SamTVR | MTRK
5.1K subscribers
95.6K photos
44.8K videos
434 files
57K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Расмий ташриф билан Москвада бўлиб турган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Ҳукумати Раиси Михаил Мишустин билан музокара ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев, находящийся в городе Москве с официальным визитом,
провел переговоры с Председателем Правительства Российской Федерации Михаилом Мишустиным.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #muzokara

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Keksalar_haftaligi
Gʻayratli keksalar shaxmatda kuch sinashdi

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab, xususan Oqdaryo tumanida ham “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda. Bugun tumanimizdagi Nuroniylar maskanida haftalik doirasida keksalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in kechgan bahslar natijasida Loyish mahallasidan Qodir bobo Ibrohimov 1-o‘rinni, Zarafshon mahallasidan Xayrullo bobo Sattorov 2-o‘rinni, O‘zbekiston mahallasidan Saydi bobo Tilavov 3-o‘rinni egalladi. Gʻolib va faol ishtirokchilarga “Nuroniy” jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan Markaziy harbiy okrugningSamarqand gornizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestr jamoalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar nuroniylarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, raqsga chorladi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
Toyloq tumani markazida “Veritas” o‘quv markazi ochildi

Bugun tadbirkorlar Ergashev Ramziddin hamda Ergasheva Azizalar tomonidan zamonaviy har tomonlama qulay sharoitga ega bo‘lgan “Veritas” o‘quv markazi ochildi. O‘quv markazining ochilishida tuman hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Z.Avazov, “Ipak yo‘li turizm va madaniy meros” xalqaro universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Jozef Hofmanlar so‘zga chiqib mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish, uchinchi renesans poydevorini yaratishda, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan sayi-harakatlar, tadbirkorlar va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida so‘zlab o‘quv markazini tantanali ochishdi. 5 nafar yoshlar ish bilan ta‘minlandi.

https://t.iss.one/SamTvr