Samarqand TVR | MTRK
4.61K subscribers
106K photos
53K videos
537 files
66.8K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Shahar hokimligida o‘qituvchi va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi

Bugun Samarqand shahar hokimligida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Tadbirda xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritib, ushbu kunda nuroniylar safida bo‘lgan faxriy ustozlar, o‘z bilimi, iqtidori bilan o‘rnak ko‘rsatayotgan ilg‘or o‘qituvchilar va xalq ta’limi sohasining fidokor rahbar-xodimlari qatnashdi.

Dastavval Samarqand shahar hokimi Boburmirzo Oblaqulov so‘zga chiqib ishtirokchilarga va ular orqali barcha ustozlarga o‘zining dil so‘zlarini izhor etdi.

– O‘qituvchilarni qancha e’zozlasak, hurmatlarini ado etsak arziydi, – dedi B.Oblaqulov. – Chunki ko‘z nuri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati, ularning jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir.

https://t.iss.one/SamTvr
Faxriy ustozlar xonadonida

Bugun Oqdaryo tuman hokimi N.Sulaymonov, tuman prokurori D.Kubayev hamda tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri S.Ortiqovalar ta’lim sohasida samarali mehnat qilib, nafaqaga chiqqan faxriylar holidan xabar olishdi. Ustoz Narzi Bo‘ltakova, Jo‘ra Xudoyorov, Hamza Azizova, Shohida Nigmatovalar xonadonida bir piyola choy ustidagi suhbat xotiralar bilan qizg‘in kechdi. Mustaqillikning dastlabki, mashaqqatli yillari xotirlandi. Marhum ustozlar yod etildi.
– O‘qituvchilik kasbi bu qadar e’zozlanmagan. Biz ishlagan damlar o‘qituvchilar bayramini paxta dalasida kutib olardik, – deydi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi Shohida Nigmatova. – Hozirgi davrni ilm-ma’rifat davri desak bo‘ladi. Chunki, ta’lim sohasiga hozirgidek e’tibor, hozirgidek shart-sharoitlar hech qachon bo‘lmagan. Yoshlarimiz ilm olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni ko‘rib, ertangi kunimiz yanada charog‘on bo‘lishini his etyapmiz.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari | O'zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka nomzod N.Oblomurodovning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Bulung'ur tumanida saylovchilar bilan uchrashdi.

30.09.2021-yil

https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari | O'zbekiston XDPdan Prezidentlikka nomzod M.Vorisovaning Samarqanddagi ishonchli vakili Samarqand shahrida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.

30.09.2021-yil

https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari | O'zbekiston "Adolat" SDPdan Prezidentlikka nomzod B.Abduhalimovning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili M.Bobobekova Bulung'ur tumanida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.

30.09.2021-yil

https://t.iss.one/SamTvr
Ustozlarga ta’zimdamiz!
Aziz ustozlar, qadrli muallim va murabbiylar!
Sizlarni bayram bilan qutlar ekanman, hayot yo‘limdagi barcha ustozlarim birma-bir ko‘z oldimdan o‘tdi. Nimaga erishgan bo‘lsak, ustozlarimizdan olgan saboqlarimiz tufayli erishdik.
Prezidentimiz boshchiligida Yangi O‘zbekistonni qurish, yangi Renessans poydevorini qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, yutuqlar, xalqimiz farovonligida Siz aziz ustozlarning hissasi beqiyos.
Prezident saylovida ham faol qatnashib, xalqimizning yorqin kelajagini qurishga qodir nomzodga ovoz berishingiz va bu ishda yoshlarga ibrat ko‘rsatishingizga ishonamiz.
Aziz ustozlar, muallim va murabbiylar! Barchangizni boshqarmamiz ishchi-xizmatchilari nomidan bayram bilan samimiy tabriklab, sizlarga mustahkam sog‘lik, ish va ijodingizda ulkan zafarlar tilayman!
Ustoz degan tabarruk nomga loyiq mo‘tabar insonlar oldida hamisha ta’zimdamiz!
Bahodir Ne’matov, viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i.
Муҳтарам устоз ва мураббийлар!

Сизларни қутлуғ сана -1 октябрь "Ўқитувчи ва мураббийлар куни" билан чин қалбдан табриклайман. Устозлар деганда,кўз ўнгимизда беихтиёр беғубор болалигимиз, илк бора қўлимизга қалам тутқазган биринчи ўқитувчимиз намоён бўлади.
Бугун “Ўқитувчи ва мурабийлар “ кунини нишонлар эканмиз, бизга илм ўргатган, ҳаёт сабоғини берган жонкуяр, фидойи ўқитувчи ва мураббийларимизга чуқур ҳурмат бажо келтириб, чин дилдан таъзим қиламиз.
Таълим-тарбия соҳасида меҳнат қилаётган барча педагог ходимларни “Ўқитувчи ва мураббийлар куни” билан яна бир бор чин қалбимдан табриклаб, энг эзгу тилакларимни изҳор этаман!
Муҳратам устозлар! Касб байрамингиз муборак бўлсин!

Қосим Каршиев
O'zLiDeP Пастдарғом туман Кенгаши раиси,
халқ депутатлари Самарқанд вилоят Кенгаши депутати
​​XALQ TA'LIMIDA ASRLARGA TATIGULIK ISLOHOTLARNING YO‘LBOSHCHISI MUALLIM BO‘LADI

Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Assalomu alaykum, qadrli ustoz va murabbiylar, sharafli kasb egalari!
Mana shunday fayzli kunlarda Sizlarni kasb bayramingiz - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan muborakbod etaman! Mas'uliyatli va eng iftixorga munosib kasbingiz huzur-halovatini, shogirdlar va farzand-u nabiralar ardog‘ida yashashni tilayman! Xalq farzandini komil inson, mamlakat ravnaqi, sohalar rivojiga kamarbasta etib voyaga yetkazishdek sharafli vazifada Sizga kuch-quvvat, shijoat tilayman!

Aziz hamkasblar!
Bugungi o‘qituvchining qadr-qimmati haqida ko‘p to‘xtalishga xojat yo‘q, deb hisoblayman! Negaki, Yurtboshimiz g‘amxo‘rligi, islohotlari natijasida o‘qituvchi obro‘si, qadr-qimmatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, ta'lim maskanlarimizda erkak o‘qituvchilar soni ortayotgani, o‘sib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz "Kelajakda men ham o‘qituvchi bo‘laman", deb oldiga maqsad qo‘yayotgani, muallimning oilasidan, ro‘zg‘oridan ko‘ngli to‘q bo‘lib, izlanib, fidoyilik, tashabbuskorlik, ijodkorlik bilan faoliyatiga yondashayotganining o‘zi so‘zimizga izoh bo‘la oladi.

Muhtaram do‘stlar!
Bugun har bir inson jamiyatda qadr topmoqda. Inson manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega.
Ayni paytda har qaysi sohada fidoyilik, tashabbuskorlik bilan mehnat qilayotgan kasb egasi qadrlanib, faoliyati e'tirof etilmoqda. Jumladan, bu yil Samarqand xalq ta'limi rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh pedagoglarimiz mehnati e'tirof etildi.

Bayram munosabati bilan bir nafar o‘qituvchimiz "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi", yana sakkiz nafari boshqa nufuzli davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, yuz nafarga yaqin hamkasblarimizga Xalq ta'limi vazirligining "Xalq ta'limi fidoyisi" va "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishonlari topshirilgani e'tirofga loyiq!
Ularning barchalarini bu mukofotlar bilan tabriklaymiz!

Aziz ustozlar! Yana bir bor bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin! Yangi O‘zbekiston maktablarida ilm-ma'rifatni ravnaq toptirishda, Uchinchi Renessansni mustahkam barpo etishda Allohning o‘zi madadkor bo‘lsin!

Zebiniso Shodiyeva,
Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i.
Муҳтарам устоз ва мураббийлар!

Устозлар ҳақида сўз кетганда беихтиёр беғубор болалигимиз, илк бора қўлимизга қалам тутқазган биринчи ўқитувчимиз кўз олдимизда гавдаланади.
Бугун “Ўқитувчи ва мурабийлар “ кунини нишонлар эканмиз, бизга илм ўргатган, ҳаёт сабоғини берган жонкуяр, фидойи ўқитувчи ва домлаларимизга чуқур ҳурмат бажо келтириб, чин дилдан таъзим қиламиз.
Таълим-тарбия соҳасида меҳнат қилаётган барча педагог ходимларни “Ўқитувчи ва мураббийлар куни” билан чин қалбимдан табриклаб, энг эзгу тилакларимни изҳор этаман!
Муҳратам устозлар! Касб байрамингиз муборак бўлсин!

Хайдар Уроков
Халқ депутатлари Самарқанд вилоят Кенгаши депутати