SamTVR | MTRK
5.07K subscribers
95.4K photos
44.7K videos
432 files
56.9K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Suv-ulug' ne'mat uni qadrlash va asrash har birimizga bog'liq

Bugun Toyloq tumani hokimining qurilish masalalari bo`yicha o'rinbosari Sardor Eraliyev “Samarqand suv ta’minot” MCHJ Toyloq tuman filiali tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolarni mas’ullar ishtirokida muhokama qildi.
Xususan, yuridik va jismoniy shaxslarning suv va oqava xizmatlaridan yuzaga kelgan qarzlarini undirishga yetarli e’tibor qaratilmayotgani, bunga soha rahbarlarining mas’uliyatini oshirish zarurligini ta’kidladi.
Tumanda debitor qarzdorlik oshib ketganligi sababli uni o'z vaqtida undirish bo'yicha har bir mas'ul xodimlarga topshiriq va ko'rsatmalar berdi.

https://t.iss.one/SamTvr
Расмий ташриф билан Москвада бўлиб турган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Ҳукумати Раиси Михаил Мишустин билан музокара ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев, находящийся в городе Москве с официальным визитом,
провел переговоры с Председателем Правительства Российской Федерации Михаилом Мишустиным.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #muzokara

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Keksalar_haftaligi
Gʻayratli keksalar shaxmatda kuch sinashdi

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab, xususan Oqdaryo tumanida ham “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda. Bugun tumanimizdagi Nuroniylar maskanida haftalik doirasida keksalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in kechgan bahslar natijasida Loyish mahallasidan Qodir bobo Ibrohimov 1-o‘rinni, Zarafshon mahallasidan Xayrullo bobo Sattorov 2-o‘rinni, O‘zbekiston mahallasidan Saydi bobo Tilavov 3-o‘rinni egalladi. Gʻolib va faol ishtirokchilarga “Nuroniy” jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan Markaziy harbiy okrugningSamarqand gornizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestr jamoalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar nuroniylarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, raqsga chorladi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr