SamTVR | MTRK
5.09K subscribers
95.5K photos
44.7K videos
432 files
56.9K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Tuman hokimi aholi murojaatlarini tingladi

Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman fuqarolari uchun navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi.

Unda Xalq qabulxonasi, hokim o'rinbosarlari, tumandagi tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolardan 20 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo'lsa, ularning asosiy qismini elektr energiyasi, ichki yo'llar ta'miri, gaz, bandlikni ta'minlash, kadastr, tibbiyot va ijtimoiy himoya doirasida amaliy va moddiy yordamlar olish masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Tuman rahbari tomonidan murojaatlarning qisqa fursatlarda ijobiy hal etilishi yuzasidan mas'ullarga topshiriq va ko'rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

@SamTvr
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali davlat aktivlarini bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling!

🔹
Samarqand shahridan 15 ta (ko'rish)
🔹 Kattaqo‘rg‘on shahridan 1 ta (ko'rish)
🔹 Oqdaryo tumanidan 3 ta (ko'rish)
🔹 Bulung‘ur tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Jomboy tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔹 Ishtixon tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Kattaqo‘rg‘on tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔹 Qo‘shrabot tumanidan 4 ta (ko'rish)
🔹 Payariq tumanidan 4 ta (ko'rish)
🔹 Pastdarg‘om tumanidan 12 ta (ko'rish)
🔹 Paxtachi tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔹 Nurobod tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Urgut tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Toyloq tumanidan 1 ta (ko'rish)

🎞 Video-qo‘llanma

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️

https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Sifatli ta'lim taraqqiyot poydevori" ko'satuvi

https://t.iss.one/SamTvr
☘️ "Yashil makon"ni birgalikda quramiz

🌱 Respublika bo‘ylab  ''Yashil makon'' umummilliy loyihasi doirasida barcha tashkilot va korxonalar tomonidan ko‘chatlar ekilib, bog‘lar barpo qilinmoqda.

🍀 Bugun ushbu loyiha doirasida Urgut tumani yoshlar ishari bo'limi jamoasi bo‘sh turgan maydonga daraxt ko‘chatlari ekishdi.

🌿 Yoshlar yetakchilari va volontyorlar jam bo‘lgan ushbu loyihada 80 sotix yer maydoniga 700 dan ortiq archa daraxti ko‘chatlari ekildi.

🌳 Barchani ushbu umummilliy loyihada faol bo‘lishga chorlaymiz.

#Yashilmakon

@SamTvr
#kadrlar_malaka_oshirish

📚Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги ҳамда Давлат бошқаруви академияси ҳамкорлигида давлат бошқаруви органларининг Инсон ресурсларини бошқариш ва ривожлантириш бўлими масъулларига навбатдаги қисқа муддатли малака ошириш курслари бошланди.

📌Жорий йилнинг 4 ноябрь кунидан бошланган ўқув жараёнлари Давлат бошқаруви академияси Самарқанд ҳудудий филиалида ташкил этилган бўлиб, унда Бухоро, Навоий ҳамда Самарқанд вилоятларидан тингловчилар иштирок этмоқда. Малака ошириш курслари 30 соатга мўлжалланган ўқув дастури доирасида семинар-тренинг ва вебинар машғулотлари шаклида олиб борилади.

❇️Ўқув машғулотларидан кўзланган асосий мақсад - масъулларнинг кадрларга оид давлат сиёсати, инсон ресурсларини бошқариш бўйича билим ва кўникмаларини ошириш, тингловчиларнинг ўзаро тажриба алмашишлари учун имконият яратишдан иборат.

🔰Малака ошириш курсларига вилоятдаги барча кадрлар хизмати бўйича масъулларни жалб этиш режалаштирилган.

@SamTvr