Samarqand TVR | MTRK
4.59K subscribers
106K photos
52.8K videos
535 files
66.5K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Forwarded from Zarnews.uz
Самарқанднинг фидойи ва фаол муаллим ва мураббийлари мукофотланди

Президентимизнинг шу йил 29 сентябрдаги Фармонига кўра, таълим тизимини халқаро стандартлар асосида ривожлантириш, ўқув-тарбия жараёнига илғор хорижий тажрибаларни кенг жорий этиш ишларига қўшган ҳиссаси, ўқувчиларга илм-фан асослари ва замонавий касб-ҳунарларни ўргатиш, уларнинг интеллектуал салоҳиятини юксалтиришдаги ташаббускорлиги ва фидойилиги ҳамда ижтимоий ҳаётдаги фаол иштироки учун республикамиздаги кўплаб ўқитувчи ва мураббийлар фахрий унвон, орден ва медаллар билан мукофотланди. Улар орасида самарқандликлар ҳам бор.

👉 https://zarnews.uz/w8z1

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining sa’y-harakati bilan «Turkiston islom harakati» («TIH») xalqaro terroristik tashkiloti a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi sababli 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan «Yu.J.» xorijda ushlanib, mamlakatimizga olib kelindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 1969 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan ushbu shaxs 1998 yilning boshlarida Rossiyaning Checheniston Respublikasiga borib, iordaniyalik Amir Xattob tomonidan tashkil qilingan jangarilar lagerida maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi va o‘sha yilning oxirlarida Afg‘onistondagi «TIH» xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shilgan.
Shuningdek, 1999 yilning yanvar oyida tashkilot yetakchilarining ko‘rsatmasi bilan u aylanma yo‘llar orqali Toshkent shahriga kelib, badavlat odamlarning uylarida bosqinchiliklarni amalga oshiradi hamda ularning pul va qimmatbaho buyumlarini o‘zlashtirib, Afg‘onistondagi «TIH» yetakchilariga yuborgan.
Mazkur shaxs 1999 yilning 16 fevral va 30 mart kunlari Toshkent shahrida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ham ishtirok etgan.
Bundan tashqari, 1998-2006 yillarda xorijiy davlatlardagi xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda qatnashgan.
Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi sababli 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxsni qo'lga olidi.

DXX o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi sababli 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxsni qo'lga olindi.

https://t.iss.one/SamTvr
DXX o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi sababli 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxsni qo'lga olindi.

TEZKOR TADBIRLAR. SO'NGI YANGILIKLAR
Каналга аъзо бўлинг👇👇👇
https://t.iss.one/samarkand13042021
#TA'ZIM_SIZGA_AZIZ_USTOZLAR

MEHRIDARYO USTOZLAR HAMISHA E'ZOZDA

Agar dunyo imoratlari ichida eng ulugʻi maktab boʻlsa, kasblar ichida eng sharaflisi oʻqituvchilik va murabbiylikdir. Ertamiz egalari bo'lgan oʻgʻil-qizlarga ilmu maʼrifat, kasb-hunar sirlarini oʻrgatuvchi, odamiylikdan, hayot maktabidan saboq beruvchi ustoz va murabbiylarni har qancha eʼzozlasak, ehtirom koʻrsatsak, shuncha oz. Bugun Samarqand davlat universitetining faollar zalida 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda viloyat xalq ta’limi tizimida samarali faoliyat yuritayotgan bir guruh pedagoglarga Xalq ta’limi vazirligining faxriy yorliq va tarmoq mukofotlari topshirildi.

👉Batafsil

https://t.iss.one/SamTvr
“SAYLOV — 2021”

Joriy yilning 24 oktabr kunida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yaqinlashgan sayin saylovchilarda saylovga oid turli savollar kelib chiqishi va ma’lumotlar bilan tanishishga talab kuchayishi tabiiy. Shu maqsadda bugun Samarqand viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Samarqand viloyat hokimligi Injiniring kompaniyasida o‘tkazilgan yig‘ilishda saylovchilarga bo‘lajak saylov jarayonlarida qulaylik yaratish yuzasidan saylov uchastkalarida olib borilgan ishlar tahliliy ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari yig‘ilish qatnashchilariga saylov qonunchiligiga oid hujjatlar ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Saylov Kodeksi, Markaziy saylov komissiyasining qarorlari haqida tushunchalar berildi.

https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Otadek aziz!, Onadek aziz!
Ustoz yaxshida-ustoz yaxshi.

▶️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MADANIYAT XODIMLARI VA MURABBIYLAR RAG‘BATLANTIRILDI

Narpay tumanidagi 27-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida viloyat madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan madaniyat xodimlari, musiqa va sanʼat hamda sport maktablari murabbiylaridan bir qatori rag‘batlantirildi.

1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashakkurnoma, qimmatbaho sovg‘alar ulashildi.

https://t.iss.one/SamTvr
Aziz ustozlar!

Sizlarni ustoz va murabbiylar kuni bilan Samarqand viloyati hokimligi Injiniring kompaniyasi jamoasi nomidan tabriklaymiz!
Biz uchun Sizning mehribon qalbingiz, bitmas sabringiz, o‘z ishingizga fidoyiligingiz va shogirdlaringizga bo‘lgan cheksiz muhabbatingiz qadrlidir.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, ruhiy tetiklik, mashaqqatli va sharafli burchingizni ado etishda zafarlar, hayotning har jabhasida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Hurmat bilan
Kompaniya direktori S.Ziyadullayev

https://t.iss.one/SamTvr
ILM-MA’RIFAT FIDOYILARI SIZGA TASHAKKUR!
Farovon yurtning sog‘lom bolasi bilan birga bo‘lish, uning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash va hayotga tayyorlab borishda ustoz-murabbiylarning zahmatli va sharafli mehnati beqiyos. Ustozlik oliy saodat. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasida 1-oktabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida sohada samarali faoliyat ko‘rasatayotgan tarbiyachi, pedagoglar, ustozlar mehnati ulug‘landi. Viloyat hokimi o‘rinbosari X. Ochilov, viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Z. Jurayev soha xodimlarini ayyom bilan qutlashdi. Faol, tashabbuskor, fidoyi tarbiyachi-pedagoglar boshqarma boshlig‘ining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Bayram tadbirida boshqarmaning shahar va tuman bo‘limlari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.

https://t.iss.one/SamTvr