Samarqand TVR | MTRK
4.62K subscribers
105K photos
52.7K videos
534 files
66.3K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Forwarded from Samarqand sadosi
#Maʼnaviyat_festivali
#Paxtachi_tumani

🇺🇿Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!

Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida Paxtachi tumanining Tinchlik mahallasida joylashgan 5-umumtaʼlim maktabida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida shoir Oʻlmasbek Samarqandiy sheʼrlari bilan mahalla ahlini xursand qilgan boʻlsa, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Paxtachi tumani boʻlinmasi rahbari Kunuzoqov Mexrojbek bilimdon bolajonlarga kitoblar sovgʻa qildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda auksionda narx tasdiqlashda uchinchi qadamdan boshlab shaxsiy hisobvaraqda yetarli mablag' bo'lishi shart

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-162-son qarorining 4-bandiga asosan savdo jarayoniga o'zgartirish kiritildi. Bunda, «E-auksion» platformasida o‘tkaziladigan elektron onlayn-auksion savdolari jarayonida ishtirokchilar tomonidan narx taklif etilganda ularning hisobvarag'ida taklifga mos mablag' bo'lishi talab etiladi. Bunda, ushbu mablag‘lar auksion jarayonida zakalat sifatida hisobga olinadi.

Diqqat! Ushbu qoida boshlang'ich narxi BXMning 1000 baravarigacha bo’lgan obyektlarga nisbatan qo’llaniladi.

Batafsil videoda

🫥: 66,1 mb
: 1 daqiqa 32 sekund

https://t.iss.one/SamTvr
Viloyat yoshlari "DXX kubogi" uchun  finalda o‘ynaydi

Xabaringiz bor, viloyatimizda sportning futbol va mini futbol bo'yicha "DXX kubogi" musobaqalari bo'lib o'tdi. Ayni musobaqaning viloyat bosqichi g‘oliblari va ularning murabbiylari uchun  o'yinning respublika final bosqichida ishtirok etishlari oldidan Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari H.Tuxtayev, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi mas'uli J.Irisqulov hamda Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i S.Boboyev ular bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Samimiy suhbat tarzida o‘tgan ushbu uchrashuvda finalda ishtirok etuvchi yoshlar va murabbiylarining fikrlari va takliflari eshitildi. Shuningdek, ularga final ushrashuvlarida barcha sharoitlar yaratilishi hamda o'yin oldidan viloyatning tarixiy qadamjolariga sayohat etishlari ta'kidlandi.

💐 Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi futbolchi yoshlarning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritishlarida omad tilaydi.

#uchrashuv

https://t.iss.one/SamTvr
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тўхта ҳайдовчи, тезликни оширма!

@SamTVR
ГАЛА-КОНЦЕРТГА МАРҲАМАТ!

Самарқанд шаҳрининг Қорасув массивидаги «Янги Ўзбекистон» боғида "Тадбиркорлар куни" муносабати билан ГАЛА-КОНЦЕРТ бўлиб ўтади.

Концерт дастурида Ўзбекистон халқ артисти Юлдуз Усмонова ҳамда хушовоз хонандалар Улуғбек Раҳматуллаев ва Озода Нурсаидова ўз чиқишлари билан иштирок этади.

Эртага, 18 август куни соат 19:00 да бошланадиган концерт дастурларига барчани таклиф этамиз!

Концерт барча учун бепул!


Самарқанд шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати.

https://t.iss.one/SamTvr
Forwarded from Samarqand sadosi
#Maʼnaviyat_festivali
#Samarqand_tumani

🇺🇿“Bir boʻlsak - yagona xalqmiz,
birlashsak - Vatanmiz!”


Shiori ostida madaniy-ma’rifiy ijodiy tadbir Samarqand tumani Shirinoba, Mironqul, Joʻyi Abbos, Mirshikor mahallalarida koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-oʻqituvchilari mustaqillik toʻgʻrisida ma’ruza qilishdi.

Tadbir yakunida sanʼatkorlarning chiqishlari mahalla ahliga kayfiyat bagʻishladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube