Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
739 subscribers
17.4K photos
1.28K videos
24 files
1.89K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
⚡️SamDVMCHBUDA «OGOHLIK VA HUSHYORLIK - DAVR TALABI» MAVZUSIDA PROFILAKTIK TARG’IBOT BO’LIB O’TDI!

💥Joriy yilning 16-yanvar kuni Biotexnologiya fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida Giyohvand moddalar savdosiga chek qo'yish huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan davra suhbati universitet Profilaktika inspektori B.Naimov va fakultet tyutori J.Yusupov boshchiligida profilaktik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

💥Suhbat jarayonida inspektor B.Naimov tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar, jinoyat qonunchiligida belgilangan jazo choralari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

💥Talaba-yoshlarning ogohligi va hushyorligini oshirish maqsadida kibertahdid, giyohvandlik vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan diniy ekstremistik mazmundagi kontentlarning salbiy oqibatlari aks etgan videoroliklar namoyish
etildi.

🔷Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Malakaviy_amaliyot

Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti “Hayvonlar genetikasi, urchitish va oziqlantirish texnologiyasi ” kafedrasi katta o'qituvchisi q.x.f.f.d.(PhD) Nazarova Moxira Azamatovna) tomonidan Veterinariya profilartikasi va davolash fakulteti 2-bosqish talabalariga Veterinariya genetika va urchitish asoslari fanidan malakaviy amaliyot o‘tkazildi.

Malakaviy amaliyot davrida talabalar universitet vivariyasiga va Qoraro‘lchilik va cho’l ekologiyasi ilmiy tadqiqot institutidagi Qorako’l terilari muzeyi noyob obektiga olib borildi.

🔷Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash inkubatori - vivariy ekspertlarda katta taassurot qoldirdi


SamDVMCHBUga tashrif buyurgan Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) ekspertlar guruhi rahbari Veronika Belleman, texnik mutaxassis Ago Partel, texnik va PPR mutaxassisi Susanne Munstermarrn, ta'lim bo'yicha ekspert Tarnilla Alieva, veterinariya va chorvachilik bo‘yicha katta mutaxassis Eran Raizman hamda FAO tashkiloti vakillari tashrifi doirasida universitetda yo‘lga qo‘yilgan megaloyiha doirasida tashkil etilgan, amaliy darslarni o‘tishga mo‘ljallangan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash inkubatori - vivariy va hayvonlar klinikasi bilan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.


🔷Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro ekspertlar o‘quv laboratoriyalari bilan tanishdi


SamDVMCHBUga tashrif buyurgan Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) ekspertlar guruhi rahbari Veronika Belleman, texnik mutaxassis Ago Partel, texnik va PPR mutaxassisi Susanne Munstermarrn, ta'lim bo'yicha ekspert Tarnilla Alieva, veterinariya va chorvachilik bo‘yicha katta mutaxassis Eran Raizman hamda FAO tashkiloti vakillari Jahon banki, Islom taraqqiyot banki hamda Halqaro loyihalar doirasida tashkil etilgan 12 ta laboratoriyalar faoliyati bilan tanishib, o‘quv va laboratoriya darslarida talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.

🔷Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami