Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
740 subscribers
17.4K photos
1.28K videos
24 files
1.88K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#25_may

😊 Sizdachi, maktab davri bilan bog'liq unutilmas xotiralar bormi? Izohlarda qoldiring😊

🌐Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hafta_dayjesti_N5
#test

Yaylov kezgan o’qituvchilar, kutubxonachilarga “sovg’a”, Zooinjeneriya tutlarga qachon suv beradi, qochoqning o’limi, talabalarimizni nechta davlatga o’qishga yubora olamiz? Kamolga aylangan Kemal Tokdemir, muxlislar bilan yuta olmagan Iqtisodiyot, chemion veterinarlar, vaksina yaratadigan professorlarimiz, “Milliy qadriyatlar sayli” haqida 4ta gap! Tanqiddan qo’rqmaydigan “dayjestchilar”…

Bularning barchasini Bobur Tinchlik talqinida, Gulandom Eshimova nutqida bilib olishingiz mumkin!

Telegram bot: @sdvmchbubot

🏛🌐Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
#SamDVMCHBU_yangiliklari

TALABALAR YAKUNIY NAZORAT ISHLARINI TOPSHIRISHMOQDA


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining 1- 3-bosqich talabalari Bahorgi semestr uchun yakuniy nazorat ishlarini topshirishmoqda. Jarayonnni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.A.Elmurodov rahbarligida tashkil etilgan ishchi guruh nazorat qilib bormoqda.

Shuningdek, 2024-yilning 25-may kuni Veterinariya (faoliyat turlari) ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim shaklida bitiruvchi talabalarining mutaxassislik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazildi. Ishchi guruh tomonidan yakuniy davlat attestatsiyasining belgilangan tartibda tashkil etilishi va o‘tkazilish holati ham o‘rganildi.

🌐Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_ittifoqi
#davom_etamiz

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida oliy ta'lim muassasalaridagi talaba yoshlari o'rtasida sportning "Voleybol" turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

🏆Musobaqada quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritdi:

🥇o'rin - SamDAQU jamoasi
🥈o'rin - SamDVMCHBU jamoasi
🥉o'rin - O'zbekiston Finlandiya pedagogika instituti jamoasi.

🖼Barcha jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.

⚡️Bizni kuzatishda davom eting👇


🌐Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
#SamDVMCHBU_yangiliklari

TASHVIQOT TADBIRLARI SURXONDARYO VILOYATIDA O‘TKAZILDI


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Zooinjeneriya fakulteti Xususiy zootexniya kafedrasi v.b.dotsenti Sh.E.Qurbonova Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi o‘zi tahsil olgan 66-umum ta’lim maktabiga hamda tumanda joylashgan 1, 42 va 68 - umum talim maktablariga borib, bitiruvchi o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Tashrif davomida 2024-2025 o‘quv yiliga qabul uchun tashviqot ishlarini o‘tkazdi va Universitet, fakultetlar, ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Uchrashuv so‘ngida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va kerakli ma’lumotlarni olishdi.

Sh.Qurbonova tomonidan maktab kutubxonasiga badiiy hamda ilmiy kitoblar sovg‘a qilindi.

🌐Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
Самарқандда футзал бўйича жаҳон чемпионатига қуръа ташланди

Регистон майдонида футзал бўйича навбатдаги ФИФА жаҳон чемпионати гуруҳ босқичига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди.

Маросим аввалида ФИФА Президенти Жанни Инфантинонинг видеомурожаати намойиш этилди.

Тадбирда ЎФА вице-президенти Равшан Эрматов сўзга чиқиб, ушбу нуфузли турнирнинг Ўзбекистонга топширилиши футзалнинг ривожланишига хизмат қилишини ҳамда мазкур мундиал энг яхши мусобақа сифатида тарихда қолишини таъкидлади.

Шундан сўнг жаҳон футбол юлдузлари иштирокида қуръа ташланди.

Қуръа натижасига кўра, А гуруҳидан жой олган Ўзбекистон терма жамоаси Парагвай, Коста-Рика ва Нидерландия жамоаларига қарши майдонга тушади.

Барча гуруҳлар:

📌 А гуруҳи:
Ўзбекистон
Парагвай
Коста-Рика
Нидерландия

📌 B гуруҳи:
Бразилия
Таиланд
Хорватия
Куба

📌 C гуруҳи:
Аргентина
Украина
Афғонистон
Ангола

📌 D гуруҳи:
Испания
Қозоғистон
Янги Зеландия
Ливия

📌 E гуруҳи:
Португалия
Марокаш
Тожикистон
Панама

📌 F гуруҳи:
Эрон
Франция
Венесуэла
Гватемала

🔗@SDVUM_olami