Rustam Ibragimovich Xolmurodov
1.79K subscribers
8.49K photos
535 videos
2 files
2.32K links
Самарқанд давлат университети ректори,
Ўзбекистон Республикаси фан арбоби, Олий Мажлис Сенати аъзоси

Facebook - https://www.facebook.com/RustamIbragimovichXolmurodov
Download Telegram
Forwarded from Samarqandim jurnali
SO‘NGGI QO‘NGʻIROQDAN KO‘ZLARINGDA NAM...

So‘nggi tomchi ko‘kdan tomgani kabi
So‘nggi qo‘ng‘iroqdan ko‘zlaringda nam...
Navnihol vujuding o‘yg‘ongan qalbi,
Chorlaydi qoshingda o‘zga bir olam...

Imlasa-da shodlik sari beozor,
Gʻamgin tuyuladi oxirgi sado.
To‘rt fasling ichida yashnaydi bahor,
Nelarni ko‘rgaysan yetganingcha to...

Azizim, qayg‘urma, so‘nggi dam emas,
Toleing yo‘llari uzoqdir, uzoq.
Qalbingni to‘ldirib bunda har nafas
Umiddan taxt tilar so‘nggi qo‘ng‘iroq!

Qarasang, yo‘l ko‘pdir axir dunyoda,
So‘nmas ohangini tingla yurakdan.
Orzularing bo‘lsin haddan ziyoda,
Qalbing ayrilmasin ezgu tilakdan...

Hayotning tugamas ertalari bor,
Oxirgi kalomin aytolmas hech vaqt.
Yana yaratajak ertaklari bor,
Gohida mahzundir, gohida xushbaxt...

Azizim, umrning gulgun bog‘ida
Turfa gullar ochsa qismat go‘zal, boq.
Yashash va yaratish ishtiyoqida
Shijoat, shahd tilar so‘nggi qo‘ng‘iroq!

Voyaga yetkazgan maskanga ta’zim
Har qancha qilmaki, bilgil, bo‘lar oz.
Bu hayot aslida ulug‘ muallim,
Otayu onangdir eng katta ustoz...

O‘ksinma, tashvishda ko‘p ham chekma ranj,
Hali qo‘ng‘iroqlar bo‘lar besanoq.
Ularning har biri bamisoli ganj,
Do‘stu g‘animingdan aylaydi ogoh.

Azizim, esda tut, ekansan hayot,
Insonlik sharafin ko‘tar balandroq.
Bu yo‘lda matonat, ishonchu sabot,
Iroda, ahd tilar so‘nggi qo‘ng‘iroq!

Falakda har ezgu ishingni yoqlab
Mangulik bonggini uradi quyosh.
Yashagin qalb yo‘lin mudom ardoqlab,
Azizim, umiding ko‘zlarini och.

O‘ylama, bu emas aslo so‘nggisi,
Xulosa qilmoqqa shoshilma darhol.
Bilmaysan, oldinda nelar kutgusi,
Qayoqqa yetaklab ketadi bu yo‘l...

Hikmat bor har ishda, sira g‘am yutma,
Bugundan boshlanar sirli kelajak.
Azizim, ko‘rinar axir, unutma,
So‘nggi tomchidan so‘ng ranggin kamalak.

Faqat sen umiddan bo‘lma mosuvo,
Tilagim: o‘chmasin sen yoqqan chiroq.
Birozdan jarangi tinadi, ammo
Tuganmas baxt tilar so‘nggi qo‘ng‘iroq!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Forwarded from Samarqandim jurnali
O'zbekistonga ochilayotgan Yevropa darvozalari

Prezident Shavkat Mirziyoyevning barqaror Markaziy Osiyodan Yevropa Ittifoqi tomon konsepsiyasi haqida

Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning maqolasi “Xalq so'zi” gazetasining 2025-yil 30-may, № 109 (9004) juma sonida e’lon qilindi

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/214

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Forwarded from Samarqandim jurnali
Millatning kelajagi-sifatli ta'limda

Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning maqolasi “Xalq ovozi” gazetasining  2025-yil 29-may, № 22 (20440) payshanba sonida e’lon qilindi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Forwarded from Samarqandim jurnali
TA’LIMDA XALQARO HAMKORLIK

O‘zbekiston Xitoy bilan ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini kuchaytiradi.
Samarqandda ta’lim, fan va texnologiyalar sohasidagi II innovatsion hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz va Xitoydagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, vazirlar va hududlar rahbarlari ishtirok etdi.
Forumni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochdi.
Xitoy Xalq Respublikasi Shensi viloyati gubernatori Chjao Gang keyingi yillarda ikki davlat ta’lim, ilm-fan sohasida ham yaqin hamkorlik qilayotganini ta’kidladi.
Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov forum mobaynida Sian arxitektura-texnologiya universiteti bilan hamkorlik va akademik almashinuv to‘g‘risida memorandum imzoladi.
 
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:


Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Forwarded from Samarqandim jurnali
XALQARO FORUM DAVOM ETMOQDA

Samarqandda mamlakatimiz va Xitoydagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, vazirlar va hududlar rahbarlari ishtirokida ta’lim, fan va texnologiyalar sohasidagi II innovatsion hamkorlik forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun forum o‘z ishini davom ettirdi.

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/219

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:


Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube