Rustam Ibragimovich Xolmurodov
1.8K subscribers
8.5K photos
535 videos
2 files
2.32K links
Самарқанд давлат университети ректори,
Ўзбекистон Республикаси фан арбоби, Олий Мажлис Сенати аъзоси

Facebook - https://www.facebook.com/RustamIbragimovichXolmurodov
Download Telegram
Forwarded from Samarqandim jurnali
“SAMARQANDIM” jurnalining ilk soni nashrdan chiqdi

⚡️Samarqand davlat universiteti muassisligida “Samarqandim” nomli ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy, tarixiy, ommabop jurnal nashrdan chiqdi.

Jurnal mundarijasi rang-barang. Unda olis o‘tmish sadolari, kechagi kunlar o‘kinch-armonlari, Vatan qadri, dunyoga yangicha nigohlar ila boqayotgan yangi Samarqand – hamma-hammasi mujassam.

Loyiha muallifi, Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov.

👉“Samarqandim”ni o‘qing.  Bu – Sizning jurnalingiz.

Batafsil: https://uza.uz/posts/samarqandim-zhurnalining-ilk-soni-nashrdan-chiqdi_719483

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Forwarded from Samarqandim jurnali
Samarqand davlat universiteti rektori,
Senator, “Samarqandim” jurnali tahrir hay’ati raisi
R.I. Xolmurodovga!


Hurmatli Rustam Ibragimovich!

Sizning boshchiligingizda “Samarqandim” jurnalining 1-soni muvaffaqiyatli ravishda chop etilgani bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Ushbu jurnal nafaqat yurtimiz ilmiy-ma’rifiy va ma’naviy hayotida muhim yangilik, balki Samarqand shahrining tarixiy, madaniy va siyosiy qiyofasini keng jamoatchilikka, jumladan, xalqaro maydonga taqdim etishga ham xizmat qiladi.

Jurnalning mazmunli materiallari, professional tahriri va yuqori darajadagi poligrafik sifati menda katta taassurot qoldirdi.

Jurnalni tuzishdagi tashabbusingiz, mehnatingiz va ilmiy-ma’rifiy faoliyatingizni qo‘llab-quvvatlagan holda Sizga yangi ijodiy yutuqlar, muvaffaqiyatlar va jurnalning kelgusi sonlarida ham shunday mazmundor, yuksak saviyali materiallar bilan xalqimizga xizmat qilishda kuch-quvvat tilayman.

Ehtirom bilan,

Gulrux Agzamova,
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Forwarded from Samarqandim jurnali
"Samarqandim" jurnali - Samarqandda o‘zbek ilmining yana bir durdona nashri yaratilganini mujda qildi...

Ilmu fan doim kashfiyotni taqozo qilmaydi. Bor ilmni yuksaltirish, ilm egalarining mehnatlarini qadrlash ham kichik kashfiyotlardir. Bu borada ijtimoiy-siyosiy, tarixiy, ma’naviy axborotlarni ilmu fanda uyg‘unlashtirish va nashr qilish nafaqat ilm egalari balki, butun omma uchun ham manfaatlidir.

Kuni kecha qo‘limga yetib kelgan "Samarqandim" jurnalining birinchi soni, Samarqandda o‘zbek ilmining yana bir durdona nashri yaratilganini mujda qildi. Sharqda tarixiy durdonalarning ibtidosi bo‘lgan Samarqandga juda yarashadigan ish bo‘libdi!

Gʻoya muallifi Samarqand davlat universiteti rektori, senator Rustam Xolmurodovga, shuningdek olim, shoir do‘stim Farrux Hamroyev akamga jurnalni menga tuhfaa qilib yuborishgani uchun o‘zimning minnatorchiligimni bildiraman!

Shu o‘rinda jurnal tahririyati, nashriyoti va ijodiy jamoasiga ulkan muvafaqqiyatlar va bardavomlik tilab qolaman!

Baxriddin Zayniddinov.
Forwarded from Samarqandim jurnali
Rektor va iqtidorli talabalar uchrashuvi

Samarqand davlat universiteti rektori O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov 2-3 kurs iqtidorli talabalari bilan uchrashdi.

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/199

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Forwarded from Samarqandim jurnali
Havas

- Men Muslihiddin Muhiddinovni uzoq yillardan beri bilaman. Domlaning ilmini tarozining bir pallasiga qo‘yib, ikkinchi pallasiga insoniyligini qo‘ysa, shubhasiz, inosniyligi bosib ketadi, deb o‘ylayman. Muslihiddin Muhiddinov kimnidir ko‘mak so‘rashini kutib o‘tirmaydi. U birinchi bo‘lib, sizga qo‘l uzatadi. U Sizning muammolaringiz, mushkullaringiz ichida yashay boshlaydi. Bunday bo‘lish juda qiyinligini yuragimdan his etaman. Muslihiddin Muhiddinovga havas qilaman.

Rustam Xolmurodov,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,
Oliy Majlis Senati a’zosi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Forwarded from Samarqandim jurnali
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi direktori,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist,
yoshlar murabbiysi,
Samarqand davlat universiteti
Faxriy professori Abdusaid Ko‘chimovga !

Assalomu alaykum hurmatli Abdusaid aka!

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin. Siz O‘zbekiston milliy matbuoti rivojiga, taraqqiyotiga, shakllanishiga munosib hissa qo‘shayotgan, o‘zbek jurnalistikasida maktab yaratgan ustozsiz. Nafaqat jurnalistika, balki adabiyotimizni ham Sizning kamtarona, samimiy ijodingizsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/200

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Forwarded from Samarqandim jurnali
Ma’rifat mehrobi

Samarqand davlat universiteti viloyatimiz, mamlakatimiz uchun ma’naviyat, ma’rifat mehrobi bo‘lib kelgan. So‘nggi yuz yilda bu dargohga kimlar kelib, kimlar ketmagan.

Mening nazarimda, olimlar ikki toifaga bo‘linadi. Birlari o‘zi uchun yashaydi. Ilm qiladi. Hurmat-e’tibor qozonadi. Ikkinchilari ham ilmiy izlanishlar olib boradi. Nom qozonadi. Lekin, birinchilaridan farqli ravishda ular faqat o‘zlari uchun emas boshqalar uchun ham yashaydi. Faqat o‘zi ilm qilib kifoyalanmasdan atrofiga ilmga intiluvchi yoshlarni to‘playdi. Ularni ham ilm deb atalmish yuksaklikka olib chiqadi. Demak, ular faqat o‘zi uchun yashamaydi. Balki boshqalarga ham ziyo taratadi. Yonidagilarga ham o‘ziga ravo ko‘rganni ravo ko‘radi.

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/201

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Forwarded from Samarqandim jurnali
Adabiyotshunoslarning xalqaro anjumani

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Samarqand davlat universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi tashabbusi bilan Samarqand adabiyotshunoslik maktabining yirik vakili O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, filologiya fanlari doktori, professor Muslihiddin Muhiddinov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-nazariy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: 👉 https://www.samdu.uz/uz/news/60403

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Forwarded from Samarqandim jurnali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,
Oliy Majlis Senati a’zosi
Rustam Xolmurodov


Yuzma-yuz+ loyihasida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Forwarded from Samarqandim jurnali
MAGATE delegatsiyasi Samarqand davlat universitetida bo’ldi…

Samarqand davlat universitetiga Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori o‘rinbosari Hua Liu boshchiligida 23 davlat vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Batafsil: 👉 https://www.samdu.uz/uz/news/60406

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube