SamTVR | MTRK
5.07K subscribers
95.7K photos
44.9K videos
435 files
57.1K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Nurobodda 25-oktabr — “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi

Bugun Nurobod tumani hokimligida mamlakatimizda ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 25-oktabr — “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Tuman ichki ishlar bo’limi sohaviy xizmat vakillari, soha faxriylari va hokimlik mas’ullari ishtirokida o’tgan tadbir avvalida tuman hokimi S.Berdiqulov so’zga chiqib, tumanimiz ichki ishlar organlari xodimlariga bayram tabrigini yo‘lladi.

Tadbirda tuman IIB boshlig’i Z.Suvonqulov Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini o’qib, yig’ilganlarni qutlug’ sana bilan muborakbod etdi.

Barcha sohalarda bo‘lgani singari, tuman ichki ishlar bo‘limi tizimidagi sohaviy xizmat vakillarining bir guruhi faol xizmatlari uchun tuman hokimligi va tuman IIBning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan tardirlandi.

https://t.iss.one/SamTvr
Қарши шаҳрида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Қашқадарё вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича йиғилиш ўтказилди.

В городе Карши под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по вопросам социально-экономического развития Кашкадарьинской области.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #yigilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
To‘qsonbosti mo‘may daromad manbai

Dehqonchilikning to‘qsonbosti usuli yaxshigina daromad manbai bo‘lish bilan birga, aholining ertangi sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish imkonini beradi.
Bu borada Toyloq tumanida ham qizg‘in ishlar olib borilmoqda.
Bugun Toyloq tumani Bog‘izag‘on agrofirmasi hududidagi Dilshodjon-Dilmurodjon-ishonch fermer xo‘jaligida fermer va dehqonlar bilan "Har bir kun-bu imkoniyat, har bir kun-bu kelajak uchun poydevor" shiori osita bog‘-tok oralig‘iga to‘qsonbosti ekin ekish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Respublika qishloq xo‘jaligi mas’ullari, bank rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosari, tegishli tashkilot rahbarlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda sohaga mas’ul rahbarlar ishtirok etishdi.

https://t.iss.one/SamTvr
Ниҳол экиш азалий одат

Давлатимиз раҳбари томонидан “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси эълон қилинганидан сўнг мамлакатимизда лойиҳа доирасида дарахт ва бута кўчатларини экиш ишлари олиб борилмоқда.
Ушбу лойихага Мажбурий ижро бюроси Самарқанд вилоят бошқармаси тизими ходимлари ҳам ўзларининг муносиб ҳиссаларини қўшиб, кенг қамровли кўкаламзорлаштириш ишларини амалга оширмоқда.
Бўш ер майдонларига манзарали дарахтлар экилиб, минерал ва органик ўғитлар билан озиқлантирилди.

https://t.iss.one/SamTvr