Samarqand TVR | MTRK
4.67K subscribers
102K photos
49.3K videos
484 files
62.3K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
🟢 Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi eng namunali faoliyat yuritgan madaniyat muassasasiga ovoz bering sarlavhasi ostida onlayn soʻrovnomasi tashkil etilgan edi.

Bugun ushbu onlayn so'rovnama natijalariga ko'ra “Yilning eng namunali madaniyat bo'limi -2024” nominatsiyasi bo'yicha 1240 nafar ovoz bilan Narpay tumani Madaniyat bo'limi hamda “Yilning eng namunali ta'lim tashkiloti -2024” nominatsiyasi bo'yicha 2482 nafar ovoz bilan Samarqand shahar 1-son Bolalar musiqa va san'at maktabi g'olib deb topildi.

⚡️ Viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov ushbu onlayn so'rovnomada g'olib deb topilgan tashkilot rahbarlariga maxsus statuetka hamda esdalik sovg'alarini topshirdi.

🎶 Qolaversa ushbu rahbarlarga viloyatimiz madaniyat va san'at sohasi rivojiga qo'shayotgan hissasi uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
👍5🔥2
#Markaziy_harbiy_okrug
#Vatanparvarlik_oyligi

Pastdarg'om tuman 3-son Politexnikum yoshlari

Samarqand garnizonidagi harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi

⚡️O‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama maʼnan va jismonan yetuk, yuksak bilimga ega bo‘lishlari ularga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar, olib borilayotgan islohatlar natijasida  kamol topishi ochiq eshiklar kuni ishtrokchilariga takidlab o'tildi.

Samarqand garnizonidagi harbiy qismda Pastdarg'om tuman 3-son Politexnikum yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Men ham askar bo‘laman" shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi.

Unda yoshlar harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi hamda bugungi kunda milliy armiyamizda yaratilgan sharoitlar va Oliy harbiy bilim yurtlari haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
👍14
Ayrim ko‘chalarda transportlarning harakati cheklanadi

Samarqand shahrida O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan Samarqand shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi. Unga ko‘ra, ertaga,11-yanvar kuni soat 09:00 dan 12:00 ga qadar bayramni yuqori saviyada o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakati cheklanadi.

✔️Registon ko‘chasi (Non bozorcha)dan Universitet xiyoboni bo‘ylab;

✔️Ko‘ksaroy maydonining Universitet xiyoboni va Bo‘stonsaroy ko‘chasi bilan tutashmalarida;

Shuningdek, shu kuni Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining Shohrux Mirzo ko‘chasi orqali Abdurahmon Jomiy ko‘chasi tutashmasigacha bo‘lgan qismida soat 17:00 dan 19:00 ga qadar transport vositalarining harakati bir tomonlama amalga oshiriladi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

https://t.iss.one/SamTvr
👍4
Ob-havo

Bugun, 11-yanvar kuni Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

@SamTvr
«Samarqand» telekanali | 11-yanvar

@mtrk_tvdasturlar
ANONS VAQTI

Haftaning dushanba kunidan shanba kuniga qadar soat 07.00 dan 08.00 gacha “Assalom, Samarqand!” musiqiy-koʻngilochar dam olish dasturi xonadoningiz mehmoni!
Yangi tongni “Samarqand” telekanalida “Assalom, Samarqand!” dasturi bilan qarshi oling!

77708 raqamiga STR so'zidan so'ng  salom va tabriklaringizni yo'llang!

https://t.iss.one/SamTvr
Forwarded from Samarqand sadosi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_kontent

- Hayhotdek dalaga bugʻdoy ekishga kim ruxsat berdi, a?
- Axir u joy tashlandiq bir yer boʻlsa.
- Nega oʻsha tashlandiq yerga paxta ekmading, a?

🎬 "Qoʻrgʻoshin" filmidan parcha

Sobiq sovet davrida xalqni ezish va xoʻrlash kompaniyasiga aylangan boshqaruv va paxta ishi haqida taʼsirli film.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube