SamTVR | MTRK
6.07K subscribers
95.8K photos
45K videos
428 files
57.2K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel:(97)3990209
Download Telegram
📆"Samarqand yoshlari" gazetasining 2024-yilgi 21-sonini taqdim etamiz.

🟢 JOMBOYLIK SEVINCHNING SEVINCHLI G‘ALABASI

🔴 ORZULARING O‘ZINGNIKIMI?

🟢 30 NAFAR YOSHGA “KONTRAKT” TO‘LASHDA YORDAM BERILADI

🔴 BIR MARTA MASHINA HAYDAGAN O‘QUVCHI DARSDAN KO‘RA RULNI KO‘PROQ O‘YLAYDI

🟢 OLIMLARIMIZ XALQARO TANLOVDA KUMUSH MEDALGA SAZОVOR BO‘LDI? (Oliy ta’lim muassasalari: SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI)

🔴 SHAHARGA SAYOHAT (hikoya)

🟢 MENI “UYG‘OTGAN” “UYG‘ONISH” ("SIZ HAM O‘QIGANMISIZ?" loyihasi)

🔴 BU IKKOVI TENG BO‘LAMI? ("Shevam — faxrim" loyihasi)

🔵 Shuningdek, yoshlar hayotiga oid dolzarb yangiliklar hamda boshqa mavzulardagi qiziqarli maqola va she'rlarni o‘qishingiz mumkin.

⚪️ Murojaat qilish:
➡️
@TezkorQabulBot
➡️
@markazda_yoshlar_bot

➡️ Obuna indeksi:
5590

@SamTvr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌳 "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Viloyatimizning Urgut tumanida joylashgan "Jarqishloq" mahallasida 3 gektar maydonda, 3000 ming tupdan ortiq mevali va manazarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilib, "Mahalla raisi bog‘i" barpo etildi.

Unda, tumandagi mavjud 120 ta mahallalar raislari tomonidan "Yashil bog‘"ga ishlov berilib, ko‘chatlar o‘tqazildi.

👍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi

https://t.iss.one/SamTvr
🚌52-sonli “Sartepa maskani-Zarafshon mahallasi” shahar avtobus yo‘nalishidagi transport vositalari belgilangan yo‘nalishga qaytdi

Samarqand shahar jamoat transporti tizimining jozibadorligini oshirish, tashuvlarda sifat darajasini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Bosh rejaga asosan yo‘nalishlar bosqichma-bosqich tender tanlovlari asosida Brutto-shartnoma tizimiga o‘tkazib borilmoqda.

▶️Shu kunga qadar So‘g‘diyona maskanida o‘z yo‘nalishini yakunlayotgan 52-sonli “Sartepa maskani-Zarafshon mahallasi” shahar avtobus yo‘nalishi bugun, 15-noyabrdan e’tiboran so‘ngi bekat - Sartepa maskaniga qadar harakatlanadi.

💳Hurmatli yo‘lovchilar! Samarqand viloyati transport boshqarmasi jamoat transporti foydalanuvchilaridan yo‘lkira haqini to‘lashda naqd puldan voz kechib, elektron to‘lov orqali amalga oshirishlarini so‘rab qoladi.
🔴LIVE
#экспресс_тренинг

⚡️Янги тайинланган раҳбар ва унинг жамоаси учун экспресс-тренинг ташкил этилди

▫️Айни дамда Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Самарқанд вилояти филиали, Давлат бошқаруви академияси вилоят филиали ҳамда вилоят Солиқ бошқармаси билан ҳамкорликда Нуробод тумани солиқ инспекциясига янги тайинланган раҳбар ва унинг жамоасига қисқа муддатли экспресс-тренинг машғулоти ташкил этилди.

▫️Дастлаб, Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Самарқанд вилояти филиали раҳбари ўринбосари А.Ибрагимов сўзга чиқиб янги тайинланган раҳбарни жамоага киришиши (адаптация) жараёнини жадаллаштириш ва уларни компетенцияларини ошириш бугунги долзарб вазифалардан бири эканлигини таъкидлади.

▫️Тренингда филиал масъул ходимлари томонидан Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ-49-сонли Фармони ҳамда Вазирлар Маҳкамасининг 595-сонли қарори юзасидан тушунчалар берилмоқда.

Тренинг машғулотлари давом этмоқда...