Samarqand TVR | MTRK
4.67K subscribers
102K photos
49.3K videos
484 files
62.3K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#Vatanparvarlik_oyligi

Joriy yilning 6-yanvar kuni Samarqand shahridagi Chashma mahallasida Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida olgan tavsiyanomasi asosida oliy ta’lim muassasiga o‘qishga kirgan yoshlar ishtirokida “Armiya-jasorat, matonat va bilim maskani” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Тadbirda Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi istefodagi podpolkovnik M.T.Shirinqulov, mahalla faollari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi, tadbir davomida harbiy xizmatilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar va qurollar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

https://t.iss.one/SamTvr
Osiyo chempionati g‘oliblari taqdirlandi

Bugun Toyloq tumanidagi Musiqa va san’at maktabida 2023 yilning 9-19 dekabr kunlari Tayland davlatining Pattaya-Riyong shahrida o‘tkazilgan sportning akademik eshkak eshish turidan Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh sportchi-yoshlarimizni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov, viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ruziyev, tuman hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyev, Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘linmasi raisi M.To‘rayev, sportchilarning ota-onalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan sportchilarni ushbu muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, viloyat va tuman hokimligining tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg‘alari sportchi va ularning ota-onalariga topshirildi.
Musobaqada Shahriyor Hamdamov, Farrux Astanovlar 1-o‘rinni, Anvar Karimov, Isrofil Saidmurodov va Islomjon Axatovlar 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishgan edi.