Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
743 subscribers
17.3K photos
1.28K videos
24 files
1.88K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
🔷Maʻnaviyat_yangiliklari

#TANLOV

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlari sifatini yanada oshirish va samarali faoliyat yuritib kelayotgan, ilg‘or tajribaga ega xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan “Eng yaxshi tyutor”, “Namunali pedagog-tarbiyachi”, “Ilg‘or fakultet” tanlovlarini e’lon qiladi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan professor-o‘qituvchi, tyutor va ilg‘or fakultet 1- oktabr - Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi.

Nizom talablariga muofiq hujjatlarni topshirish muddati 2023-yil 25-sentabr kuni soat 16:00ga qadar.

👉🏻 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 27-yanvardagi 09/06/100-sonli xati.

🔷Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
Forwarded from Edu.uz
#Tanlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi

Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:


◀️Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
◀️Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
◀️Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
◀️Yilning eng faol sportchi talabasi;
◀️Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
◀️Yilning eng faol ijodkor talabasi;
◀️Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Yil talabasi” tanlovi nizomi

Hujjatlar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.

👉 На Русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM