Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
740 subscribers
17.4K photos
1.28K videos
24 files
1.88K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
⚡️ Mashg'ulotlar davom etmoqda

📌Joriy yilning 23-yanvar kuni universitetning 2-sonli TTJda "Besh muhim tashabbus" markazi qoshida tashkil etilgan "Tikuvchilik" to'garagi doirasida navbatagi mashg'ulot bo'lib o'tdi
⚡️Mashg'ulotni Biotexnologiya fakulteti tyutori Sh.Sa'dinova olib bordi.
💥 Tikuvchilik toʻgaragining navbatdagi mashg'uloti talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari va katta hayotga tayyorlanishlarida alohida ahamiyatga egadir.

🏛@SDVUM_olami
#Rektor_yoshlar

E’tibor sabab yoshlar jamiyatda o‘z o‘rnini topmoqda


Prezidentimizning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirilishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilda o‘tkazilgan xatlov natijasiga ko‘ra “Yoshlar balansi”ga kiritilgan Samarqand shahar “Shodiyona” mahallasida yashovchi O‘rinboyev Muslimbek Xayrulla o‘g‘li bilan SamDVMCHBU rektori, professor Xudaynazar Yunusovning uchrashuvi bo‘ldi.

-Avvalgi uchrashuvimizda Rektor kelgusidagi rejalarim bilan qiziqib, kerakli tavsiyalarni bergandi, - deydi Muslimbek O‘rinboyev. – Endi esa Rektor shirin paxta ishlab chiqaruvchi maxsus apparat olib berdi. Bu apparat sabab ishlayman, ro‘zg‘orimga moddiy manfaat keltiraman. Katta rahmat.

O‘z navbatida Rektor mas’ullarga yoshlar bilan manzilli ishlash, muammolarini hal etish borasida kerakli ko‘rsatmalarini berdi.

🏛@SDVUM_olami
#news

💥Tarix - ma‘naviyat ko‘zgusi

💥Biotexnologiya fakulteti tyutori J. Yusupov boshchiligida 3-bosqich talabalari bilan birgalikda universitet tarixiy muzeyiga tashrif buyurishdi.

💥Tashrif davomida talabalarga universitet paydo bo‘lish tarixi, unda ishtirok etgan va o‘z hissasini qo‘shgan professor-o‘qituvchilar haqida batafsil ma‘lumotlar berildi.


🏛@SDVUM_olami
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum! Shanbi tongi muborak boʻlsin, azizlar!

😊 Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli hamda quvonch va shodliklarga boy o‘tsin!

🏛@SDVUM_olami
💥Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 26-dekabrdan 2025-yil 17-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻 Test natijalari
my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini
my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 27–29-yanvar kunlari
my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

🏛@SDVUM_olami
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"BUYUK O'TMISHNI, O'ZLIKNI ANGLASH MOHIYATI"

"Veterinariya profilaktikasi va davolash" fakulteti tyutori Sh.Y.Xoliqov boshchiligida fakultetning 2-bosqich 204-206-guruh talabalari Samarqand shahrida joylashgan "O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi"ga sayohat qilishdi.


Samarqanddagi bu muzey eng yirik muzey boʻlib, talabalar Oʻzbekistonda temirchilik tarixi va metallga badiiy ishlov berish sanʼati, Markaziy Osiyoda yozuvning paydo boʻlishi tarixi, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati durdonalari kabi ekspozitsiyalar bilan talabalar yaqindan tanishib katta taasurotlarga ega bo'lishdi.

Talabalar sayohat davomida ushbu muzey xalqimizni davlatchilik tarixini yoritib beruvchi, ajdodlarimizning boy moddiy va ma’naviy me’rosini o‘zida mujassamlovchi va kelajak avlodga yetkazuvchi madaniy me’ros ekanligiga ishonch hosil qilishdi.

 🏛@SDVUM_olami