Samarqand avtoyo'l boshqarmasi
367 subscribers
16.1K photos
866 videos
6 files
3.62K links
⚡️Samarqand viloyat avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi rasmiy telegram kanali

Bizni ijtimoiy tarmoqarda kuzatib boring

👉🌐www.samavtoyul.uz
👉🔵facebook.com/samavtoyul
👉📱www.t.iss.one/samavtoyul
👉🌎instagram.com/samavtoyul
👉🔴www.youtube.com/samavtoyul
Download Telegram
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида озиқ-овқат маҳсулотларини етиштиришни кўпайтириш, баҳорги экин мавсумини самарали ташкил этиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам увеличения заготовки продовольственной продукции, эффективной организации весеннего посевного сезона.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент раислигида озиқ-овқат маҳсулотларини кўпайтириш, баҳорги экин мавсумини самарали ташкил этиш бўйича асосий вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтмоқда.

Охирги икки йилда жаҳонда озиқ-овқат инфляцияси йилига 15-20 фоиздан пасаймаётгани, ўсимлик ёғи, сут ва гўштнинг жаҳон нархи сўнгги 30 йилдаги, дон маҳсулотлари ва шакар эса сўнгги 10 йилдаги энг юқори даражага кўтарилгани қайд этилди.

Экспорт-импортда логистика, ўғит ва ёқилғи харажатлари ошиб кетгани ҳам озиқ-овқат нархларига ўз таъсирини кўрсатаяпти. Таҳлилларга кўра, бу ҳолат 2023 йилда ҳам, келгуси йилларда ҳам сақланиб қолади.

Мамлакатимизда озиқ-овқат маҳсулотларини етиштиришга 200 минг гектар ер ажратилгани, 500 минг гектар қўшимча ерлар оборотга киритилгани ички бозордаги нарх-навони барқарор ушлаб туриш ва экспортни кўпайтиришга хизмат қилмоқда.

- Лекин, аҳолимиз сони ўсиб бораётгани, жаҳондаги нобарқарор вазият, логистикадаги узилишлар озиқ-овқатни кўпайтириш бўйича олдимизга янада катта вазифаларни қўймоқда, - деди давлатимиз раҳбари.

Шу муносабат билан вилоят, туман ҳокимлари озиқ-овқатни кўпайтириш, одамларни банд қилиш бўйича қўшимча имкониятларни излаши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi,  “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Samarqand viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan Reja-jadval ijrosida, Samarqand telerediokompaniyasi studiyasida yuqoridagi mavzuda 2023-yil 24-mart kuni ochiq muloqot dasturi rejalashtirilganligini va unda Boshqarma boshlig‘i A.Urakov, Bosh muxandis A.Abdullayev va Bosh yuriskonsult Z.Xaqimovlar ishtirok etishlarini ma’lum qilamiz.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube|
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида озиқ-овқат маҳсулотларини кўпайтириш, баҳорги экин мавсумини самарали ташкил этиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам наращивания производства продовольственной продукции, эффективной организации весеннего посевного сезона.

#Mirziyoyev #videoselektor #qishloqxujaligi #oziqovqat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#RASMIY_MUNOSABAT

   Joriy yilning 21-mart sanasida @YangiKQ telegram kanalida elon qilingan,
    Мурожаат:
"Каттақўрғон шаҳар Улуғбек Барнаев кўчасининг йўллари бир неча ойдан бери бузилган ҳолатда турибди."📝 @YangiKQ
mazmunidagi post yuzasidan Samarqand Avtoyo'l boshqarmasi munosabati.
  
     Murojaatda keltirilgan yo'l  Kattaqo'rg'on tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tasarrufidagi 4k-570 "Kattaqo'rg'on shaxriga kirish" avtomobil yo'li bo'lib, joriy yilning 1- choragi yakuniga qadar mazkur avtomobil yo'lida joriy ta'mirlash doirasida yamoqli va kartali ta'mirlash ishlari olib borilishini ma'lum qilamiz.


Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul
#RASMIY_MUNOSABAT

  Ishtixon tumanida yashovchi Fuqaro Husniddin Abduazizovning Samarqand viloyati hokimi E. Turdimovga yo'llagan Ishtixon tumani Bogixon va Qo'rli hududidagi 5 km asosiy yo'lni ta'mirlash haqidagi murojaati yuzasidan Samarqand Avtoyo'l boshqarmasi munosabati.
  
   Ishtixon tumani Bogixon MFY Bogixon qishlog'idan To'sinsoy MFYga olib boruvchi 5 km yo'l, Ishtixon tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki xo'jalik yo'li hisoblanadi.

Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 2 октябрдаги ЎРҚ-117-сонли “Автомобиль йўллари тўғрисида”ги Қонунининг 7-13-моддаларига асосан, ички ху́жалик йу́лларини Давлат дастурига киритиш, шаҳар ва туманлар ҳокимликлари томонидан амалга оширилиши белгиланган.
Shunga ko'ra Bogixon va Qo'rli MFY lari hududidagi ichki yo'l Ishtixon tuman hokimligi tomonidan dasturga kiritilsa
Tegishli tartibda tender tanlovi o'tkazilib, ta'mirlab berilishini ma'lum qilamiz.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul
#LIVE #SIYOSIY_MARIFAT_SOATI

Ayni vaqtda Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy (Ma’rifat) o‘quv soati" bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan barcha davlat fuqarolik xizmatchilari uchun haftaning har Juma kuni "Siyosiy (Ma’rifat) o‘quv soati" tashkil etilgan.

⚡️O‘quv soati davomida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi:

-Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi — xalqdir
-"Mutolaa vaqti" rukni


Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma’lumot berildi.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube|