SamTVR | MTRK
6.11K subscribers
95.5K photos
44.8K videos
426 files
57K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (93) 236-89-89
Download Telegram
📌 Professor Tae: O‘zbek tili meni o‘ziga maftun etgan

Ona tilimizga davlat maqomi berilganligining 35 yilligi hamda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ilmiy-adabiy anjuman o‘tkazildi. Unda Samarqand davlat chet tillar universiteti hamda Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti professorlari, xorijiy tilshunos olimlar, ijodkorlar, tuman ziyolilalari qatnashdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi Xosiyat Bobomurodova so‘zga chiqib, milliy qadriyatlarning shakllanishida ona tilining ahamiyati yuksak ekanini ta’kidladi. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, yutuq va kamchiliklarni qayd etdi.

Shuningdek, professor Jozef Stark (AQSH) va Kim In Tae (Janubiy Koreya) o‘zbek tilining boy imkoniyatlari, jozibadorligi haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi.

– Sharq tillari orasida o‘zbek tili so‘z boyligining ko‘lami, jilvasi, so‘zlovchiga qulayligi va mukammal tuzilishi bilan ajralib turadi, – deydi professor Kim In. – Shu jihat meni o‘ziga maftun etgan, umrimning 10 yildan ortiq davrini o‘zbek tilini o‘rganishga sarfladim. Bu umrim mazmuniga aylangan, desam mubolag‘a emas.

Tadbir so‘ngida ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi hamkorligi uchun professor-ustozlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Shuningdek, bayram arafasida o‘tkazilgan insholar hamda hokim stipendiyasi tanlovlarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar taqdirlandi.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_E’LON!

“Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” DK bo‘sh ish o‘rinlariga ishga taklif qiladi

🚌“Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” DK ma’muriyati 219-sonli “Siyob bozor-Nush qishlog’i” shahar atrofi hamda 141-sonli “Qorasuv massivi-Temir yo’l vokzali” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi Isuzu rusumli avtobuslarga “D” toifali tajribali haydovchilarni, shuningdek, tramvay yo‘llarini sozlovchi usta, tramvay vagonlarini ta‘mirlovchi, elektron dasturlovchi mutaxassislarni ham ishga qabul qiladi.

📞Murojaat uchun telefon raqami: +998 (66) 234-20-06

🏢Manzil: Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasi, 144-uy (Mo‘ljal: ‘Oltin Samarqand” restorani yonida)

@SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Электрон овоз бериш қандай амалга оширилади?

@SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴Is gazi xayot uchun xavfli!

☝️Ko‘mir, o‘tin va gaz yoqishda xushyor bo‘linglar, yaqinlarga xam yuborib ogohlantirib qo‘yamiz...
_
_

🔴Ис гази хаёт учун хавфли!

☝️Кў
мир, ўтин ва газ ёқишда хушёр бўлинглар, яқинларга хам юбориб огоҳлантириб қўямиз...

@SamTvr
Audio
#milliy_kontent

Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha!

https://t.iss.one/SamTvr
Audio
#milliy_kontent

Inson tabassumi bilan tarbiyasini,
nimaga kulgani bilan saviyasini namoyon qiladi!

https://t.iss.one/SamTvr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT!

📕 Samarqand ilm ummonida yangi to‘lqin

🔊 Samarqand tarixi, taraqqiyoti va tamaddunida muhim o‘rin tutgan, uning rivojiga, shon-shuhratini oshirishga hissa qo‘shgan siymolarning ibratli hayot yo‘li, samarali mehnati, oilaviy shajarasi hamda ota-bobolari haqidagi turkum ma’lumotlar kitob tariqasida chop etiladi.

⚪️ Siz tanigan, bilgan insonlaringiz orasida ham Samarqand tarixida munosib iz qoldirgan, buyuk ishlari nafaqat yurtimiz, balki butun dunyoga o‘rnak qilib ko‘rsatilishiga munosib insonlar bormi?

🔘 Samarqand iftixorlariga bag‘ishlangan yangi kitobga ajdodlaringiz ham kiritilishini xohlaysizmi? Unda quyidagi telefon raqami orqali bog‘lanib:
— Uning biografiyasi;
— Hayot yo‘li;
— Shajarasi;
— Ibratli ishlari;
— Erishgan yutuqlari;
— Tamaddunga qo‘shgan hissasi haqida asosli ma’lumot taqdim qilib, ularning nomini tarix zarvaraqlariga muhrlang.

☎️ +998 (99) 036-71-02
Baxtiyor Ergashev, SamDU tarix fanlari kafedrasi mudiri.

https://t.iss.one/SamTvr