SamTVR | MTRK
5.08K subscribers
95.4K photos
44.7K videos
432 files
56.9K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Андижон шаҳрида бўлиб ўтган йиғилишда вилоят аҳолисининг турмуш шароитларини яхшилаш, ижтимоий инфратузилмани ривожлантириш масалаларига алоҳида эътибор қаратди.
Ёшлар ва аёллар муаммоларини тизимли ҳал қилиш, уларни касбга ўргатиш ва иш билан таъминлаш масалаларига ҳам тўхталиб ўтилди.
Шаҳар ва туман студияларидаги аҳоли билан очиқ мулоқот бўлди.

На совещании в Андижане Президент Шавкат Мирзиёев уделил особое внимание улучшению условий жизни населения и развитию социальной инфраструктуры региона.
Затронуты вопросы системного решения проблем молодежи и женщин, их профессиональной подготовки и трудоустройства.
Состоялся открытый диалог с гражданами, подключившимися из городских и районных студий.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #faollar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
NARPAYDA SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTINING “MINTAQA TIL O‘QITISH MARKAZI” FILIALI OCHILDI

Батафсил
: https://www.samarkandnews.uz/post/7363

@Samtvr
​​JOY NOMLARI TABARRUK

👉 Toponimik obyektlarni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi 303-sonli qonuni bo‘yicha amalga oshiriladi. Qonunning 4-moddasiga asosan ko‘chalar, shohko‘chalar, mahallar, maydonlar, bog‘lar va aholi punktlarining tarkibiy qismlariga ayrim odamlar, jamoat arboblari, siyosiy arboblar ism-sharifini berishga, qoida tariqasida yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar bundan mustasno. Ushbu moddaga tayangan holda joriy yilning 6 oyi davomida viloyatda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi, xususan, Narpay tumanida nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan 16 ta aholi punkti, 949 ta ko‘cha, 2 ta ziyoratgoh, 96 ta qabriston nomlari; Jomboy tumanida 225 ta ko‘cha nomlari; Urgut tumanida 13 ta yangi mahallalar; Nurobod tumanida 1 ta yangi aholi punkti, 99 ta ko‘cha nomlari ekspertizadan o‘tkazilib, xalq deputatlari viloyat hamda tuman Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlandi va davlat reesti ba’zasiga kiritish uchun yuborildi. Bundan tashqari, Samarqand shahridagi nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan 130 ta ko‘cha; Kattaqo‘rg‘on shahrida nomsiz 68 ta ko‘cha; Toyloq tumanida nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan 49 ta ko‘cha, 18 ta qabriston nomlari; Oqdaryo tumanida nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan 10 ta ko‘cha; Ishtixon tumanida nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan 632 ta ko‘cha; Qo‘shrabot tumanida nomsiz 33 ta ko‘cha; Urgut tumanida nomsiz 10 ta ko‘cha; Bulung‘ur tumanida nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan 1 ta mahalla, 4 ta aholi punkti, 484 ta ko‘cha, 36 ta qabriston, 2 ta maydon, 4 ta ziyoratgoh nomlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2021-yil 16-iyundagi 08-02883-sonli ekspertiza xulosalari olindi. Ekspertiza xulosalari asosida xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari qarorlarini chiqarish uchun tegishli mutasaddilarga yuborildi.

Sherali Temirov,
Viloyat hokimi maslahatchisi,
Viloyat hokimligi huzuridagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha komissiya raisi o‘rinbosari
​​"Самарканд аэропорти" чегара божхона постида ҳуқуқбузарлик ҳолатларини олдини олиш мақсадида божхоначилар томонидан йўловчилар билан профилактика тадбирлари олиб борилмоқда.
​​⚡️Quvnoq va zukko yoshlarni joriy yilning 19-iyun kuni (ertaga) soat 19:00dan boshlab Mo'jiza amfiteatrida kutamiz!

👉"Iqtisodchi"-TDIU Samarqand filiali
👉"Turist"-“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti
👉"Maroqand"-Samarqand veterinariya-meditsinasi instituti
👉"Tarjimon"-Samarqand davlat chet-tillar instituti
👉"Maroqandlik bojalar"-Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
👉"Oʻzbegim"-Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
👉"Avitsenna"-Samarqand davlat tibbiyot instituti
👉"Jizzax shovvozlari"-O‘zMU Jizzax filiali
👉"Sam-agro"-TDAU Samarqand filiali
👉"Dasturchilar"-TATU Samarqand filiali
👉"TBT"-NDKI
👉"Yoshlar"-Jizzax davlat pedagogika instituti
👉"Yumoristlar"-Jizzax politexnika instituti
👉"Shov-shuv"-Navoiy davlat pedagogika instituti
👉"Education"-"Ali Education” o‘quv markazi
👉"Navoiy yoshlari"-Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi
👉"Aurum 79"-NGMK
👉"Ilxom"-Samarqand davlat universiteti jamoalari chiqish qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Истеъмолчи савол беради:

ID КАРТАСИНИ ЙЎҚОТИБ ҚЎЙГАН ИСТЕЪМОЛЧИГА МАИШИЙ ГАЗ БАЛЛОН ҚАЙ ТАРТИБДА БЕРИЛАДИ?

Саволга “Hududgaz Samarqand”газ таъминоти филиали суюлтирилган газни сотиш ва ҳисобини мувофиқлаштириш бўлими “E-Gaz” оператори Акбар ЖАВАНОВ жавоб беради.

🔥“Hududgaz Samarqand” газ таъминоти филиали матбуот хизмати

@Samtvr
ЎҚИТУВЧИЛАР МАЛАКАСИНИ ОШИРИШДА ЯНА БИР САМАРАЛИ ТИЗИМ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛМОҚДА

Самарқанд вилояти ҳокимлиги, халқ таълими бошқармаси ҳамда малака ошириш ҳудудий маркази ҳамкорлигида ўқитувчиларнинг дам олиши ва саломатлигини тиклаши билан бирга, уларнинг малакасини ошириш тизимини йўлга қўйиш лойиҳаси амалга оширилмоқда.
Педагоглар Оқдарёдаги “Устоз” сиҳатгоҳида 10 кун дам олиш ва даволаниш имкониятига эга бўлади ҳамда ўз фани бўйича малакали тренер-ўқитувчилардан 72 соатлик маҳорат дарсларини ўзлаштиришади.
Лойиҳа доирасида жорий йилнинг 19 июнидан 24 сентябрига қадар жами 180 нафар фан ўқитувчилари босқичма-босқич малака ошириши ҳамда дам олиши кўзда тутилган.
Вилоят ҳокими маслаҳатчиси Н.Ибрагимов, халқ таълими бошқармаси бошлиғи З.Шодиева, малака ошириш ҳудудий маркази директори А.Ибрагимов ҳамда фан методистлари иштирокида ушбу янги лойиҳа муҳокама қилиниб, дарс соатлари ва соғломлаштириш вақтларини тўғри тақсимлаш, натижадорликка эришиш, илғор тажрибалардан кенг фойдаланиш масалалари келишиб олинди.

@Samtvr