SamTVR | MTRK
5.08K subscribers
95.8K photos
44.9K videos
436 files
57.2K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar diqqatiga!

❗️Jondan aziz farzandim nogiron, mayib va majruh bo‘lib qolmasin desangiz!

🧨Ularni pirotexnika buyumlaridan foydalanishlariga yo‘l qo‘ymang. Yangi yilni oila davrasida, yaxshi kayfiyatda kutib oling

https://t.iss.one/SamTvr
Hokim yoshlarning taklifini qo'llab-quvvatladi

Xabaringiz bor, Payariq tumani hokimi Isroil Jabborov ishtirokida yoshlar va yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan muammolar va takliflar yuzasidan ularning fikr mulohazalari tinglandi.

Jumladan, "Oqtosh" mahallasidan Nigora Saydullayeva tumandagi barcha maktablarda "Zakovat" klubini tashkil etish, "Zakovat" o'yini borasida payariqlik yoshlarda yetarli tajriba borligini bildirib o'tdi. Shuningdek, iste'dodli yoshlar uchun "Hokim stipendiyasi" ni joriy qilish, ish bilan ta'minlash va shu kabi fikr-mulohazalari tinglanib, ularning takliflari qo'llab-quvvatlandi.

https://t.iss.one/SamTvr
YOSHLAR BILAN SAMIMIY SUHBAT

Narpay tuman 2-son kasb-hunar maktabi binosida "Tuman hokimi va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

Samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan davra suhbati davomida, tumanimizning ilg‘or va o‘z ustida ishlaydigan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan bir qator yoshlar ham ishtirok etdi.

Suhbat davomida, tuman hokimi Sherzod Rahmonov, har bir yosh avlod vakili o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi hamda unga erishish uchun aql bilan mehnat va harakat qilishi lozimligini taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi va bir qator yoshlarning murojaatlarini qabul qilindi.

Shu qatorda, bir qancha yoshlar tomonidan foydali takliflar ham o‘rtaga tashlandi. Bu bo‘yicha tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.

Tadbir so‘ngida, mahallalarda “Yoshlarga oid davlat siyosati” samaradorligini oshirishda va yoshlar bilan ishlashda namunaviy faoliyat ko‘rsatgan yoshlar yetakchilari hamda turli sohalarda yutuqlarga erishgan yosh avlod vakillari tuman hokimligi tomonidan statuetka, tashakkurnoma va badiiy adabiyotlar to‘plami bilan taqdirlandi.