Saida Mirziyoyeva
34.9K subscribers
2.05K photos
300 videos
134 links
Download Telegram
Forwarded from Mass-media fondi
Jamoat fondi Vasiylik kengashi tuzildi

2020-yil 31-yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Jamoat fondi Vasiylik kengashi tarkibi shakllantirildi.

Jamoat fondi ustaviga binoan qabul qilingan qarorga ko‘ra, Allamjonov Komil Ismoilovich Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Mirziyoyeva Saida Shavkatovna uning o‘rinbosari etib saylandi.

Eslatib o‘tamiz, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘mak berish, mamlakatda so‘z erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga ko‘maklashish va boshqalardir.

@massmediauz
Forwarded from Mass-media fondi
Создан Попечительский совет Общественного фонда

31 января 2020 года состоялось собрание учредителей Общественного фонда поддержки и развития национальных масс-медиа. На собрании был сформирован состав Попечительского совета Общественного фонда.

Решением, принятым согласно уставу Общественного фонда, Алламжонов Комил Исмоилович избран председателем Попечительского совета Общественного фонда поддержки и развития национальных масс-медиа, Мирзиёева Саида Шавкатовна – его заместителем.

Напомним, что главная цель Общественного фонда поддержки и развития национальных масс-медиа – дальнейшее развитие средств массовой информации, содействие реализации прав журналистов и блогеров, усиление роли общественных институтов в укреплении свободы слова в стране, содействие дальнейшему улучшению международного имиджа Узбекистана и другие.

@massmediauz
Forwarded from Mass-media fondi
​​Jamoat fondi emblemasi tasdiqlandi

2020-yil 31-yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Jamoat fondi emblemasi tasdiqlandi.

Emblema markazida burgut tasvirlangan, uning atrofidagi aylana ichida jamoat fondi nomi yozilgan. Jamoat fondi emblemasida burgutdan foydalanilgani bejis emas. Burgut – kuchli, g‘ururli, ozodlikni sevuvchi, qat’iyatli qush va bu xislatlar mass-media olamini ham ifodalaydi.

Burgutning makoni – yuksak cho‘qqilar bo‘lib, u yerdan hech bir to‘siqlarsiz butun yon-atrofini kuzatib tura oladi. Jurnalist va blogerlarning asosiy vazifasi ham jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan barcha voqea va hodisalarni sinchkovlik bilan kuzatib borishi hamda xolisona yoritishidir.

Burgut – sadoqatli qush, g‘irromlik va makkorlik unga begona. Bu xislatlar mass-media vakillarining kasb birdamligi, ularning inoqligi va g‘oyalarga sodiqligining timsolidir.

Burgutning kuchi esa jamiyatimizda so‘z erkinligini yanada mustahkamlash niyatida bo‘lgan jurnalist va blogerlar hamjamiyatining kuch va g‘ayratini ifodalaydi.

Burgut o‘zining ziyrakligi va qat’iyatligi bilan ham alohida ajralib turadi. U o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi sari dadil harakat qiladi. Mass-media vakillari ham o‘z materiallarida biror masala yoki muammoni yoritganda, ularni oxirigacha hal qilish yo‘lida qat’iyat ko‘rsata olishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, yangi tashkil etilgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng sharoit yaratish, ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashishdir.

@massmediauz
Forwarded from Mass-media fondi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan jurnalist, bloger va mass-media vakillariga bag‘ishlangan rolik.

Ushbu maxsus qo‘shiq “Sahar” guruhi tomonidan ijro etilgan.

@allamjonov_ki
@SShMirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мақсадимиз - сиз, ҳурматли журналист ва блогерларни қўллаб-қувватлаш, токи сиз одамларнинг овози, сўзи ва кўзи бўлинг. Бу борадаги фаолиятга олий вазифа сифатида қаранг. Шижоатли бўлинг ва ҳеч қачон тўхтаманг!
___

Наша цель – поддержать вас, дорогие журналисты и блогеры, чтобы вы стали голосом для тех, у кого этого голоса нет. Ваш голос должен быть вашей миссией. Не теряйте смелость и никогда не останавливайтесь!

@massmediauz
#Uzbekistan #SMirziyoyeva #MassMediaUz
«Илҳом» театри билан боғлиқ вазиятга изоҳ бермоқчиман.
Мен ўзим театр санъати мухлисиман. Ушбу масала атрофида айтилаётган ташвишли гап-сўзларни эшитиб, сизни ишонтириб айтаманки, биз театримизни ҳеч кимга хафа қилдириб қўймаймиз! «Илҳом» - маданий ҳаётимизнинг фахри!
___

Хотелось бы прокомментировать ситуацию вокруг театра "Ильхом".
Я сама являюсь поклонником творчества театра. И услышав такие волнения вокруг этого вопроса, хочу заверить, что в обиду наш театр мы не дадим! "Ильхом" является гордостью нашей культурной жизни!

#Uzbekistan #SMirziyoyeva #saveilkhom
Forwarded from Mass-media fondi
Jamoatchilik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2020-yil 12-fevral kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Dastlab Jamoatchilik kengashi raisi, o’rinbosari va kotibi saylandi. Ochiq ovoz berish orqali AnhorUz nashri bosh muharriri Lola Islamova Jamoatchilik kengashi raisi, bloger Qobil Xidirov rais o’rinbosari hamda bloger Laziz Hamidov kotib sifatida saylandi.

Shundan so’ng matbuot sohasiga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi. Jamoatchilik kengashi a’zolari sohaga oid bir nechta qonun va qonunosti hujjatlarini bitta kodeks sifatida birlashtirishni, ushbu masala yuzasidan katta tajribaga ega jurnalistlar, huquqshunoslar va ekspertlardan iborat ishchi guruh tuzishni taklif qilishdi.

Bundan tashqari, media sohasidagi vakant ish joylari haqida ma’lumotlar beruvchi portal yaratish orqali jurnalistlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, jurnalist va blogerlar uchun o‘quv hamda tajriba almashish kurslarini tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, milliy mass-media sohasidagi muammolarni batafsil, mohiyatan o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish maqsadida turli mavzularda, xususan, jurnalistikada gender tengligi va muammolari masalasi, O‘zbekistonda mass-medianing rivojlanish tendensiyalari, blogerlik sohasiga oid tadqiqotlar o‘tkazib borish zarurligi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi Jamoatchilik kengashi quyidagi tarkibda tasdiqlandi:

1. Sherzodxon Qudratxo‘jayev (O‘zJOKU, Xalqaro press-klub)
2. Azamat Atajanov (GazetaUz)
3. Umid Shermuhammedov (KunUz)
4. Muhrim A’zamxo‘jayev (DaryoUz)
5. Xurshid Daliyev (HumanUz)
6. Qamariddin Shayxov (QalampirUz)
7. Abdug‘ani Abdurahmonov (XabarUz)
8. Lola Islamova (AnhorUz)
9. Jaloliddin Safoyev (SevimliTV)
10. Qobil Ahmedov (MY5 va Yoshlar TV)
11. Hojimurod Atakulov (Oriat-dono FM)
12. Qobil Xidirov (bloger)
13. Nozim Safarov (bloger)
14. Ali Qahhorov (bloger)
15. Laziz Hamidov (bloger)
16. Kirill Altman (bloger)
17. Feruzxan Yakubxodjayev (bloger)
18. Nikita Makarenko (bloger)
19. Sasha Ivanyujenko (bloger)

@massmediauz
Forwarded from Mass-media fondi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashining birinchi yig‘ilishidan lavhalar


@massmediauz
«Кўнгил кўзи» лойиҳаси доирасида Тошкентдаги имконияти чекланган болалар махсус мактаб-интернатига борганимизда бизга у ерда етишмаётган инглиз тилидаги бадиий адабиётлар ва дарсликлар рўйхати берилган ва ушбу муаммони ҳал қилишда ёрдам сўралган эди.

Бугун ўқувчилар истаган китоблар Лондондан етиб келди. Уларнинг Тошкентдаги 77-сонли кўзи ожизлар мактаб-интернатига тегишлилари директор Рустам Сафаровга топширилди.

Қолган китоблар ҳам тез орада юртимиздаги барча махсус мактаб-интернат ўқувчилари қўлига етиб боради.

@massmediauz

#Uzbekistan #SMirziyoyeva #5tatashabbus #KongilKozi #MassMediaUz