Samarqand avtoyo'l boshqarmasi
353 subscribers
15.9K photos
854 videos
6 files
3.56K links
⚡️Samarqand viloyat avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi rasmiy telegram kanali

Bizni ijtimoiy tarmoqarda kuzatib boring

👉🌐www.samavtoyul.uz
👉🔵facebook.com/samavtoyul
👉📱www.t.iss.one/samavtoyul
👉🌎instagram.com/samavtoyul
👉🔴www.youtube.com/samavtoyul
Download Telegram
#Jarayon

      Xalqaro ahamiyatdagi M37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo‘lining Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi 24-44 kilometrlar oralig‘ida ro‘y bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish hamda avtomobil yo‘lida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Oqdaryo tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi yo‘lsozlari tomonidan joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul
#Jarayon

   Umumfoydalanuvdagi 4r-47 Bulung'ur sh.-Urgut sh.-M-39 avtomobil yo'lining 60-80 km lari oraligʻida joylashgan maktablar hamda bolalar bogʻchalari oldidagi yotiq chiziqlar qayta chizilib,  yoʻl belgilari yangilariga almashtirilmoqda.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SAMARQAND_VILOYATI
#JARAYON

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-dekabrdagi “2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024 yilda maxsus, kichik va yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash bo‘yicha;
Samarqand viloyati hududidagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining Jomboy tumani “Nazar” massivida 1,4 km dan ortiq yangi avtomobil yo‘li barpo etish hamda 950 m piyodalar yo‘lagini qurish va tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilmoqda.
Mazkur avtomobil yo‘lida qurilish ishlari “Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasi asosida “Shaffof qurilish” tizimi orqali g‘olib deb topilgan “Bog‘ishamol” YMFDM tomonidan amalga oshirilib, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi
10 ortiq maxsus texnika va malakali mutaxassislar jalb qilingan.
#Jarayon_Nurobod_tumani.

    Umum foydalanuvdagi Davlat ahamiyatiga ega 4r-52 "Sarikul q.-Nurobod sh.-Tim q.-Navoiy v." Avtomobil yo'lining 70-65 km lari oralig'ida, Nurobod TYF DM tomonidan, joriy ta'mirlash dasturi doirasida, asfaltobeton qoplama yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
#JARAYON
#OQDARYO_TYFK_DM

Qirqdarxon va Boshdarxon qishloqlarini bog‘lovchi yo‘l ta’mirlanmoqda

Oqdaryo tumani Boshdarxon mahallasidagi Qirqdarxon va Boshdarxon qishloqlarini bog‘lovchi umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatdagi 4N594 “Po‘latdarxon q.-Boshdarxon q.” (5 km)" avtomobil yoʻlining 0-4-km oraligʻi uzoq yillar foydalanish jarayonida va tabiiy sharoitlarda yemirilgan boʻlib, qoplama yaroqsiz holga kelib qolgan edi. Bugungi kunda ushbu yoʻlda asfalt qoplamasi yotqizish uchun asos tayyorlash va asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur umumfoydalanuvdagi yoʻlda bajariladigan ta’mirlash ishlari uchun Oqdaryo tumani YFKDMning 20 nafar ishchi-xizmatchilari jalb etilgan bo‘lib, qurilish-ta'mir ishlarida 10 ga yaqin maxsus texnikalar faoliyat olib bormoqda.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube|
#Jarayon_Pastdarğom_tumani.

  Samarqand viloyati Avtomobil Yo'llari Bosh Boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi, A. Abdullayev ishtirokida, joriy yilning 11-dekabr kuni, Pastdarg'om TYFK DM da bo'lib o'tgan sayyor qabul davomida, fuqaro Qarshiyev A'zamning yo'l masalasida qilgan murojati ijobiy hal etildi.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTub
#Jarayon_Toyloq_tumanida_ichki _yo'llar _támirlanmoqda.

  Toyloq tuman yo’llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan ichki  yo’llarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bois, tuman hududida joylashgan aholi yashash maskanlari, qishloq va ovullar yo’llari biri-ketin ta’mirlanmoqda.
   Xususan,  tumandagi Talliota  mahallasi hududidagi ichki yo'llarda shag'allashtirish ishlari olib borilib aholining azaliy orzulari ushalmoqda.
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
#Jarayon_Jomboy_tumani.

  Jomboy tuman yo’llardan foydalanish davlat muassasasi hamda tuman obodonlashtirish boshqarmasi hamkorligida tumandagi Sariqipchoq mahallasi hududida 2 km uzunlikdagi ichki yo’llarda shag'allashtirish ishlari olib borildi. Olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlari bois,  aholining og'iri yengil bo'lib turmush darajasi yaxshilanmoqda. Ushbu obodonchilik ishlari zamirida albatta xalq roziligiga erishishdek ezgu maqsadlar yotadi.
  
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
#Jarayon_Pastdarğom_tumani.

   Obodonlashtirish bunyodkorlik ishlarini olib borish, hududdagi infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish hamda hudud aholisi murojaatlariga ijobiy yechim berish maqsadida'
Pastdargʻom tumani 1-sektor hududida joylashgan Bogʻishamol mahhallasiga qarashli Bogʻishamol qishlogʻi ichki yo'llarida tuman yoʻllardan foydalanish Davlat muossasasi va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamkorlikda shagʻallashtirish ishlarini amalga oshirmoqda.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
#Jarayon_Oqdaryo_tumani.

Hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi farovonligiga erishishga qaratilgan ezgu maqsadlar yo'lida
Oqdaryo tuman yo'llardan foydalanish Davlat muossasasi tomonidan tumandagi  "Olchintepa" mahallasi  hududidagi  ichki yo'llarda shag'allashtirish ishlari olib borildi.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
#Jarayon_Ishtixon_tumani.

   O'zbekqo'rg'on MFY hududidagi bazi ichki yo'llarning holati mahalla aholisining ko'pgina etirozlariga sabab bo'layotgan edi. Shu boisdan, hududda obodonlashtirish ,bunyodkorlik ishlarini olib borish, hududdagi infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish maqsadida' Ishtixon tuman yo'llardan foydalanish Davlat muossasasi tomonidan O'zbekqo'rg'on nahallasi ichki ko'chalari shag'allashtirilmoqda.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
#Jarayon_Jomboy_tumani.

   Aholining og'irini yengil qilish turmush darajasi yaxshilash maqsadida, Jomboy tuman yo’llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan tumandagi Sariqipchoq mahallasi hududidagi ichki yo’llarni shag'allashtirish ishlari olib borilmoqda. Olib borilayotgan obodonchilik ishlari zamirida albatta xalq roziligiga erishishdek ezgu maqsadlar yotadi.
  
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
#Jarayon_Payariq_tumani.

   Ayni kunlarda  Payariq tuman yo’llardan foydalanish davlat muassasasi   tomonidan Tomoyrot mahallasi hududidagi ichki yo’llarda shag'allashtirish ishlari olib borilmoqda.
  
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube