Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
740 subscribers
17.4K photos
1.28K videos
24 files
1.88K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
#TANLOV #14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

INSHOLAR TANLOVI O'TKAZILDI

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan O'zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi tomonidan Veterinariya meditsinasi yo'nalishi talabalari o'rtasida "JANGOVAR RUH - JANGCHINING QUDRATLI QUROLI" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.

Talabalar o'z ijodiy ishlarida vatanparvarlik, yurtga sadoqat, xalq manfaatlari va mamlakat istiqboli yo'lida xizmat qilish, mardlik va jasorat ko'rsatish haqidagi fikr-mulohazalarini aks ettirishdi.

Tanlov natijalariga ko'ra quyidagi talabalar g'olib bo'lishdi:

🥇1-o'rin - Mamarasulov Mahmudjon.

🥈2-o'rin - Farmonov Aslbek.

🥉3-o'rin - Hazratov Sherxon.

👏
G'oliblarni qutlaymiz!

 🏛@SDVUM_olami
🇺🇿O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalari sonini bilarmidingiz?

➡️1940/1941-o‘quv yilida O‘zbekistonda 30 ta oliy o‘quv yurti bo‘lib, ularda 19.061 nafar talaba o‘qigan.
➡️Keyinchalik, jahon urushi o‘qishga salbiy taʼsir qilib, taʼlim oladigan talabalar soni keskin kamayib ketgan.

↪️Mustaqillik arafasida O‘zbekistonda 41 ta oliy o‘quv yurti bo‘lib, ulardan: 3 tasi universitet, 15 tasi pedagogika, 7 tasi texnika, 5 tasi tibbiyot, 3 tasi iqtisod, 4 tasi qishloq xo‘jaligi, 3 tasi sanʼat, 1 tasi jismoniy tarbiya va sport instituti.

↪️2002-yil O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlari soni 61 tani tashkil etdi. Bulardan 18 tasi universitet bo‘lib, 2001/2002-o‘quv yilida 61 ta oliy o‘quv yurtlarida 207,2 ming nafar talaba taʼlim oldi.

↪️Bugungi kunga kelib esa O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalari soni 213 taga yetdi. Bulardan: 116 tasi davlat, 67 tasi nodavlat, 30 tasi esa xorijiy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

 🏛@SDVUM_olami
Talaba oliy taʼlim muassasasida telefondan foydalanishi mumkinmi?

🔄Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning uyali aloqa vositalaridan foydalanishining bir nechta shartlari mavjud:
↪️Taʼlim muassasasiga kirib kelishdan kelishda har bir taʼlim oluvchi, xodim, keluvchi va boshqa shaxslar telefonini “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi shart.
↪️Taʼlim muassasasida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbir boshlanishidan oldin taʼlim oluvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi; telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yishi shart.

📌Taʼlim oluvchilarga quyidagilar qatʼiyan taʼqiqlanadi:
➡️a) telefonni bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida saqlash;
➡️b) telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun taʼlim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;
➡️d) telefoni yordamida: atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
➡️e) o‘quv mashgʻulotlari vaqtida: telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish; telefonni stol ustiga qo‘yish; musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash.

Taʼlim muasasasida taʼlim oluvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
❗️Favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda taʼlim muassasalarida telefondan foydalanish cheklanmaydi.

 🏛@SDVUM_olami
UNIVERSITET REKTORI KUZGI SEMESTR UCHUN O‘TKAZILAYOTGAN YAKUNIY NAZORATLAR JARAYONI BILAN TANISHDI

SamDVMCHBU rektori, professor Xudaynazar Yunusov talabalarning Kuzgi semestr uchun o‘tkazilayotgan yakuniy nazorat ishlarini topshirish jarayoni bilan tanishdi.

Rektor talabalar bilan bilan uchrashuvda jarayonni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida universitet tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh doimiy nazorat qilib borayotgani haqida to‘xtalib, talabalarga omad tiladi.

Shuningdek, Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetining 1-bosqich talabalariga o‘tkazilayotgan yakuniy nazorat jarayoni Rektor boshchiligidagi mas’ullar va fakultet rahbariyati tomonidan yakuniy nazoratlarni belgilangan tartibda tashkil etilishi va o‘tkazilish holatini kuzatishdi.

Ma’lumot uchun: Universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlariga Kuzgi semestr uchun yakuniy nazorat ishlari davom etmoqda...

 🏛@SDVUM_olami
Talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibi yuzasidan tushunchalar berildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 452-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash, bunda universitetda ta’lim sifatini yanada oshirish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, talabalar bilimini baholashda ochiq-oshkorolik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan universitet rektori, professor X.Yunusov universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Unda universitetda yakuniy nazorat turini tashkil etish va o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbiri, bunda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishni nazarda tutgan holda ishchi guruh tomonidan o‘tkazilishi, talabaning majburiyatlari, belgilangan tartiblar buzilsa amalga oshiriladigan choralar, yakuniy imtihon ishlari va baholash natijalari kabi masalalar yuzasidan tushunchalar berildi.

 🏛@SDVUM_olami