Robotics Lab - Kelajak biz bilan 🦾
1.01K subscribers
834 photos
440 videos
20 files
906 links
Robotics Lab - Dasturlash va Robototexnika bilimlarini mukammal o'rgatuvchi ta'lim markaz

📞 +998953401070

👨🏻‍💻 Murojaat uchun:
@roboticslab_school
Download Telegram
Forwarded from IT Park Uzbekistan
#event

O‘zbekistonlik talabalar jamoalari Xalqaro talabalar dasturlash tanlovining eng nufuzli va raqobatbardosh bosqichlaridan biri bo‘lgan ICPC NERC da (Shimoliy Yevroosiyo mintaqaviy tanlovi) yuqori natijalarni namoyish etdilar. Tanlovda Shimoliy Yevroosiyoning yetakchi universitetlaridan 341 ga yaqin jamoa ishtirok etdi.

2025-yilgi musobaqada O‘zbekistondan 20 ta jamoa ishtirok etib, turli darajadagi diplomlarni qo‘lga kiritdi hamda xalqaro maydonda yuqori tayyorgarlik darajasini namoyish etdi. Milliy jamoalar IT Park Uzbekistan ko‘magida, yetakchi universitetlar bilan hamkorlikda, xalqaro va mahalliy murabbiylar ishtirokida tayyorlandi.

📖 Batafsil ma’lumot olish uchun maqolani to’liq o’qing: it-park.uz



Student teams from Uzbekistan delivered strong performances at the ICPC NERC (North Eurasian Regional Contest) — one of the most prestigious and competitive stages of the International Collegiate Programming Contest. The competition brought together around 341 teams from leading universities across North Eurasia.

In 2025, 20 teams from Uzbekistan took part, earning diplomas of various levels and demonstrating a high standard of preparation on the international stage. The national teams were trained with the support of IT Park Uzbekistan, in cooperation with leading universities and with the involvement of international and local coaches.

📖 Read the full article to learn more: outsource.gov.uz

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
2🔥1
Forwarded from IELTS Academy
IELTS Academy 2+6 — ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Ingliz tilini tizimli ravishda o‘rganib, qisqa muddatda aniq natijaga erishishni maqsad qilganlar uchun mo‘ljallangan maxsus ta’lim dasturi.

🔹 2 oy — umumiy ingliz tili, B1 darajaga chiqish
🔹 6 oy — IELTS imtihoniga tayyorgarlik (bepul)


📌 O‘rinlar cheklangan.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish: forms link
________________________________

IELTS Academy 2+6 — открыта регистрация!

Специальная образовательная программа, разработанная для тех, кто хочет систематически изучать английский язык и добиться конкретных результатов в короткие сроки.

🔹 2 месяца — общий английский, уровень B1
🔹 6 месяцев — подготовка к экзамену IELTS (бесплатно)


📌 Количество мест ограничено.
👉 Регистрация: ссылка на форму
Keyingi yildan “Raqamli startaplar” dasturi kengaytirilib, startap g‘oyasidan to eksportgacha ko‘maklashadigan yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Bu jarayonda xususiy startap markazlarini tashkil etish uchun Yoshlar jamg‘armasidan besh yil muddatga 5 milliard so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.

Bundan tashqari, Markaziy bankda Fintex ofisi va Innovatsion xab tashkil etilib, unga Singapurdan mutaxassislar jalb qilinadi. Natijada yiliga 15-20 ta fintex startapni tashqi bozorga olib chiqish, ularga jami 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

Umuman, venchur fondlar, startaplar, fintex kabi yangi moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish, mazkur sohadagi barcha ishtirokchilar huquqlarini qonun bilan kafolatlab qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz parlamentni Hukumat bilan birgalikda “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqishga chaqirdi.

Facebook|Instagram|X
1
“Biz 2030-yilga borib, IT xizmatlar eksportini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olganmiz”,

– dedi Prezidentimiz.

Kelgusi yilda Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatida 4 ta data-markaz, 2 ta super kompyuter va 15 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bu tibbiyot, transport, qishloq xo‘jaligi, geologiya, bank-moliya, jamoat xavfsizligi kabi muhim sohalarda 100 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bugun minglab iqtidorli yoshlarimiz IT va sun’iy intellekt bo‘yicha izlanish olib bormoqda. Ularning kvant, dron, robototexnika kabi yo‘nalishlardagi konstruktorlik loyihalarini amaliyotga tatbiq qilish uchun “Raqamli texnologiyalar markazi” tashkil etiladi.

“Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik.

Bu Yangi O‘zbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga, umuman, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi deb ishonaman”
,

– dedi Prezidentimiz.

Facebook|Instagram|X
1
❗️O’zbekiston Fanlar akademiyasida ilmiy ishlanmalar soni 3 baravar oshiriladi

Bu bo’yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorda keltirilgan asosiy yangiliklar:

Fanlar akademiyasida 2030-yilga qadar belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yo‘lga qo‘yiladi;

2030-yilga qadar FA va uning tizim tashkilotlarida yangi ilmiy ishlanmalar soni va tijoratlashtirishdan olinadigan mablag‘lar hajmi 3 baravarga; ilmiy xodimlar tarkibida yoshlar ulushi 60 foizgacha; nufuzli xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan maqolalar soni 4 baravarga; akademiklar va professorlarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki 5 baravarga; xalqaro hamkorlikda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar soni 3 baravarga oshiriladi;

Xorijdagi ilmiy diaspora O‘zbekiston ilm-faniga reintegratsiya qilinib, FA ilmiy muassasalarini raqobat tamoyili asosida moliyalashtirish tizimiga o‘tadi, yoshlarning akademik fanlarda ishtirokini kuchaytirish uchun ularni rag‘batlantirish tizimini yaratiladi;

Fan va sanoat integratsiyasi kengashi tashkil etiladi va uning tarkibi Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi;

Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlarining umumiy cheklangan soni 50 nafar etib belgilandi;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda Innovatsion rivojlanish agentligining Xalqaro molekulyar allergologiya markazi Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkaziladi;

Namangan, Samarqand va Termiz shaharlarida Fanlar akademiyasining hududiy bo‘limlari ochiladi. Xalqaro ilm-fan kengashining Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi tashkil etiladi;

Fanlar akademiyasi jamg‘armasi tashkil etiladi va davlat byudjetidan har yili 80 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ ajratiladi.
🚘 O’zbekistonda sun’iy intellekt bo’yicha tanlov o’tkazilib, g’olib maktablarga elektromobil beriladi

Bu bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

👨‍💻 Unga ko‘ra, “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi amalga oshiriladi.

Har yili mazkur loyiha doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazib boriladi.

🎁 Bunda tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🔹 100 nafar o‘qituvchiga 1 ming AQSh dollari ekvivalentida pul mukofoti;
🔹 10 nafar o‘qituvchiga xorijiy sayohatga yo‘llanma;
🔹 500 nafar yoshlarga noutbuk;
🔹 500 nafar yoshlarga qimmatbaho sovg‘alar;
🔹 3 ta OTMga pul mukofoti;
🔹 2 ta umumta’lim maktabiga “Prezident sovg‘asi” – elektromobil.

📝 Shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida yoshlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

🔸 raqamlashtirish sohasida zamonaviy kasblarga, jumladan, IT-loyiha boshqaruvchisi, startap loyihasi boshqaruvchisi hamda xorijiy tillarga bepul o‘qish;

🔸 xalqaro professional darajadagi IT-sertifikatlarni olish bo‘yicha o‘quv kurslarida bepul ta’lim olish.