SamTVR | MTRK
6.07K subscribers
95.8K photos
45K videos
428 files
57.2K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel:(97)3990209
Download Telegram
Yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuv

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishda beriligan topshirqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand viloyati FVB tomonidan FVV Boshlang'ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda otaliqqa olingan yoshlar bilan manzilli ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish, ularni bo‘sh vaqtlarida aholi o‘rtasida favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qatarilgan profilaktik tadbirlarda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni oshirish uchun 5 kunlik o‘quv-kurslari tashkil etildi.

https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ишга марҳамат" мономарказлари: Касбга ўргатишнинг қулай тизими
#25feb #uzbekiston24

https://t.iss.one/SamTvr
Мактабга сабабсиз келмаган фарзандларнинг ота-оналарига нисбатан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга биноан жарима жазоси қўлланилиши белгиланган. Бугунги кунга келиб ота-оналарга нисбатан жарима жазоси қўлланилишига оид ҳолатлар ижтимоий тармоқларда кенг муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. Келинг таққослаш мақсадида таълим тизими ривожланган хорижий давлатлар тажрибасига назар ташласак.
🗣Батафсил

https://t.iss.one/SamTvr
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоғанни қутлуғ 70 ёшга тўлгани билан дилдан қутлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев сердечно поздравил Президента Турецкой Республики Реджепа Тайипа Эрдогана с 70-летним юбилеем.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❗️❗️❗️
DIQQAT TANLOV!

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (O‘zNNTMA) yangi logotip yaratish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi. 

Tanlov uchun yaratiladigan logotip O‘zNNTMAning maqsad va vazifalarini aks ettirishi, o‘ziga xos, zamonaviy, bir qarashda jalb etuvchi bo‘lishi lozim.

💻 G‘olib zamonaviy kompyuter (noutbuk) bilan taqdirlanadi.

🌐 Tanlovda ishtirok etish uchun ariza, yaratilgan logotip va uning tavsifi [email protected] elektron pochtasiga, @nntma telegram manziliga yuborilishi yoki Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 1-A uy manzilda joylashgan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasiga ham taqdim etilishi mumkin.

🗓Namunalar qabuli 2024- yilning 20-mart kuni yakunlanadi. G‘olib 2024-yil 30-aprel kuni taqdirlanadi.

☎️ Murojaat uchun:
+998930882005

👇Tanlovda ishtirok etish uchun Ariza va tanlov Nizomi quyida ilova qilinadi.

https://t.iss.one/SamTvr
Mas’ullar va xotin-qizlar faollari ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular o‘rtasida jinoyatchilik holatlarining oldini olish, gender tenglikni ta’minlash masalalarida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Nurobod tuman hokimligida viloyat IIB, tuman hokimligi mas'ullari hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirokida tumanda ayollar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ushbu jinoyatlarning sodir etilish sabablari va oqibatlari haqida so‘z yuritilib, bunday holatlar takrorlanishining oldini olish uchun qilinishi lozim bo‘lgan tizimli ishlar belgilab olindi hamda mas’ullarga kerakli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida masala yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

https://t.iss.one/SamTvr