"Yosh saylovchi - 2021" forumi Ishtixonda!
Yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini yanada boyitish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab "Yosh saylovchi - 2021" forumi o'tkazilmoqda va forumning navbatdagi manzili Ishtixon tumani bo'ldi.
Forumning asosiy tadbirlari tuman markazidagi "Ustozlar" xiyobonida bo'lib o'tdi va loyiha doirasida "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina o‘tkazildi.
Ishtixonda yosh saylovchilariga saylov jarayoni haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi taqdimoti ham bo'lib o'tdi.
#yoshsaylovchi

#axborot
Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand koʻchalaridan birida treylerga ortilayotgan poyezd vagoni yoʻlni toʻsib qoʻydi” sarlavhasi ostida maʼlumotlar tarqaldi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan Toshkent shahridan Samarqand temir yoʻl texnikumiga oʻquv amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun 1 ta yoʻlovchi va 1 ta yuk vagonlari temir yoʻl orqali yuborilgan.
Temir yoʻl texnikumgacha bormaganligi sababli vagonlar koʻtarma kran orqali maxsus yuk mashinalariga ortilib, manziliga yuborilgan.
Ushbu tadbir viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda amalga oshirilib, hozirda ushbu vagonlar Samarqand temir yoʻl texnikumiga olib kelindi.
Vagonlarni olib borish davomida xavfsizlik qoidalariga toʻliq rioya qilinib, koʻngilsiz hodislar roʻy bermadi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Assalomu alaykum Muxtaram ustoz, murabbiylar Siz azizlarni 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin yurakdan tabriklayman. Bugun jamiyatimizda o‘qituvchi va murabbiyning qadri har doimgidanda baland, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Jamiyatda qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar o‘qituvchining, ustozlarning o‘rni va roli juda katta. Shu bois ham biz har doim o‘qituvchini, murabbiyni ulug‘laymiz va hamisha qadrlaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz o‘qituvchi va murabbiylar.
Hurmat va extirom bilan, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari viloyat Kengashi raisi Akbar Norqo‘ziyev.

Shahar hokimligida o‘qituvchi va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi
Bugun Samarqand shahar hokimligida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.
Tadbirda xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritib, ushbu kunda nuroniylar safida bo‘lgan faxriy ustozlar, o‘z bilimi, iqtidori bilan o‘rnak ko‘rsatayotgan ilg‘or o‘qituvchilar va xalq ta’limi sohasining fidokor rahbar-xodimlari qatnashdi.
Dastavval Samarqand shahar hokimi Boburmirzo Oblaqulov so‘zga chiqib ishtirokchilarga va ular orqali barcha ustozlarga o‘zining dil so‘zlarini izhor etdi.
– O‘qituvchilarni qancha e’zozlasak, hurmatlarini ado etsak arziydi, – dedi B.Oblaqulov. – Chunki ko‘z nuri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati, ularning jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir.
https://t.iss.one/SamTvr

Faxriy ustozlar xonadonida
Bugun Oqdaryo tuman hokimi N.Sulaymonov, tuman prokurori D.Kubayev hamda tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri S.Ortiqovalar ta’lim sohasida samarali mehnat qilib, nafaqaga chiqqan faxriylar holidan xabar olishdi. Ustoz Narzi Bo‘ltakova, Jo‘ra Xudoyorov, Hamza Azizova, Shohida Nigmatovalar xonadonida bir piyola choy ustidagi suhbat xotiralar bilan qizg‘in kechdi. Mustaqillikning dastlabki, mashaqqatli yillari xotirlandi. Marhum ustozlar yod etildi.
– O‘qituvchilik kasbi bu qadar e’zozlanmagan. Biz ishlagan damlar o‘qituvchilar bayramini paxta dalasida kutib olardik, – deydi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi Shohida Nigmatova. – Hozirgi davrni ilm-ma’rifat davri desak bo‘ladi. Chunki, ta’lim sohasiga hozirgidek e’tibor, hozirgidek shart-sharoitlar hech qachon bo‘lmagan. Yoshlarimiz ilm olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni ko‘rib, ertangi kunimiz yanada charog‘on bo‘lishini his etyapmiz.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati