SamTVR | MTRK
5.09K subscribers
95.5K photos
44.8K videos
434 files
57K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Forwarded from Samarqand sadosi
#Eʼtirof

“Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy sohaga o‘zining fidoyiligi va tashabbuskorligi bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh viloyatimiz faollariga Samarqand shahridagi "Kengashlar uyi" majlislar zalida “Maʼnaviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Taqdirlash marosimida Samarqand viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Xusan Toʻxtayev, Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Behzod Rahmatullayev  hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi rahbari Dilshod Ismailov ishtirok etib, koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarni samimiy tabrikladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Kattaqo’rg’on shahar drama teatri tashabbusi bilan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (Turksoy) hamda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligida olti mistaqil Turkiy davlatlar ijodkorlari tomonidan “Buyuk turon-1” asari Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida sahnalashtirilmoqda. Mazkur asarni sahnalashtirish uchun O’zbekiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon va Turkiya Respublikalaridan taniqli teatr san’ati ustalari va tarixchi olimlar jalb etilgan. Ushbu ijodiy jarayon bilan tanishish maqsadida Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti rahbari Sultan Raev hamda Madaniyat vaziri o’rinbosari Yusufjon Usmonovlar Kattaqo’rg’on shahar drama teatriga tashrif buyurib, ijodiy jarayon bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu turk xalqlari tarixini yoritib beruvchi “Buyuk turon-1” spektakli premerasi joriy yilning sentyabr oyining so’ngiga rejalashtirilgan…

Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri Matbuot xizmati.

https://t.iss.one/SamTvr
Самарқанд осмонида МУШАКБОЗЛИК бўлади

Эртага, 31 август куни Қорасув массивидаги «Янги Ўзбекистон» боғида Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 33 йиллиги муносабати билан бўлиб ўтадиган концертдан сўнг боғга гўзаллик улашиб турган дарё бўйида МУШАКБОЗЛИК ташкил этилади.

Шу куни соат 19:00 да бошланадиган гала-концертда пойтахтдан келган таниқли санъаткорлар – Ботир Қодиров, Нилуфар Усмонова, Ўлмас Оллаберганов, Феруза Эгамова, Ойбек ва Нигора ҳамда сўз усталари ва шаҳримизнинг хушовоз хонандалари ўз чиқишлари билан иштирок этади.

Эслатиб ўтамиз, байрам тадбирлари "Мўжиза" амфитеатрида ҳам бўлиб ўтади.

Концерт дастурларига барчани таклиф этамиз!

БАЙРАМ ТОМОШАЛАРИ БЕПУЛ...


Самарқанд шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати.

https://t.iss.one/SamTvr
Vatanimiz musataqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan bugun yurtimizning barcha hududlarida katta shodiyona. Shu jumladan, “Samarqand suv ta’minoti” AJ binosida ham bayram tadbiri tashkil etildi.
Tashkilot rahbari Laziz Hamidov tashabbusi bilan birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan tizimda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning umumta’lim maktablariga ta’lim olayotgan farzandlariga jihozlangan maktab o’quv qurollari topshirildi.

"Samarqand suv ta'minoti" AJ axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr