"Устозлар бутун кучларини, ақл-идрокларини, билим ва зеҳнларини, қалб қўрини шогирдларига, демакки, миллатнинг эртаси, тараққиётига бахшида этадилар. Мен сизларни тимсолингизда худди шундай устозни кўраман!"
Самарқанд шаҳар ҳокими Бобурмирзо Облақулов 1 октябрь – "Ўқитувчи ва мураббийлар" куни муносабати билан Қишлоқ хўжалик фанлари доктори, профессор Раззоқ Орипов ҳамда Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти профессори Эркин Хаджаев хонадонига борганда уларга қарата шундай деди.
Ҳоким устозларни ўқитувчи ва мураббийлар куни билан табриклади. Кун қаҳрамонларининг кўплаб йигит-қизларга узоқ йиллар давомида сабоқ бергани ва кўрсатган фидойиклари эсланди.
https://t.iss.one/SamTvr

Қадрли устоз ва мураббийлар!
💐Сизларни, узоқ йиллар давомида ёш авлодга таълим-тарбия бериб, ўзининг кўз нури, қалб қўри, бутун борлиғини ёшлар тарбиясига бағишлаб келаётган азиз ва қадрдон устоз ва мураббийларни бугунги 1-октябрь «Ўқитувчи ва мураббийлар куни» билан табриклайман.
Азиз Устозлар!
💐Бугун Сизга эътибор ва ғамхўрлик кун сайин ортаяпти, ўқитувчининг таълим сифати ва самарадорлигини ошириши, ўз устида ишлаши учун зарур шароит яратилмоқда.
🌷Ҳар бир боланинг тақдири учун жавобгарликни ота-онадан кам ҳис қилмаган ҳолда, бор меҳр ва салоҳиятингизни ўқувчи камолотига сарфламоқдасиз.
Сизларга мана шундай шарафли ва масъулиятли вазифани астойдил амалга оширишда ғайрат ва шижоат тилайман.
Ҳар бирингизга доим эл-юрт ҳурмат-иззатида бўлиш, шогирдлар муваффақиятидан руҳланиб яшаш насиб қилсин!
Энг табаррук ва шарафли касбий фаолиятингизда Яратганнинг ўзи мададкор бўлсин!
Ҳурмат билан,
вилоят ҳокимининг ӯринбосари, Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш бошқармаси бошлиғи А.Умаров

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Sizlarni bugungi kasb bayramingiz 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar ” kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Ushbu mashaqqatli, ammo sharafli kasb ortidan obro‘ topish, xalqimizning eng hurmatli odami bo‘lib yurishingizni tilayman!
Sizlarga sog‘lik-salomatlik, mashaqqatli kasbingizda muvaffaqiyatlar, oilaviy xotirjamlik, Vatanimiz ravnaqi uchun yetuk kadrlarni yetkazib berishda kuch-quvvat tilayman. Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!
Hurmat bilan
Laziz Hamidov
Viloyat Qurilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i.

Forwarded from OSONISH | SAMARQAND (Sarvinoz Tursunova)
#1_oktabr_O‘qituvchi_va_murabbiylar kuni
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi viloyati Bandlik bosh boshqarmasi
1- oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan "Ustozlarga ehtirom" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etdi.
Tadbirda markaziy studiyadan davlat va jamoat arboblari , vazirlik markaziy apparati, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, tasarrufiy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Shu munosabat bilan ko‘p yillik mehnati va o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarayotgan bir guruh xodimlari Samarqand viloyati Bandlik boshqarmasi tomonidan taqdirlandi.
Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik

#Ustozlarga_tabrik!
Dunyo imoratlarining ichida eng ulugʻi maktab boʻlsa, kasblarning ichida eng sharaflisi va ulugʻi oʻqituvchilik va murabbiylikdir.
Ustoz- oʻziga nisbatan mehrni odobi, taʼlim- tarbiyasi orqali yurakka yoʻllaydi. Aziz, Ustozlar! Sizlarga mashaqqatli va shu bilan birga sharafli mehnatingiz uchun bir umr qoʻlimiz koʻksimizda taʼzim qilamiz.
Sohib Abdurahmonov

Forwarded from Zarnews.uz
Устозлар байрами дарсга кириш қўнғироғи билан бошланди
Самарқанд шаҳридаги "Мўъжиза" амфитеатрида Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати ўтказилган тантанали тадбир қўнғироқ овози билан бошланди.
Давлатимиз мадҳиясини устоз ва мураббийлар оркестр жўрлигида жонли ижро этишди.
Шундан сўнг Ўзбекистон Республикаси Президентининг байрам табригини вилоят ҳокими Эркинжон Турдимов ўқиб эшиттирди.
Давлатимиз раҳбари Фармонига асосан тақдирланганларга мукофотлар топширилди. Шунингдек, бир гуруҳ мактаб ўқитувчилари, олий таълим муассасалари проректорлари ва МТТ мураббийларига вилоят ҳокими фахрий ёрлиқлари берилди.
Тадбир санъаткорларнинг дилбар қўшиқлари билан давом этди.
✅@Zarnews_uz

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“SAYLOV — 2021”
Joriy yilning 24 oktabr kunida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yaqinlashgan sayin saylovchilarda saylovga oid turli savollar kelib chiqishi va ma’lumotlar bilan tanishishga talab kuchayishi tabiiy. Shu maqsadda Samarqand viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Samarqand viloyat hokimligi Injiniring kompaniyasida o‘tkazilgan yig‘ilishda saylovchilarga bo‘lajak saylov jarayonlarida qulaylik yaratish yuzasidan saylov uchastkalarida olib borilgan ishlar tahliliy ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari yig‘ilish qatnashchilariga saylov qonunchiligiga oid hujjatlar ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Saylov Kodeksi, Markaziy saylov komissiyasining qarorlari haqida tushunchalar berildi.

"Yosh saylovchi - 2021" forumi Ishtixonda!
Yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini yanada boyitish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab "Yosh saylovchi - 2021" forumi o'tkazilmoqda va forumning navbatdagi manzili Ishtixon tumani bo'ldi.
Forumning asosiy tadbirlari tuman markazidagi "Ustozlar" xiyobonida bo'lib o'tdi va loyiha doirasida "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina o‘tkazildi.
Ishtixonda yosh saylovchilariga saylov jarayoni haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi taqdimoti ham bo'lib o'tdi.
#yoshsaylovchi