Samarqand TVR | MTRK
4.59K subscribers
105K photos
52.8K videos
534 files
66.4K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Samarqand TVR | MTRK
Video
#REYD

Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko‘p qavatli uylardagi, uylarning tutash hududlaridagi noqonuniy qurilmalarni aniqlash va ularni bartaraf qilish bo‘yicha aholi murojaatlariga asosan reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Samarqand shahar Damariq 1 mahallasidagi 20-sonli ko‘p qavatli uyning mulkdori uyning tutash hududidan noqonuniy qurilma ya‘ni ayvon qurganligi aniqlanib, Inspeksiya xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi. Mulkdor o‘z ixtiyori bilan noqonuniy qurgan qurilma ya’ni ayvonini buzib oldi.

Yana bir holatda esa Samarqand shahar Mevazor mahallasidagi 50-sonli ko‘p qavatli uyning mulkdorlaridan biri ham uyining tutash hududidan noqonuniy qurilma qurib, hududni o‘rab olganligi aniqlandi.

Yuqorida aniqlangan holatlar yuzasidan Inspeksiya tomonidan huquqbuzarlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi. Koʻrsatmada berilgan muddat ichida huquqbuzarlar holatni bartaraf qilib, oldingi holatiga qaytarmasa ularga nisbatan MJtKning 159-moddasiga asosan maʼmuriy jarima qoʻllanilib, majburiy bartaraf qilish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga davo arizalari kiritiladi.
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi reklama beruvchilarni hamkorlikka chorlaydi!

Samarqand shahri, Ko‘ksaroy maydoni, 5-uy.
Murojaat uchun telefon: (66) 233-96-16

https://t.iss.one/SamTvr
👍1
Вилоят ҳокимлигида Президентнинг 2024 йил 14 августдаги “Тадбиркорлар куни муносабати билан соҳа вакилларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида”ги Фармони ва “Фаол тадбиркор” кўкрак нишони билан тақдирлаш тўғрисида"ги фармойиши билан тақдирланган бир гуруҳ тадбиркорларга мукофотлар топширилди.

Тадбирда вилоят ҳокими Эркинжон Турдимов иштирок этди.

Тегишли ҳужжатларга мувофиқ, бир нафар тадбиркор "Дўстлик" ордени, икки нафар тадбиркор "Шуҳрат" медали ҳамда саккиз нафар тадбиркор "Фаол тадбиркор" кўкрак нишони билан тақдирланган.

@Zarnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тўхта ҳайдовчи, тезликни оширма!

@SamTVR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Samarqand - yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi" ko'rsatuvi

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jasur yoshlarga ajratilgan yerdan unumli foydalandi

Prezidentimizning 2024 yil 5 apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi tegishli qaroriga asosan Samarqand viloyatida 20 mingdan oshiq yoshlarga 7 ming  gektar yer maydonlari ochiq savdolar orqali 30 yilga ijara asosida dehqonchilik uchun ajratildi.


Bugunga kelib esa, yer olgan yoshlar o'z daromadlariga ega bo'lmoqda. Birgina Jomboy tumani Nayman mahallasida yashovchi Jasur Xushvaqtov va uning turmush o'rtog'i Farangiz Raxmatova misolida ham ko‘rish mumkin.

Ushbu yosh oila o'z mahallasi hududidan har ikkisi uchun 30 sotixdan 60 sotix yer maydonini auksion orqali ijaraga oldi va hozirda yerdan yaxshigina daromad olmoqda.

Yana bir ahamiyatli jihati Farangiz oila birdamligi uchun turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda ushbu imkoniyatdan foydalana oldi.

#yoshlargaImkoniyat


https://t.iss.one/SamTvr