Samarqand TVR | MTRK
4.58K subscribers
106K photos
52.8K videos
535 files
66.5K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
ILM-MA’RIFAT FIDOYILARI SIZGA TASHAKKUR!
Farovon yurtning sog‘lom bolasi bilan birga bo‘lish, uning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash va hayotga tayyorlab borishda ustoz-murabbiylarning zahmatli va sharafli mehnati beqiyos. Ustozlik oliy saodat. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasida 1-oktabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida sohada samarali faoliyat ko‘rasatayotgan tarbiyachi, pedagoglar, ustozlar mehnati ulug‘landi. Viloyat hokimi o‘rinbosari X. Ochilov, viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Z. Jurayev soha xodimlarini ayyom bilan qutlashdi. Faol, tashabbuskor, fidoyi tarbiyachi-pedagoglar boshqarma boshlig‘ining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Bayram tadbirida boshqarmaning shahar va tuman bo‘limlari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.

https://t.iss.one/SamTvr
Forwarded from Zarnews.uz
Самарқанд вилояти ҳокими Эркинжон Турдимов Ўзбекистонда хизмат кўрсатган фан арбоби, академик Ботирхон Валихўжаевнинг хонадонига бориб, улуғ олимни ёдга олди.

Б.Валихўжаевнинг турмуш ўртоғи ва оила аъзоларини Ўқитувчи ва мураббийлар куни билан табриклади.

@Zarnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun “Mehr” operatsiyasiga bag‘ishlangan “Tutqunlik” filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.

https://t.iss.one/SamTvr
Toyloqda zamonaviy mehmonxona foydalanishga topshirildi

Binoning ochilish marosimida tuman hokimi B. Bobonazarov, 2-sektor rahbari A. Saypiddinov, tuman kengashi deputatlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi va mehmonxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Tadbirkor Jamshed Rashidov tomonidan 3,8 millard so‘m mablag‘ evaziga qurilgan mazkur mehmonxona tumanimizda yagona hisoblanadi.
-Toyloqda turizmni rivojlantirish, sayyoh va mehmonlar uchun qulaylik yaratish maqsadida mazkur mehmonxonani qurishga bel bog‘lagan edim, -deydi tadbirkor Jamshed Rashidov. – Uni “Milano garden plaza” deb nomladik. Bino 4 qavatdan iborat bo‘lib 25 o‘ringa mo‘ljallangan. Binodan 11 ta yotoqxona, 1 ta restoran 1 ta bar hamda cho‘milish maskani o‘rin olgan. 11 sotix maydonda bunyod etilgan inshoot jahon andozalari darajasida jihozlangan. Mehmonxonaga zamonaviy isitish va sovitish tizimlari o‘rnatilgan. 5 ta ishchi o‘rni yaratilgan.

https://t.iss.one/SamTvr
Самарқанд вилояти ҳокими Э.Турдимов Ўзбекистон Қаҳрамони Ҳасан Нормуродовнинг хонадонига бориб, унинг оила аъзолари билан суҳбатлашди.

Суҳбат чоғида Ҳасан Нормуродовнинг ибратли фаолияти, устозлик мақомида кўплаб ёшларга сабоқ бергани, йўл-йўриқ кўрсатгани ва фидойилиги ёдга олинди.

- Ҳасан Нормуродов Самарқанднинг асл фарзанди, барчамиз учун қадрли инсон, азиз устоз эдилар, - деди Э.Турдимов.