунингдек юқори турувчи сайлов комиссияларига хабар бериш;

 сайлов тўғрисидаги қонунчилик ҳужжатлари ҳақида ҳамда сайловга тайёргарлик кўриш ва унинг ўтказилиши бўйича ўз фикрини баён қилиш ҳуқуқига эга.

Кузатувчи сайлов комиссияларининг қарорлари устидан ушбу қарорлар қабул қилинганидан кейин ўн кун ичида юқори турувчи сайлов комиссиясига ёки судга шикоят қилиши ҳамда шикоятни кўриб чиқишда бевосита иштирок этиши мумкин.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Nodavlat notijorat tashkilotlari ochiq tanlovi e’lon qilindi!

❗️❗️❗️O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Nodavlat notijorat tashkilotlariga qarz mablag‘lari ajratish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qildi

🏆 Tanlovda ishtirok etish va tanlov hujjatlar to‘plami namunasini olish uchun talabgor Agentlikning quyidagi manzillariga murojaat qilishi lozim.
tel: (71) 238-69-33, (71) 238-69-00 (1-5025) (1-2800)
Elektron manzil: [email protected].
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
veb-sayt: www.uzade.uz
21 oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Toyloq tuman hokimligi xodimlari tumandoshlarimizni bayram bilan qutlaydi.

https://t.iss.one/SamTvr
Samarqand tuman XTBga qarashli 45 umumiy o'rta ta'lim maktabida 21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan "Ona tili-millat ko'zgusi" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda maktab o'quvchilari tomonidan ijro etilgan she'r, qo'shiq va go'zal raqslar yig'ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎞 21-oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun...

https://t.iss.one/SamTvr
​​DAVLAT TILI HAQIDA DAVRA SUHBATI
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989 yilning 21 oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.
“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-615-son) 1-moddasi bilan 21 oktabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to‘lishi va mazkur sana joriy yilda ilk marta “O‘zbek tili bayrami” sifatida nishonlanishi munosabati bilan butun respublika miqyosida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmokda.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 21 oktabr kuni Samarqand viloyat sudida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Samarqand davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘qituvchisi Samgin Qurbonov ishtirok etdi va ma’ruza qildi.
Ma’ruzada o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart – sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.
Tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma’naviy burchimiz bo‘lib qolishiga e’tibor qaratildi.
O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish uchun uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarurligi hamda har birimizdan tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishni talab etishi ta’kidlandi.
Tadbir davomida viloyat sudi sudyalari davlat tilining ahamiyati, maqomi, ish yuritishda nimalarga e’tibor berish haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Kanalga a’zo bo‘ling: https://t.iss.one/Samarqandvilsudi
❗️ Bulung‘ur tuman hokimligi tomonidan 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan #onatilimfaxrim heshtegi ostida boshlab berilgan #chellenj tuman Davlat xizmatlar bo'limi xodimlari tomonidan davom ettirildi.

‼️Tumandagi boshqa mehnat jamoalarini ham ushbu #chellenjda faol ishtirok etishga chaqiramiz.

https://t.iss.one/SamTvr
#сизбунибиласиз

Агар маҳалла раиси, унинг ўринбосари, маслаҳатчиси, шунингдек, йиғин органларининг бошқа мансабдор шахслари сиёсий партияларнинг аъзолари бўлса, улар сайловда фуқаролар йиғинларидан кузатувчи бўла оладими?

Жавоб:

Сайлов кодексида ҳамда Марказий сайлов комиссиясининг 2019 йил 5 октябрдаги 951-сонли қарори билан тасдиқланган “Сиёсий партиялар ва фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органларидан кузатувчилар тўғрисида”ги низомда бундай тақиқ белгиланмаган.
Агар улар аъзо бўлган сиёсий партиядан кузатувчи этиб белгиланмаган бўлса, фуқаролар йиғинларидан кузатувчи бўлиши мумкин.


https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Siz ham kelajagingiz uchun ovoz bering!

Samarqand "Kelajak liderlari" klubi a'zolari saylovga tayyor.

Sizchi?

https://www.youtube.com/watch?v=TJ9UHLIYq5w

Samarqand "Kelajak liderlari"klubi axborot xizmati
Telegram I Instagram I Facebook
Forwarded from OSONISH | SAMARQAND (Sarvinoz Tursunova)
📊#Statistik
#Samarkand_bandlik
#Samrkand_bandlik_statistik

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan qoʻllanilgan jarimalarning undirilish holati toʻgʻrisida statistik ma'lumotlar bilan tanishing


Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik