Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
724 subscribers
18.7K photos
1.36K videos
27 files
1.98K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
Malakaviy amaliyot himoyasi boʻlib oʻtdi! 🎓🔬

Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti 2-bosqich talabalari o‘z malakaviy amaliyotlarini muvaffaqiyatli yakunlab, uni himoya qilishdi

Amaliyot jarayoni
Xususiy zootexniya va yaylov chorvachiligi kafedrasi dotsenti, q.x.f.f. (PhD) Ibragimov B. hamda Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti o‘qituvchisi G. Ubaydullayeva tomonidan nazorat qilindi.

📍 Tadbir davomida talabalar o‘z bilim va tajribalarini namoyish etishdi, amaliyot jarayonida erishilgan natijalar muhokama qilindi.

🔎
Kelajakda ham ilmiy-amaliy faoliyatimizni yanada rivojlantiramiz!

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
🚫 Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!

Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida
“Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida tushuntirish ishlari olib borildi. 📢

📌 Tadbir davomida F
. Abdukovulov va Sh. Sadinova talabalar bilan uchrashib, giyohvandlikning zararli oqibatlari, uning jamiyat va yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri haqida tushuntirishlar berishdi.

👉
Barchamiz birga zararli odatlarga qarshi kurashamiz va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilamiz!

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
#Ichki_turizm

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti tyutori Sh.Xoliqov va S. Musayevalar boshchiligida fakultetning 2 - bosqich talabalari bilan birgalikda Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari va tarixiy obidalariga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar tariximiz haqida koʻplab ma’lumotlarga ega boʻlishdi.


🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND YANGILIKLARI | MILLIY QADRIYATLAR – MILLAT MA'NAVIYATINING KO‘ZGUSI

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
"BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHAMIZ!"

Joriy yilning 10-fevral kuni SamDVMCHBUniversitetining Biotexnologiya fakulteti 3-bosqich talabalari tyutori J.Yusupov tomonidan talaba yoshlar ishtirokida "Biz giyohvandlikka qarshi kurashamiz" shiori ostida rasmlar koʻrgazmasi oʻtkazildi.

🎗Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishiga samarali qarshi kurashishni tashkil qilish muammosi mamlakatda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish jarayonida obyektiv tarzda muhim oʻrin egallaydi.

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz #Soglom_hayot

💉BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!🚭

🔰10-fevral kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining 2-sonli talabalar turar joyida Agrotexnologiya fakulteti tyutori N.Adizova tshabbusi bilan "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida rassomchilik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

🎨Iste’dodli talabalar giyohvandlikning zararini aks ettirgan ijodiy rasmlar chizishdi.

♻️Har bir ishtirokchi o‘ziga xos g‘oyalar va ijodiy yondashuvi bilan hayotiy muammolarni tasvirlashga harakat qildi.

🔰Tanlov yakunida barcha rasmlar hakamlar tomonidan yig‘ib olindi va baholash uchun qoldirildi. Eng yaxshi ishlar aniqlanib, g‘oliblar e’lon qilinadi!

✅️ Giyohvandlikka qarshi kurashish — eng asosiy vazifamizga aylanishi zarur!
✅️ Giyohvandlikka qarshi kurash – barchamizning burchimiz!

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
🗣 "BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ "

Joriy yilning 10-fevral kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti talabalari bilan “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, inson organizmiga nojo'ya ta'siri haqida so'z yuritildi. Talaba yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashishda barchamiz birdek mas'ulligimizni ta'kidlashdi. Darhaqiqat, birlashsak, katta kuchmiz!

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami