Samarqand TVR | MTRK
4.59K subscribers
106K photos
52.9K videos
535 files
66.5K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Forwarded from Zarnews.uz
Устозлар байрами дарсга кириш қўнғироғи билан бошланди

Самарқанд шаҳридаги "Мўъжиза" амфитеатрида Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати ўтказилган тантанали тадбир қўнғироқ овози билан бошланди.

Давлатимиз мадҳиясини устоз ва мураббийлар оркестр жўрлигида жонли ижро этишди.

Шундан сўнг Ўзбекистон Республикаси Президентининг байрам табригини вилоят ҳокими Эркинжон Турдимов ўқиб эшиттирди.

Давлатимиз раҳбари Фармонига асосан тақдирланганларга мукофотлар топширилди. Шунингдек, бир гуруҳ мактаб ўқитувчилари, олий таълим муассасалари проректорлари ва МТТ мураббийларига вилоят ҳокими фахрий ёрлиқлари берилди.

Тадбир санъаткорларнинг дилбар қўшиқлари билан давом этди.

@Zarnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“SAYLOV — 2021”

Joriy yilning 24 oktabr kunida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yaqinlashgan sayin saylovchilarda saylovga oid turli savollar kelib chiqishi va ma’lumotlar bilan tanishishga talab kuchayishi tabiiy. Shu maqsadda Samarqand viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Samarqand viloyat hokimligi Injiniring kompaniyasida o‘tkazilgan yig‘ilishda saylovchilarga bo‘lajak saylov jarayonlarida qulaylik yaratish yuzasidan saylov uchastkalarida olib borilgan ishlar tahliliy ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari yig‘ilish qatnashchilariga saylov qonunchiligiga oid hujjatlar ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Saylov Kodeksi, Markaziy saylov komissiyasining qarorlari haqida tushunchalar berildi.
"Yosh saylovchi - 2021" forumi Ishtixonda!

Yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini yanada boyitish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab "Yosh saylovchi - 2021" forumi o'tkazilmoqda va forumning navbatdagi manzili Ishtixon tumani bo'ldi.

Forumning asosiy tadbirlari tuman markazidagi "Ustozlar" xiyobonida bo'lib o'tdi va loyiha doirasida "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina o‘tkazildi.

Ishtixonda yosh saylovchilariga saylov jarayoni haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

#yoshsaylovchi
#axborot

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand koʻchalaridan birida treylerga ortilayotgan poyezd vagoni yoʻlni toʻsib qoʻydi” sarlavhasi ostida maʼlumotlar tarqaldi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan Toshkent shahridan Samarqand temir yoʻl texnikumiga oʻquv amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun 1 ta yoʻlovchi va 1 ta yuk vagonlari temir yoʻl orqali yuborilgan.

Temir yoʻl texnikumgacha bormaganligi sababli vagonlar koʻtarma kran orqali maxsus yuk mashinalariga ortilib, manziliga yuborilgan.

Ushbu tadbir viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda amalga oshirilib, hozirda ushbu vagonlar Samarqand temir yoʻl texnikumiga olib kelindi.

Vagonlarni olib borish davomida xavfsizlik qoidalariga toʻliq rioya qilinib, koʻngilsiz hodislar roʻy bermadi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati
Assalomu alaykum Muxtaram ustoz, murabbiylar Siz azizlarni 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin yurakdan tabriklayman. Bugun jamiyatimizda o‘qituvchi va murabbiyning qadri har doimgidanda baland, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Jamiyatda qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar o‘qituvchining, ustozlarning o‘rni va roli juda katta. Shu bois ham biz har doim o‘qituvchini, murabbiyni ulug‘laymiz va hamisha qadrlaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz o‘qituvchi va murabbiylar.
Hurmat va extirom bilan, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari viloyat Kengashi raisi Akbar Norqo‘ziyev.
Shahar hokimligida o‘qituvchi va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi

Bugun Samarqand shahar hokimligida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Tadbirda xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritib, ushbu kunda nuroniylar safida bo‘lgan faxriy ustozlar, o‘z bilimi, iqtidori bilan o‘rnak ko‘rsatayotgan ilg‘or o‘qituvchilar va xalq ta’limi sohasining fidokor rahbar-xodimlari qatnashdi.

Dastavval Samarqand shahar hokimi Boburmirzo Oblaqulov so‘zga chiqib ishtirokchilarga va ular orqali barcha ustozlarga o‘zining dil so‘zlarini izhor etdi.

– O‘qituvchilarni qancha e’zozlasak, hurmatlarini ado etsak arziydi, – dedi B.Oblaqulov. – Chunki ko‘z nuri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati, ularning jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir.

https://t.iss.one/SamTvr