Saida Mirziyoyeva
36.5K subscribers
2.09K photos
305 videos
134 links
Download Telegram
Bugun YUNESKO sobiq Bosh direktori Irina Bokova, “Og‘a Xon” jamg‘armasining madaniyat bo‘yicha Katta maslahatchisi Franchesko Bandarin hamda “Wilmotte & Associés” arxitektura byurosining Boshqaruvchi direktori Borina Andryu bilan uchrashdik.

Unda yaqin vaqt ichida Samarqand shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan “Buyuk ipak yo‘li” muzeyining loyihasi taqdimoti bilan tanishdik. Muloqot davomida loyihaning o‘ziga xos jihatlari, uni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida fikr almashdik.

Shuningdek, uchrashuv davomida Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini rekonstruksiya qilish loyihasini ham ko‘zdan kechirdik. Ushbu maskanda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan inklyuziv muhit yaratiladi.
-
Сегодня мы встретились с Ириной Боковой, бывшим Генеральным директором ЮНЕСКО, Франческо Бандарином, старшим советником по культуре Фонда Ага Хана, и Бориной Андрю, управляющим директором архитектурного бюро Wilmotte & Associés.

Ознакомились с презентацией проекта музея «Великий шёлковый путь», который планируется построить в Самарканде в ближайшее время. В ходе беседы мы обсудили конкретные аспекты проекта и подготовку к его реализации.

Также в ходе встречи мы ознакомились с проектом реконструкции обсерватории Мирзо Улугбека. В этом месте для посетителей будет создана инклюзивная среда со всеми удобствами.
Davlatimizda pedagoglar huquqlarini himoya qilish va kafolatlashga oid qonunlar qabul qilindi. Ular oʻqituvchilarning professional rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitni taʼminlash, shuningdek, mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Jamiyatning yuksalishi, kelgusida liderlar va soha mutaxassislarining yetishib chiqishi koʻp jihatdan ustozlar va ularning mehnatiga bogʻliq. Shunday ekan, oʻqituvchilik kasbining mavqeini oshirish choralarini koʻrmogʻimiz shart.
____

В нашем государстве были приняты законы, призванные защищать и гарантировать права педагогов. Они направлены на обеспечение необходимых условий для их профессионального роста и развития, а также защиту трудовых прав.

Мы обязаны принимать меры, способствующие повышению статуса профессии учителя, ведь их труд направлен на возвышение общества и формирование будущих лидеров и специалистов.
Biz Sogʻliqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta'limi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari rahbariyatlari bilan uchrashuv oʻtkazdik.

Uchrashuvda sogʻliqni saqlash va ta'lim sohalariga oid 2024-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Ularning bajarilishini toʻlaqonli ta'minlash maqsadida tegishli koʻrsatmalar berildi. Joriy yil yakunida amaliy natijalar kutilmoqda.
-
Мы провели встречу с руководителями министерств здравоохранения, дошкольного и школьного образования, высшего образования, науки и инноваций.

На встрече были обсуждены приоритетные задачи в сфере здравоохранения и образования на 2024 год.

Были даны конкретные указания для их реализации в полной мере. Реальные результаты ожидаются уже в конце текущего года.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
24-fevral kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Dohada bo‘lib o‘tadigan birinchi Dizayn biennalesida @designdohabiennial Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads – “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazma loyihasini taqdim etadi.

Doha Dizayn Biennale-2024 Dohaning Msheyreb innovatsion hududida tashkil etiladi.

O‘zbekistonning betakror ekspozitsiyasi xalq hunarmandchiligining so‘nggi 100 yil ichidagi evolyutsiyasini, yurtimiz an’anaviy hunarmandchiligining naqadar boyligini aks ettirgan. Ko‘rgazmaning eng diqqatga sazovor tarafi harakat payti an’anaviy gazlamalarimizni eslatuvchi, ranglari o‘zgaruvchan linza korinishidagi oyoq osti sathidir.

“Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazma loyihasiga 30-martga qadar tashrif buyurish mumkin bo‘ladi.
-
24 февраля Фонд развития культуры и искусства Узбекистана представит на первом Биеннале дизайна в Дохе @designdohabiennial выставочный проект Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads.

Открытие Design Doha Biennale – 2024 пройдёт в инновационном районе столицы Мшейреб.

Уникальная экспозиция Узбекистана продемонстрирует эволюцию народных ремёсел за последние 100 лет и представит их богатые традиции. Один из самых ярких элементов выставки — линзовидный пол, создающий иллюзию изменения цветов при движении, имитирующих традиционный текстиль.

Выставочный проект Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads будет доступен для посещения до 30 марта 2024 года.

#DesignDohaBiennial #DesignDohaBiennial2024
Biz shu kunlarda Qatarning poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tayotgan Dizayn biyennalesida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan birgalikda “Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads” ko‘rgazma loyihasini taqdim etmoqdamiz.

Ushbu tadbirda ham mahalliy, ham mintaqaviy, ham global miqyosda dizayn sohasiga oid ilg‘or tajribalar almashinuvi bo‘lib o‘tadi. Undagi ishtirokimizdan mamnunman.

“Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads” ko‘rgazmasida O‘zbekistonning boy hunarmandchilik an’analari bilan zamonaviy ijod uyg‘unligini namoyish etmoqdamiz. Ko‘p asrlik tarixga ega hunarmandchiligimizning bebaho merosi bizni an’ana va madaniyatimizni asrab-avaylashga undaydi.

Qatar Muzeylar idorasi vakillariga global madaniy almashinuvni rivojlantirish va badiiy innovatsiyalar yaratish yo‘lidagi harakatlari, shuningdek, Biyennalega taklif uchun minnatdorchilik bildiraman.
___

Мы с Фондом развития культуры и искусства Узбекистана в Дохе — столице Катара — представляем на Биеннале дизайна выставочный проект Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads.

Мне приятно отметить наше участие на мероприятии, где происходит обмен передовым опытом в области дизайна на всех уровнях, как местном, так и региональном, и глобальном.

В выставочном проекте Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads мы показали сочетание богатых ремесленных традиций Узбекистана и современного творчества. Ведь ремесленническое наследие, уходящее корнями в историю, делает нас хранителями уникальных традиций и культуры.

Благодарю представителей Ведомства музеев Катара за приглашение на Биеннале, развитие глобального культурного обмена и появление художественных инноваций.