SamTVR | MTRK
5.06K subscribers
95.4K photos
44.7K videos
432 files
56.9K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида 2025 йилнинг январь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚖️ Radioelektron vositalardan foydalanish tartibiga qat'iy rioya qiling!!!
Aks holda ma'muriy javobgarlikka sabab bo'lishi mumkin.


@SamTvr
"Milliy liboslar kuni" keng nishonlandi

Samarqand shahrida "Milliy liboslar kuni" doirasida katta qiziqish bilan kutib olingan chellenj davom etmoqda.

Shaharning ko‘plab manzillarida milliy liboslar targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, Samarqandning go‘zal qiyofasini to‘ldirib turgan Registon maydonida ham yigit-qizlar milliy liboslarda uchrashib, tarixiy me’moriy yodgorliklar bilan tanishdi.

Chellenjda siz ham faol bo'ling..
.

@SamTvr
Zarafshon gazetasi №14.pdf
970.4 KB
"Zarafshon" gazetasining 2025-yil 4-fevral kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Bugungi sonda:

- Daromadi bor oilaning muammosi kam boʻladi;

- 2025-yil Samarqand turizmi uchun yangi davr boʻladi;

- Qachongacha yozda issiqdan, qishda koʻmirdan qorayamiz?

- Masʼuliyat olmagan masʼullar.

Shuningdek, unda “Zarafshon” muxbirlari tayyorlagan yangiliklar va maqolalar chop etilgan.

Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.

@SamTvr
Zarafshon gazetasi №15.pdf
1.1 MB
"Zarafshon" gazetasining 2025-yil 6-fevral kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Bugungi sonda:

- Samarqand noni geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi;

- Yangi koʻprik nega qulash darajasiga keldi?

- Boʻston oʻz nomiga munosib boʻladi;

- Navoiy - maʼrifati va maktab.

Shuningdek, unda “Zarafshon” muxbirlari tayyorlagan yangiliklar va maqolalar chop etilgan.

Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.
❗️SO'RAGAN EDINGIZ?

SAVOL:Samarqand viloyati Maktabagacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimlariga ishga joylashish tartibi haqida ma'lumot bersangiz?

JAVOB:

1️⃣Quyidagi lavozimlar Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida (vacancy.argos.uz) e’lon qilingan ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi:
-boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;
-boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlar;
-bo‘lim boshliqlar;
-sho‘ba boshliqlar;
-bosh mutaxassislar;
-yetakchi mutaxassislar;

2️⃣Quyidagi lavozimlar boshqarma boshlig‘i huzurida tashkil etilgan tanlov komissiyasi xulosasiga asosan ishqa qabul qilinadi.
-metodistlar;
-texnik xodimlar

3️⃣ Quyidagi umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori lavozimlari menejerlik sertifikatiga ega nomzodlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining (manager.uzedu.uz) platformasi orqali ochiq tanlov bilan direktorlar kengashi xulosasiga asosan ishga qabul qilinadi.
- maktab direktori

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun yashash hududingizdagi tuman (shahar) maktabagcha va maktab ta’limi bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.

🖌 Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati         

https://t.iss.one/SamTvr
🌏  ҲАФТАЛИК ШАҲАР ЯНГИЛИКЛАРИ

Самарқанд шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати хабар беради...
Тадбиркорлар ва божхона расмийлаштируви бўйича мутахассислар диққатига!

Кейинги йилларда мамлакатимизда божхона маъмуриятчилигини сифат жиҳатидан янги босқичга олиб чиқиш, божхона тартиб-таомилларини амалга оширишда замонавий рақамли технологияларни жорий этиш бўйича тизимли чора-тадбирлар кўрилмоқда.

Жумладан, Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 сентябрдаги “Лицензиялаш, рухсат бериш ва хабардор қилиш тартиб-таомиллари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига божхона брокери фаолиятини ҳамда халқаро курьерлик жўнатмаларини етказиб бериш бўйича фаолиятни такомиллаштиришга қаратилган қўшимчалар киритиш ҳақида”ги ЎРҚ-956-сон Қонуни қабул қилинди.

Мазкур қонунда божхона брокери сифатида фаолиятни амалга ошириш тўғрисида хабардор қилиш тартиби, шунингдек, мазкур фаолият турларини бошлаш ёки тугатиш тўғрисида ваколатли давлат органини хабардор қилмаганлик учун жавобгарлик белгиланди.

Шунингдек, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан тасдиқланган Низомга қўшимчалар киритилди.

Бугунги кунда Адлия ҳамда Рақамли технологиялар вазирликлари томонидан “Лизензия” ахборот тизимига божхона брокери сифатида фаолиятни амалга ошириш тўғрисида хабардор қилиш имкониятини яратишни назарда тутувчи ўзгартириш ва қўшимчалар киритилмоқда.

Юқоридаги норматив ҳуқуқий ҳужжатлар талабларидан келиб чиқиб, божхона юк ва транзит декларацияларини тўлдириб, божхона органига тақдим этиш хизматини кўрсатаётган шахслардан:

- 2025 йил 18 мартга қадар божхона брокери сифатида фаолиятни амалга ошириш тўғрисида белгиланган тартибда хабардор қилиши;

- 2025 йил 1 октябрга қадар божхона брокери штатида бўлган божхона расмийлаштируви бўйича мутахассислар Божхона қўмитаси томонидан тасдиқланган ўқув режаси асосида ўқув ташкилотларида ўқиганлиги тўғрисида малака сертификатига эга бўлишлари талаб этилади.

Мазкур масала юзасидан саволлар бўлса Самарқанд вилояти божхона бошқармасининг (66) 230-42-42 (ички: 66-24, 66-25) рақамига қўнғироқ қилиб, мутахассислардан батафсил жавоб олишингиз мумкинлиги маълум қиламиз.

@SamTvr
Zarafshon gazetasi №17.pdf
750.8 KB
"Zarafshon" gazetasining 2025-yil 11-fevral kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Bugungi sonda:

- Navoiy siymosiga ehtirom;

- Taʼlimda hamon oxirgi oʻrinlardamiz
vaziyat qachon oʻnglanadi?

- Navoiy va Gyote ijodida ishq-muhabbat talqini;

- Xorijiy til oʻqituvchisi sertifikatga ega boʻlishi shart.

Shuningdek, unda “Zarafshon” muxbirlari tayyorlagan yangiliklar va maqolalar chop etilgan.

Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.
Samarqandda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida respublika ko‘rgazmali seminari o‘tkazilmoqda

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari hamda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, sharoiti og‘ir 71 ta tuman hokimlari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Markaziy bankning hududiy boshqarmalari boshliqlari, har bir hududdan 10 nafardan og‘ir ahvoldagi 1024 ta mahallada faoliyat ko‘rsatayotgan hokim yordamchilari va OAV vakillari ishtirok etmoqda.
Seminar ishtirokchilari dastlab davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida Samarqand tumani Sho‘rboyicha mahallasida aholiga ijaraga berilgan yеrlarda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida sabzi mahsulotini yеtishtirish, ichki bozorga yеtkazib berish va eksportga chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar.