Samarqand TVR | MTRK
4.7K subscribers
102K photos
49.2K videos
484 files
62.2K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳияси қабул қилинган кун

Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳияси қабул қилинганлигига 32 йил тўлди.

Давлат суверенитети рамзи бўлган мадҳия матни Ўзбекис­тон халқ шоири Абдулла Орипов томонидан ёзилган. Унга Ўзбекистон халқ артисти Мутал Бурхонов мусиқа басталаган.

Қонунчиликка кўра, давлат мадҳияси кўпчилик ҳузурида ижро этилганда ҳозир бўлган кишилар мадҳияни тик туриб ва ўнг қўл кафтини кўкракнинг чап томонига қўйиб, ҳарбий ёки давлатнинг бошқа хизматидаги махсус кийимдаги шахслар эса қўлини бош кийимига қўйиб тинглайди.

@Zarnews_uz
👏1
🇺🇿 Bugun, 10-dekabr - Davlatimiz madhiyasi qabul qilingan kun!

🗣Milliy o'zligimiz, vatanga muhabbat, xalqimizning asriy orzulari, buguni va kelajagi aks etgan davlatimiz madhiyasi 1992-yil, 10-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan.

🇺🇿 Madhiya qalbida o'z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bor har qanday kishida milliy g'urur, o'ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg'otadi. Bu milliy timsolda xalqning o'tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o'yi, maqsadi mujassam.

🎉 Oʻzbekiston yoshlar Ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi jamoasi Sizlarni ushbu tarixiy sana bilan qutlaydi.

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi!

▪️STOP KORRUPSIYA!

@SamTvr
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#New_Talents

🏵New Talents xalqaro tashkiloti tomonidan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O’zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Mening Yurtim MY5, hamda Renessans TV, bilan hamkorlikda o’tkazilgan “OSIYO YULDUZLARI" II-xalqaro musiqa tanlovining "Cholg'u ijrochiligi" yo'nalishida 11-13 yoshlilar o'rtasidagi tanlovda Samarqand shahridagi Prezident maktabining 7-sinf o'quvchisi Ismatullayeva Mumtozabegim 2-o'rinni egalladi.

https://t.iss.one/SamTvr
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Vazifa va ijro: yoshlarni talab yuqori kasblarga o‘qitish va daromadli ish bilan ta’minlash choralari
#10dec #uzbekiston24

@SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_kontent

📌 Masʼuliyat – bu kelajakka qoʻyilgan ilk qadam!

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti Yoshlar ittifoqi BT kengashi aʼzolari tomonidan tayyorlandi


@SamTVR
👍3
"MADHIYA — VATAN OVOZI!"

SamDU Kattaqo'rg'on filialida 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Madhiya — Vatan ovozi!" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir filialning Xorijiy tillar kafedrasi ustozlari hamda talabalar tomonidan tashkil qilindi.

Tadbir Madhiyamiz bilan boshlandi. Davlat ramzi, Vatan madhi yangraganda qalblarda g'urur jo'sh urdi. O'zbekistonimizning jahonda yuksalib borayotgani, Yaratganning nazari tushgan aziz tuproqda yashayotgan har bir tinglovchining ko'zlari baxtdan quvondi.

Tadbirni filial direktorining birinchi o'rinbosari Sh.Mustafayev tabrik so'zi bilan ochib berdi.

Kattaqo'rg'on shahar 02855-harbiy qism orkestri kuyladi. Ular tomonidan ko'rgazmali chiqishlar qilindi.
Ijodkor talabalarning davlat ramzlari, Vatanga bo'lgan sadoqat va mehr, insonparvarlikni madh etuvchi she'r va qo'shiqlari, ijro etgan raqslari barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

© SamDU KF axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
👍1