REVO Global LLC
310 subscribers
40 photos
13 videos
34 links
REVO Global — инновационная ИТ-компания

📞 Телефон: +998 77 232 66 66

🌐 Веб сайт: https://revolution.uz/
Download Telegram
🚀REVO DAY’da sizni nimalar kutayotganini bilasizmi ?

Mutaxassislar bilan MeetUp:

- Sohaning turli yo‘nalishdagi mutaxassislari spiker sifatida ishtirok etishadi.

IT hamjamiyati yig‘iladi:

- O‘zbekiston bo‘ylab IT yo‘nalishidagi mutaxassislar bir joyda jam bo‘ladi.

80 000 000 so‘m mukofotga ega REVO CUP:

- Umumiy 80 mln so‘mdan ortiq mukofot belgilangan REVO CUP dasturlash musobaqasi.

Loyihalar taqdimoti:

- Millionlab foydalanuvchilarni jalb qila olgan IT mahsulotlar taqdimoti.

Premyeralar:

- Hali hech qayerda e’lon qilinmagan loyihalar premyeralari bo‘lib o‘tadi.

Barcha IT olami vakillari va biznes egalarini 2025-yilning 5-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan ushbu REVO DAY tadbirida kutib qolamiz.

🕛 5-aprel, soat 09:00 da
📍 Manzil: Urganch shahar IT park binosi

📃Ro'yxatdan o'tishni unutmang👇
➡️ RO'YXATDAN O'TISH ⬅️

@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🎉8👍62🏆21🔥1
⚠️ Mukofotdan quruq qolishingiz mumkin!

Siz REVO CUP haqida eshitdingiz lekin hali ham ro‘yxatdan o‘tmadingizmi ?

📌Unda shoshiling, REVO CUP dasturlash musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati:

🕖Sport dasturlash CP - 29-mart soat 19:00
🕖Kiberxavfsizlik CTF - 30-mart soat 19:00


🔗 Musobaqada qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting!

⚡️Shoshiling, vaqt oz qolmoqda!

@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥711👍1👌1👨‍💻1🤝1
Competitive Programming haqida gaplashamiz

Sport dasturlash (Competitive Programming) – bu dasturchilar o‘rtasida algoritmik masalalarni yechish bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladigan sohadir. Bu jarayonda ishtirokchilar ma’lum vaqt ichida berilgan masalalarga yechim topishlari kerak.


📌Musobaqa o‘tkazish formati:

  •  Musobaqa ikki bosqichdan iborat: saralash (onlayn) va final oflayn.
  •  Har ikki bosqichda qatnashuvchilarga 3 soat vaqt beriladi.
  •  Ishtirokchilarga umumiy 10 ta algoritmik masala beriladi.
  •  Saralash bosqichidan eng yaxshi 40 nafar ishtirokchi final bosqichiga yo‘llanma oladi.
  •  Saralash bosqichi 29-mart soat 20:00 da boshlanib, 23:00 da yakunlanadi.
  •  Final 5-aprel kuni soat 10:00 da boshlanib, 13:00 da yakunlanadi.

🏆Final bosqichi saralash kabi bir xil tarzda bo‘lib o‘tadi, farqi finalda masalalar qiyinchiligi saralashnikidan qiyinroq bo‘ladi.

🔖 Baholash me’zoni:

  •  Natijalar ACM tizimi bo‘yicha aniqlanadi: ishtirokchilar yechilgan masalalar soni bo‘yicha saralanadi va ishlagan masalalar soni teng bo‘lgan payti ishtirokchilar jarima qiymati bo‘yicha saralanadi (jarima kamligi bo‘yicha saralanadi).

P.s Jarima bu ishtirokchini ishlagan masalalari uchun ketkazgan vaqtdan kelib chiqib hisoblanadi.

🔗 Musobaqada qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting!

@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👏311
CUP’misan CUP boʻladida 🏆

REVO Global kompaniyasi “REVO DAY 2025” tadbiri doirasida IT kompaniyalar va Fintech sohasidagi jamoalar oʻrtasida sportning Futbol yoʻnalishi boʻyicha bellashuv e’lon qiladi.


Bellashuvda qatnashish istagida boʻlgan IT kompaniyalar va Fintech sohasidagi jamoalar quyidagi manzil bilan bogʻlanib roʻyxatdan oʻtishlari mumkin👇

➡️ @REVO_Global ⬅️

Bellashuv 6-aprel kuni Urganch shahrida boʻlib oʻtadi.

@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩4🔥211😁1
Kiberxavfsizlik CTF'da nimalar bo'ladi ?

Kiberxavfsizlik – bu shunchaki ma’lumotlarni himoya qilish emas, balki hujumlarni oldindan ko‘rish va ularni oldini olish san’atidir!

Shu sababli REVO CUP 2025 barcha axborot xavfsizligiga qiziquvchilarni CTF (Capture The Flag) formatidagi yirik kiberxavfsizlik musobaqasida ishtirok etishga taklif qiladi.

Musobaqa o‘tkazish formati:


- Musobaqa ikki bosqichdan iborat: saralash (onlayn kep.uz platformasida) va final (oflayn).
- Har ikki bosqichda qatnashuvchilarga 3 soat vaqt beriladi.
- Ishtirokchilar turli murakkablikdagi vazifalarni bajarib, "bayroqni qo‘lga kiritish" – maxsus kod yoki tokenni topishlari kerak.
- Saralash bosqichidan eng yaxshi 40 nafar ishtirokchi final bosqichiga yo‘llanma oladi.

Musobaqa o‘tkazilish vaqti: 


♻️Saralash bosqichi: 30-mart soat 20:00 da boshlanib, 23:00 da yakunlanadi.
🏆Final: 5-aprel kuni soat 14:00 da boshlanib, 17:00 da yakunlanadi.

📌 CTF g‘oliblari to‘plagan ballari va sarflagan vaqti bo‘yicha saralanadi.

Batafsil ma'lumot: MAQOLANI O'QISH

🔗 Musobaqada qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting!

@RevolutionGlobalLLC
1🔥4👏4🎉4
Shoshiling⚡️
Ro‘yxatdan o‘tish tugashiga oz qoldi !

📌Bugun REVO CUP dasturlash musobaqasining Sport dasturlash CP yo‘nalishi bo‘yicha saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Bellashuvga ushbu link orqali qatnashishingiz mumkin 👇
➡️kep.uz platformasi ⬅️

Saralash bosqichi kep.uz platformasida onlayn tarzda soat 20:00 da boshlanadi.
Saralash bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish, bugun soat 19:00 da yakunlanadi.


🏆Barchangizni musobaqada kutib qolamiz!

🔗 Musobaqada qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting!

@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍7🔥32🎉2
REVO Global LLC
REVO CUP Sport dasturlash CP bellashuvi boshlandi ⚡️
Natijalarni quyidagi link orqali kuzatib borishingiz mumkin👇


➡️KUZATIB BORISH ⬅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
REVO Global LLC
REVO CUP Sport dasturlash CP bellashuvi boshlandi ⚡️
STOP 🛑

REVO CUP dasturlash musobaqasining Sport dasturlash CP yo'nalishi bo'yicha saralash bosqichi o'z nihoyasiga yetdi.

Natijalar tekshirish jarayoniga o'tkazildi. (ChatGPT va turli xil AI vositalaridan foydalangan yoki masalalarni tarqatgan ishtirokchilar musobaqadan chetlashtirilishi mumkin)

Tekshiruv natijalaridan so'ng, final bosqichiga o'tuvchi top 40 nafar ishtirokchi ertaga e'lon qilinadi!

Bellashuvning tekshiruv oldi natijalarini quyidagi link orqali bilib olishingiz mumkin 👇
➡️ NATIJALAR ⬅️

Bellashuvda ishtirok etgan hammaga katta rahmat !
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7👍2🔥1🏆1
🏆 REVO CUP 2025 | Sport dasturlash saralashi natijalari!

Ishtirokchilarning tayyorgarligi juda yuqori bo‘ldi, raqobat esa nihoyatda keskin kechdi. Ko‘pchilik deyarli barcha masalalarni muvaffaqiyatli yechib, algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmalari bo‘yicha chuqur bilimga ega ekanligini isbotladi.

🔹 670 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi
3 soat ichida 10 ta murakkab masala yechildi
📈 3300+ yechim yuborildi
250+ ishtirokchi hech bo‘lmaganda bitta masalani to‘liq yechdi

🚫 Halollik muhim!
AI vositalari, tashqi yordam va yechim almashish kabi qoidabuzarliklar tufayli 40+ ishtirokchi diskvalifikatsiya qilindi.

🏅 Urganchdagi finalga yo‘llanma olgan TOP-40 ishtirokchi aniqlandi. Finalga o‘tgan ishtirokchilarini ko‘rish.

🎖 TOP-5 ishtirokchi va mukofotlar:
🥇 Timosh — 400 000 so‘m
🥈 The_Samurai — 300 000 so‘m
🥉 NarzullayevMe — 200 000 so‘m
🏅 Sunnat — 100 000 so‘m
🏅 ulugbek — 100 000 so‘m

🎗 Maxsus mukofotlar:
🌱 JahonaliX (eng yosh faol ishtirokchi) — 200 000 so‘m
👩‍💻 YarashevaRayhona (eng faol qiz ishtirokchi) — 200 000 so‘m

📊 Saralash natijalari: 👉 Batafsil

Keyingi bosqich - kiberxavfsizlik!
Bugun, 30 mart soat 20:00 da start oladi!
Barchangizni musobaqada kutib qolamiz!

🎉 Ishtirok etgan barchaga rahmat! Kelgusi bosqichlarda yanada yuqori natijalar tilaymiz! 🚀


@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏6🔥4🎉41👍1🏆1
Biz boshladik 🔥

📌Kiberxavfsizlik (Capture The Flag) yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvning saralash bosqichi boshlandi. Bellashuv kep.uz platformasida onlayn bo‘lib o‘tadi.

Bellashuvga quyidagi link orqali kirishingiz mumkin 👇

➡️START ⬅️

Reyting natijalarini bu yerdan kuzatib boring👇

➡️ONLAYN REYTING ⬅️

@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🎉2
🏆 Contest davom etmoqda! 🏆

🔹 Umumiy davomiylik: 4 soat

📌 Baholash ballari (masalalar kesimida):
A – 400 (-1)
B – 399 (-1)
C – 700 (-2)
D – 699 (-2)
E – 1500 (-5)
F – 699 (-2)
G – 398 (-1)
H – 397 (-1)
I – 1000 (-3)
J – 999 (-3)
K – 1500 (-5)

🔹 Baholash tartibi:
Har bir masalaning boshlang‘ich balli oldindan belgilangan.
Masalani birinchi bo‘lib yechgan ishtirokchi maksimal ballni oladi.
Undan keyin yechim topshirgan har bir qatnashuvchining ballari baholash ballarida masala yonidagi balning qavs ichida berilgan miqdorga kamayib boradi.

Ushbu qoida barcha masalalar uchun amal qiladi.

📌 Masalan:
Masala A: 400 (-1) → Birinchi yechgan 400, keyingisi 399, undan keyingisi 398…

Masala F: 700 (-2) → Birinchi yechgan 700, keyingisi 698, undan keyingisi 696…

Masala K: 1500 (-5) → Birinchi yechgan 1500, keyingisi 1495, undan keyingisi 1490…

🚀 Contest davom etmoqda! Ishtirokchilarga omad! 🔥


Reyting natijalarini bu yerdan kuzatib boring👇
➡️ONLAYN REYTING ⬅️

@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1
Forwarded from KEP.uz Channel
STOP 🛑

REVO CUP cf musobaqasining CTF yo'nalishi bo'yicha saralash bosqichi o'z nihoyasiga yetdi.

Natijalar tekshirish jarayoniga o'tkazildi (Javoblarni bir-biriga tarqatish holatlari ko'rib chiqiladi).

Tekshiruv natijalaridan so'ng, final bosqichiga o'tuvchi top 40 nafar ishtirokchi ertaga e'lon qilinadi!

Musobaqaning tekshiruv oldi natijalarini quyidagi link orqali bilib olishingiz mumkin 👇
➡️ NATIJALAR ⬅️

Musobaqada ishtirok etgan hammaga katta rahmat !

P.S. Javoblarni bir-biriga qay tarzda tarqatilganligi bir-nechta parametr orqali bilib olsa bo'ladi. Natijalarda bu narsa yaqqol ko'rinib turibdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻8😁6👍2🔥21
🏆 REVO CUP 2025 | Kiberxavfsizlik CTF saralashi natijalari!

Ishtirokchilarning tayyorgarligi juda yuqori bo‘ldi, raqobat esa nihoyatda keskin kechdi. Ko‘pchilik deyarli barcha topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarib, CTF bo‘yicha chuqur bilimga ega ekanligini isbotladi.

🔹 350 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi
4 soat ichida 11 ta murakkab topshiriq bajarib "Flag" topish vazifasi berildi
📈 1440+ yechim yuborildi
100+ ishtirokchi hech bo‘lmaganda bitta masalani to‘liq yechdi

🚫 Halollik muhim!
Javoblarni bir-biriga tarqatish holatlari bir-nechta parametrlar orqali tekshirib 15+ ishtirokchi diskvalifikatsiya qilindi.

🏅 Urganchdagi finalga yo‘llanma olgan TOP-40 ishtirokchi aniqlandi. Finalga o‘tgan ishtirokchilarini ko‘rish.

🎖 TOP-5 ishtirokchi va mukofotlar:
🥇 Quvonchbek — 400 000 so‘m
🥈 FR13ND5 — 300 000 so‘m
🥉 prvtjony — 200 000 so‘m
🏅 CyberTron — 100 000 so‘m
🏅 palvanovboltaboy — 100 000 so‘m

🎗 Maxsus mukofotlar:
🌱 JahonaliX (eng yosh faol ishtirokchi) — 200 000 so‘m
👩‍💻 ZebinisoIbadullayeva (eng faol qiz ishtirokchi) — 200 000 so‘m

📊 Saralash natijalari: 👉 Batafsil

🎉 Ishtirok etgan barchaga rahmat! Kelgusi bosqichlarda yanada yuqori natijalar tilaymiz! 🚀


@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉10🔥7👏4👍21🏆1
🗓REVO DAY tadbirining kun tartibi

REVO Global kompaniyasining 5 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan REVO DAY 2025 tadbiri doirasida quyidagilar bo‘lib o‘tadi:

• 09:00 da ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi; 
( shaxsni tasdiqlovchi hujjat, pasport bilan kelish shart )

• 09:30 da mutaxassislar tomonidan MeetUp’lar;

( StartUp’larni g‘oyadan mijozgacha bo‘lgan qadamlar tahlili )

• 10:00 da Sport dasturlash CP final bosqichi;

• 13:00 dan 14:00 gacha tushlik;

• 14:00 da mutaxassislar tomonidan MeetUp’lar;
( Kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspert chiqishlari va interaktiv master-klasslar )

• 14:30 da Kiberxavfsizlik CTF final bosqichi;

• 17:00 da mutaxassislar tomonidan MeetUp’lar;
( TOP menejer va biznesmenlar tomonidan biznes rivojlanishi va avtomatlashtirishga doir maslahatlar )

• 17:30 da g‘oliblarni taqdirlash marosimi.

Barcha IT olami vakillari va biznes egalarini 2025-yilning 5-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan ushbu REVO DAY tadbirida kutib qolamiz.


🕛 5-aprel, soat 09:00 da
📍 Manzil: Urganch shahar IT park binosi

📃Ro'yxatdan o'tishni unutmang👇
➡️ RO'YXATDAN O'TISH ⬅️

@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥12🏆3😎3👍1