Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
743 subscribers
17.3K photos
1.28K videos
24 files
1.88K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
💥 Joriy yilning 6-noyabr kuni Samarqand davlat veterenariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 1-bino 117- xonasida Axborot texnologiyalari kafedrasi oʻqituvchisi V.Aktamova va M.Sulaymonovlar boshchiligida Besh muhim tashabbus qoshida tashkil etilgan "Kompyuter bilimdoni" to'garagining "Chiziqli juft regressiya tenglamasi. Eng kichik kvadratlar usuli EKKU" mavzusida amaliy mashgʻulot boʻlib oʻtdi.

Ushbu mashgʻulot davomida talabalar mavzu doirasida yangi bilimlarni olib, kompyuter savodxonlik darajasini oshirishdi va o'zlari qiziqqan savollarga javob olishdi.

💥Tayyorladi: M.Ergashboyev
💥Operator: S.Choriyev

🔷Maʻnaviyat Info | Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
#Tanlov
#Yil_talabasi
#Iqtisodiyot

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Yil talabasi” tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

👉Tanlovda talabgorlar o‘z yo‘nalishida g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda.

❗️Yakuniy natijalar tanlov tugagandan so'ng hakamlar hay'ati tomonidan taqdim qilinadi.

🔷Maʻnaviyat Info | Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Universitet Sirtqi bo‘lim to‘rtnchi bosqich talabalari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F.Turayev, Rektor maslahatchisi Z.Shodmonov, Sirtqi bo‘lim boshlig‘i B.Nuriddinovlar ishtirokida davra suhbati  bo‘lib o’tdi.

Ma’ruzachilar o‘z so‘zlarida  yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi pereparatlarning iste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarni oldini olish, turli xil korrupsion holatlar va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va  bartaraf etish shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 829-son qarori toʻgʻrisida tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdik, tadbir davomida ijtimoiy video rolik namoyish etilib, yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

🔷Maʻnaviyat Info | Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
#Malakaviy_amaliyot

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektorining 2024-yil 26-oktyabrdagi “Biotexnologiya fakultetining 3-bosqich talabalarini malakaviy amaliyotga yuborish haqida”gi buyrug‘iga binoan Biotexnologiya fakulteti 60812100 - Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnalogiyasi ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari hamda "Biologiya, ekologiya va dorivor o'simliklar" kafedrasi mudiri M.Begmatova va M.Turopova ustozlar boshchiligida Samarqand viloyati O'rmon xo'jaligida malakaviy amaliyotlarining navbatdagi kunini davom ettirishdi.

💥Malakaviy amaliyot orqali talabalar o'z ixtisosliklari bo'yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab, mazkur o‘rmon xo‘jaligida yetishtirilayotgan turli xildagi manzarali, dorivor va xona o'simliklarining yetishtirish texnologiyasi va xom-ashyo bazasi bilan tanishdilar.

🏛@SDVUM_olami