SamTVR | MTRK
5.08K subscribers
95.8K photos
44.9K videos
436 files
57.1K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Payariqda "Sudlar bog‘i" barpo etildi

Insoniyat oldidagi dolzarb vazifalardan biri — atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish, olamni asrab-avaylash, global ekologik inqirozga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi.
Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan davom etayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Payariq tumanida o‘ziga xos bog‘lar tashkil etilmoqda.
Jumladan, bugun "Xalqobod" mahallasida loyiha doirasida "Sudlar bog‘i" tashkil etildi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari O.Hamrayev, viloyat sudi raisi O.Hayitov, sektor rahbarlari, tuman sudi raislari va jamoatchilik vakillari ishtirokida yangi bog‘ga yaxshi niyatlar bilan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari qadaldi.

Ma'lumot uchun, tumanda hokimlik, prokuratura, ichki ishlar, nuroniylar, onalar va shu kabi bir qator bog‘lar tashkil qilingan edi.

Payariqda loyiha doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.

Kanalga ulanish:https://t.iss.one/SamTvr
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Тиббиёт ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы работников сферы здравоохранения в связи с Днем медицинских работников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#СамДВМЧБУ_янгиликлари
#илмий_амалий_конференция

Биотехнология ва озиқ-овқат хавфсизлиги муаммолари

Муаммони соҳани янги инновацион технологиялар ҳамда илмий ютуқларни амалиётга жорий этиш орқали ечиш мумкинми?

♻️Батафсил қуйидаги ҳаволада

☆☆☆☆☆☆☆☆

#SamDVMCHBU_yangiliklari
#Ilmiy_amaliy_konferensiya

Biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi muammolari

Muammoni sohani yangi innovatsion texnologiyalar hamda ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etish orqali yechish mumkinmi?

♻️Batafsil quyidagi havolada

🏛SamDVMCHBU axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Italiya Respublikasi Prezidenti Serdjo Mattarella Samarqandga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va boshqa rasmiylar kutib olishdi.

———————

Президент Итальянской Республики Серджо Маттарелла посетил Самарканд. Высокого гостя в международном аэропорту Самарканда встретили председатель Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан Танзила Нарбаева, хоким области Эркинжон Турдимов и другие официальные лица.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KASB BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Bir necha yillardan buyon yurtimizda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Bugun sana munosabati bilan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida tuman hokimi Isroil Jabborov so'zga chiqib, ushbu sohaning bugungi kunda tutgan o'rni, aholi salomatligi, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarini alohida ta'kidladi hamda ularni kasb bayrami bilan tabriklab, o'zining samimiy tilaklarini bildirdi.
Shundan so'ng, bo'limda faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlarga sektor rahbarlari ishtirokida tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

https://t.iss.one/SamTvr
Yoshlar ishlari agentligi direktori samarqandlik yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini o‘rgandi

Bugun Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev Samarqand viloyatida bo'lib yoshlar muammolarini hal etishga mas'ul bo'lgan mahalla yoshlar yetakchilari faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab Samarqand shahridagi Chilstun mahallasi Yoshlar yetakchi va mahalladagi "Beshlik" faoliyati ko'zdan kechirilib, mahalla shart-sharoitlari o'rganildi.

Shuningdek, mahallada yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar bo'yicha ham yetakchi fikrlari tinglandi.

Shundan so‘ng ushbu mahalladagi yoshlar muammolarini bartaraf etish yuzasidan mas‘ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi shaxsan nazoratida ekanini ta‘kidladi.

https://t.iss.one/SamTvr