Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
748 subscribers
16.3K photos
1.23K videos
24 files
1.84K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
#Ijara_xonadoni

Fakultet mas’ullari ijara xonodonlarini o‘rganishdi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti tyutorlari Yo.Fayzullayev, D.Ikromov, V.f.d (DSc)., dotsent U.I.Rasulov va assistent Z.I.Ilyosovlar fakultet talabalari istiqomat qiladigan ijara xonadonlarini oʻrganishdi.

Talabalar yashash sharoitlarini o'rganish davomida, ijara xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, talabalarning dars qilish uchun yaratilgan sharoitlar o'rganildi.

Kunlarning keskin sovishi natijasida isitish tizimiga bo'lgan talabning ortishini hisobga olgan holda talabalarga ijara xonadonlaridagi isitish tizimini doim nazoratga olishlari va ularni e'tiborsiz qoldirmaslik, elektr tokining qisqa tutashuvlari yoki is gazining hayot uchun juda xavfli ekanligi yana bir bor aytib o'tildi.

🏛@SDVUM_olami
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Master_klass

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi v.b. dotsent U.A. Raxmonov Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumida 201-guruh talabalariga Klinik diagnostika fanidan “Yurak qon tomir tizimini tekshirish” mavzusida MASTER KLASS o‘tkazdi.

Dars jarayonida yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga tashxis qo‘yishda ko‘rish, paypaslash, perkussiya, auskultatsiya va maxsus tekshirish usullaridan EKG da foydalangan holda hayvonni tekshirish kasalliklarga to‘g‘ri diagnoz qo‘yishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga to‘xtalib o‘tdi. Dars yakunida talabalar tomonida berilgan savollarga to‘liq javob berildi

🏛@SDVUM_olami
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zarnews.uz
Олий таълим вазири Самарқандда талабалар билан учрашмоқда

Айни пайтда Самарқанд давлат университетида Олий таълим, фан ва инновациялар вазири Қўнғиротбой Шариповнинг вилоятдаги олий таълим муассасалари ёшлари билан учрашуви бўлиб ўтмоқда.

Вазир ёшларнинг ишга жойлашиш, инновацион лойиҳалари ва ривожланган мамлакатлар замонавий технологияларини юртимизда ҳам жорий қилиш, таълим жараёнига йўналтириш борасидаги таклифларини эшитмоқда.

Учрашувда Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти талабаси Райҳона Анарбоева талаба қизлар ўртасида "Тўмарис издошлари" ва йигитлар ўртасида "Темурбеклар" лойиҳасини ташкил этиш таклифини берди.

Ташаббус вазир томонидан қўллаб-қувватланиб, бу лойиҳа тажриба сифатида биринчи марта Самарқандда ташкил этилишини маълум қилди.

@Zarnews_uz
#Vazir_yoshlar_uchrashuvI

Samarqand davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari yoshlari bilan uchrashuvida universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining innovatsion loyihalari va rivojlangan mamlakatlar zamonaviy texnologiyalarini yurtimizda ham joriy qilish, ta’lim jarayoniga yo‘naltirish borasidagi takliflarini berdi.

🏛@SDVUM_olami
#Vazir_tashrifi #Uchrashuv

Universitetga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tashrif buyurdi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshchiligidagi mas’ul shaxslar kutib oldi.

Shundan so‘ng, universitet rektori mehmonlarga universitet bosh binosi oldidagi birinchi veterinar shifokori siymosi aks etgan monumentga ta’rif berib, uning yaratilish tarixi, ma’no-mazmuni haqida batafsil to‘xtaldi. Universitet hayoti va faoliyatiga haqida qisqacha ma’lumot berilib, esdalik uchun fotosuratga tushishdi hamda vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov estalik uchun universitet bog‘iga daraxt ko‘chatlarini ekdi.

👉 BATAFSIL SHU YERDA

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |