Ruzimurat Choriyev
778 subscribers
3.82K photos
625 videos
18 files
2.28K links
Download Telegram
📈 O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 millionga yaqinlashdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholi soni 1-iyul holatiga 37,9 millionni tashkil etmoqda.

Hududlar kesimidagi statistika esa quyidagicha:

▪️Samarqand – 4,3 mln kishi;
▪️Farg‘ona – 4,1 mln kishi;
▪️Qashqadaryo – 3,6 mln kishi;
▪️Andijon – 3,4 mln kishi;
▪️Namangan – 3,1 mln kishi;
▪️Toshkent shahri – 3,1 mln kishi;
▪️Toshkent viloyati – 3,1 mln kishi;
▪️Surxondaryo – 2,9 mln kishi;
▪️Buxoro – 2 mln kishi;
▪️Xorazm – 2 mln kishi;
▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 mln kishi;
▪️Jizzax – 1,5 mln kishi;
▪️Navoiy – 1,1 mln kishi;
▪️Sirdaryo – 938,5 ming kishi.

https://t.iss.one/Ruzimuratchoriev
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Мен ҳам 15-20 дақиқа тирбандликда турдим. Яхшигина турдим» – президент Тошкентдаги тирбандлик муаммоси ҳақида

Давлат раҳбари одамлар шундай муаммо туфайли уйга жуда кеч қайтаётгани ва бу кайфиятига таъсир кўрсатаётгани ҳақида гапирди.

Kun.uz расмий канали
👍2🤔2
Ertadan kirish imtihonlari boshlanadi. Nimalarni bilish muhim?

◾️Ertaga 14-iyuldan boshlab kirish imtihonlari boshlanadi.

Soat nechada borish kerak?

Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Demak, ertalabki smenaga tushganlar soat 06:30 da, peshingi smenadagilar esa 13:30 da test hududida bo'lishlari kerak.

🗂 Qanday hujjatlar kerak?

👉 Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
👉 Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.

🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qat'iyan taqiqlangan.

✔️ Nima olib kirish mumkin?

👉
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
👉 abituriyent ruxsatnomasi;
👉 oddiy qo‘l soati (elektron smart-soat mumkin emas);
👉 optik ko‘zoynak (boshqa ko‘zoynaklar mumkin emas);
👉 pul;
👉 dastro‘mol;
👉 kalit;
👉 sog'lik uchun zarur dorilar.

😁''TIQXMMI''Milliy tadqiqot universiteti rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalari:
📝 Telegram |📝  Facebook  |💻 Instagram |🎞 YouTube |🐧 X | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бенжамин Франклин ўз устида ишлашнинг бир неча усулларини ишлаб чиқди. Ҳозирги кунда эса унинг бу таклифлари янада қийинроқдек туюлади. Аммо ҳар бир киши ўзида синаб кўришга арзийдиган ишлар кетма-кетлиги билан танишинг ва албатта уларга амал қилинг.

Ўзини тия билиш
Қорнингиз тўлгунича еманг, маст бўлгунча ичманг.

Тилни тия билиш
Ўзингиз ва бировга фойда келтира оладиган сўзларнигина гапиринг.

Тартибли бўлиш
Ҳар бир нарсангизнинг ўз жойи, ҳар бир ишингизнинг ўз вақти бўлсин.

Қатъийлик
Нима қилишингиз кераклигига қарор қилинг. Қарор қилганингизни албатта бажаринг.

Эҳтиёткорлик
Ўзингизга ва бошқаларга фойда келтирадиган харажатлар қилинг. Бир сўни ҳам ҳавога совурманг.

Меҳнатсеварлик
Вақтингизни бекорга кетгизманг, доим фойдали нарсалар билан шуғулланинг. Кераксиз ишларингизни четга суринг.

Адолатлилик
Одамларга ҳеч қачон ёвузлик қилманг. Қўлингиздан келганча яхшилик қилишга ҳаракат қилинг.

Мувозанат
Қаерда ва қандай тутиш кераклигини билинг. Сизга ёмонлик қилганларга нисбатан ҳеч қачон ёмонлик билан жавоб берманг. Ҳатто улар шунга арзисаларда.

Озодалик
Бетартиб бўлманг. Ҳамма жойни тозалаб юринг. Бироз бўлсада бетартиблик бўлмасин.

Тинчликсеварлик
Кичик хотиржамсизликлар учун хавотирга тушишнинг фойдаси йўқ. Назарга илинмайдиган аммо жиғингизга тегадиган кўнгилсизликлардан узоқлашишга ҳаракат қилинг.

Ақлли бўлишга интилиш
Билим олишдан тўхтаманг. Китоблар ўқинг, билимингизни оширинг.

Камтарлик
Қанчалик ақлли ёки кучли бўлманг, камтарликдан ўзингизни асло тийманг.

https://t.iss.one/Ruzimuratchoriev
👏6👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️Даврон Кабуловдан тасирли шер

Сиз бу фикрларга нима дейсиз

https://t.iss.one/Ruzimuratchoriev
👍5🔥1
Жазирама иссиқ учун тавсиялар

Шу кунларда жазирама авжига чиқади. Жумладан, 17 июлда республика шимолида, жанубида ва чўл ҳудудларида, 18-20 июлда ҳудуднинг катта қисмида ҳаво ҳарорати 40-43 даражагача, жанубда ва чўл ҳудудларда баъзи жойларда 44-45 даражагача кўтарилади.

Мутасадди вазирликлар эҳтиёт чораларини кўришга чақирмоқда.

“Аввало, куннинг энг иссиқ вақти — соат 12:00 дан 16:00 гача имкон қадар ёпиқ бинолар ёки салқин жойларда бўлиш лозим. Бу вақтда қуёш нурлари энг кучли бўлиб, тананинг қизиб кетиши ва офтоб уриш хавфи юқори бўлади. Агар кўчага чиқиш зарурати туғилса, соя жойларда юриш, соябондан фойдаланиш ва фаолликни куннинг салқинроқ пайтлари — эрталаб ёки кечқурунга режалаштириш мақсадга мувофиқ” деб ёзмоқда Соғлиқни сақлаш вазирлиги матбуот хизмати.

Қишлоқ хўжалиги вазирлиги эса деҳқонларни соат 10.00 дан 16.00 гача ташқи муҳитда ишламасликка чақирмоқда.

https://t.iss.one/Ruzimuratchoriev
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Hurmatli Prezident, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Prezident jamoasida yoshlarga yelkadosh bo‘lib mehnat qilish — bu katta mas’uliyat va sharaf. Yoshlarga bo‘lgan mehringiz va e’tiboringiz O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi kuchga aylanishiga chin dildan ishonaman.

Yana bir bor 68 yoshingiz muborak bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

❗️❗️❗️Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

🔁 Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

📆 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.



https://t.iss.one/Ruzimuratchoriev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
ҒАЛАТИ МАНТИҚ

Ажал келса не дийдалар
Ёшланади.
Хонадонда ғам-ташвишлар
Бошланади.
Қабристоннинг ғалвасин-ку
Қўятуринг.
Зудлик билан кўчасини
Қайта қуринг.
Анов эски симёғочни
Бўяш керак.
Кесинг дарров, кўринмасин
Манов терак.
Ўйдим-чуқур йўлларни тез
Асфальт қилинг.
Жанозага ахир кимлар
Келар, билинг!..
Бундай чоғда ҳамма тотув,
Эш бўлади.
Бир кечада ҳамма ишлар
Беш бўлади.
Воқеалар бирданига
Эврилсайди.
Шўрлик марҳум бир фурсатга
Тирилсайди.
Кўрар эди, маҳалласи
Нечоғ тўкис.
Кўчаси ҳам бинойидек,
Равон, текис.
Ҳолбуки, у шу йўллардан
Ўтганди-ку.
Қиш-қировда автобус ҳам
Кутганди-ку.
Босим ошиб, кўзлари ҳам
Тинган эди.
Яхда тойиб, оёғи ҳам
Синган эди,
Йўл тузалди, бироқ марҳум
Юрмай кетди.
Тиригида бу ҳурматни
Кўрмай кетди.
Гапларимдан бошқа маъно
Ахтармангиз.
Йўқни бору, борни йўқ ҳам
Деманг ҳаргиз.
Бундай ҳолга на йиғлаб, на
Кулиш керак.
Наҳот бир иш битиш учун
Ўлиш керак...

Абдулла Орипов
2002 йил, декабрь.

https://t.iss.one/Ruzimuratchoriev
👍112🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon #TTJ

⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!


Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

❗️Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Мана нима учун хитой барча нарсада олдинга ўтиб кетмоқда, 6 қаватли кутубхонада таътил бўлишига қарамасдан ўқишга жой йўқ.

https://t.iss.one/Ruzimuratchoriev
👍21🔥1
😄TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida mahalla yoshlari bilan do‘stona mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi

🗓Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va sportni ommalashtirish maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari insituti” milliy tadqiqot universitetida mahalla yoshlari ishtirokida mini-futbol bo‘yicha do‘stona musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada universitet talabalari va mahallalarda yashovchi yoshlar o‘zaro bellashib, sport va hamjihatlik muhitini yaratishdi.

🏆 Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi, barcha qatnashchilar esa yaxshi kayfiyat bilan sport ruhini tuyg‘an holda qaytishdi.

📝 Ushbu musobaqa yoshlarga qaratilgan doimiy e’tibor va sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.

#TIQXMMIMTU #MiniFutbol #YoshlarSporti #SoglomTurmush #MahallaYoshlari #DostonaMusobaqa #UniversitetHayoti

t.iss.one/Ruzimuratchoriev
👍4