Samarqand TVR | MTRK
4.68K subscribers
102K photos
49.3K videos
484 files
62.3K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#LIVE
Tumanimiz uchun manfaatli bo‘lgan yana bir Memorandum imzolandi


🔘 Ayni kunlarda Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov hamda hokimlik vakillari va tadbirkorlardan iborat tuman delegatsiyasi tumanga yangi investisiyalarni jalb etish va o‘zaro manfaatli savdo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Xitoy davlatida bo‘lib turibdi.
Ayni paytda tumanimiz vakillari Xitoyning “Xinjang Shengshi Jinfeng Seed Industry Co., Ltd” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Bunda urug‘chilik, zamonaviy laboratoriya va paxta navlarini yaratish bo‘yicha tajribalar o‘rganilib, kerakli ma’lumotlar almashinildi. Korxona va tuman xokimligi o‘rtasida Oqdaryo tumanida ham hosildorligi yuqori bo‘lgan chigit urug‘ini tayyorlash va zamonaviy laboratoriya tashkil etish bo‘yicha dastlabki Memorandum imzolandi.

✍️Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
👍3
#Bu_muhim

👆Samarqand viloyatida Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerlardan olish mumkin?


📕Bugungi kunda fuqarolar Samarqand viloyatida quyidagi tuman (shahar) lardagi Davlat xizmatlari markazlaridan Xorijga chiqish biometrik pasportini (Zagran pasport) olishlari mumkin.

Oqdaryo tumani
Bulung‘ur tumani
Jomboy tumani
Ishtixon tumani
Kattaqo‘rg‘on tumani
Nurobod tumani
Narpay tumani
Poyariq tumani
Samarqand tumani
Urgut tumani
Paxtachi tumani
Toyloq tumani
Pastdarg'om tumani
Samarqand shahar


📄Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari (330 000 so‘m) tashkil etadi.

https://t.iss.one/SamTvr
#Inson_qadri_uchun

Самарқанд вилоятида куз-қиш мавсумига тайёргарлик кўриш ҳамда "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида изчиллик билан чора-тадбирлар давом эттирилмоқда.

Жумладан, Самарқанд вилояти божхона бошқармаси бошлиғи Я.Мирзарахимов вилоятдаги “Мурувват” интернат уйларида бўлиб, бинонинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолатини атрофлича ўрганди.

Ўрганиш давомида “Мурувват” интернат уйлари раҳбарларига амалга оширилиши лозим бўлган ишлар бўйича тегишли кўрсатмалар берилди.

https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Hayot ulash" xayriya aksiyasining to‘rtinchi obyekti — Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi "Qoratepa" mahallasi bo'ldi.

Ushbu mahalla bejiz tanlanmadi. Bu yerda 1200 dan ziyod aholi yashaydi. So‘nggi yillarda mavjud quduqlardan suv qochgan. Odamlar, hatto ariq suvlarini ichishga majbur bo‘lib kelmoqda.

Kecha "Yuksalish" harakati jamoasi va mahalla faollari birgalikda quduq qazish ishlarini boshlab berdi. Bunga homiylarning 150 mln so‘m miqdoridagi xayriya mablag'lari sarflanishi ko'zda tutilgan.
__

Eslatib o'tamiz, aksiya doirasida bugungacha Xorazm, Navoiy, Surxondaryo viloyatlaridagi olis mahallalarda suv chiqarish ishlari boshlangan. Kuni kecha Shovotda suv qudug‘i foydalanishga topshirildi.

➡️ Aksiyaga siz ham hissa qo'shing

Biz bilan 👉 @hayotulash

Siz ham 👉Yuksalish harakati a'zolari safiga qo‘shiling!

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏠 "Хавфсиз хонадон" лойиҳаси билан 💪 Миллий гвардия "Қўриқлаш" бош бошқармаси томонидан Сизнинг хонадонингиз ишончли қўриқлови таъминланади

📞  Батафсил 1131 рақами орқали билиб олишингиз мумкин

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | Совершенствование перинатальной медицины
#25nov #uzbekiston24

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli tadbirkorlar va tadbirkorlik sub’yektlari vakillari!


Ishbilarmonlik faoliyatingiz davomida qiyinchiliklarga duch kelyapsizmi? Sizda yechimini topmayotgan muammo va masalalar bormi?

Unda Sizni viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning quyidagi sanalarda o’tkaziladigan tadbirkorlar bilan uchrashuviga taklif etamiz

https://t.iss.one/SamTvr
📌 Besh tashabbus amalda: o'z kontraktini o'zi to'layotgan talabaning ota-onasiga tashakkurnoma taqdim etildi

Nigina Hayitova o'qishdan tashqari bo'sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida sun'iy gul yasash bilan shug'ullanib, bu hunarni universitetdagi talaba-qizlarga ham o'rgatmoqda.

"Qiz bola uchun ilm olish barobarida biror-bir hunarni egallash juda ham muhim. Yozgi ta'til davomida gullar yasab, sof 13 million so'm daromad topdim va o'z kontraktimni o'zim to'ladim. Endilikda esa tengdosh talaba-qizlarga ham bu mashg'ulotning sir-sinoatlarini o'rgatmoqdaman. Bu qizlar o'qishni bitirayotganda nafaqat diplom, balki, chiroyli hunarlik ham bo'lishadi. Kelajakdagi maqsadim - hozirdagi kichik tadbirkorlik faoliyatimni yanada kengaytirish", - deydi N.Hayitova
.


Kelajakda yuqori marralarni koʻzlagan N.Hayitova bilan universitet yoshlar yetakchisi A.Norboyev uchrashdi va talabaning ota-onasiga tashakkurnoma taqdim etdi.

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

https://t.iss.one/SamTvr
👍1👏1