Respublika bolalar kutubxonasi/Rasmiy
3.91K subscribers
6.17K photos
748 videos
12 files
2.77K links
Download Telegram
KITOB YARMARKASI

📚Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 21-umumta'lim maktabida bolalar uchun "Kitobsevar millat" shiori ostida kitoblar aksiyasi o'tkazildi.

📶Ushbu yarmarkada ota-onalar, o'qituvchilar, o'quvchilar faol ishtirok etishib, o‘zlariga yoqqan kitoblarni harid qildilar.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_ijodkor_bolalar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan kutubxonaning "Ijodkor bolalar" to‘garagi a'zolari ishtirokida rus yozuvchisi, dramaturg, jamoat arbobi Sergey Mixalkov tavalludi munosabati bilan onlayn she’riyat kechasi o‘tkazildi.

📃Ushbu she'riyat kechasida rus shoiri Sergey Mixalkovning ijodi haqida gapirilib, she'riyat kechasi mehmoni bolalar shoirasi Barno Rajabova va ijodkor o‘quvchilar o‘zlari yozgan she'rlaridan namunalar o‘qishdi.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

📙Tokioning Jimbotyo tumanida hamma narsa kitobga bag‘ishlangan kvartal bor ekan: hatto xiyobonlar ham kitob javonlari bilan qoplangan, turar-joy binolarining birinchi qavatlarida kofe ichib kitob o‘qishga mo'ljallangan kafelar joylashgan.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗓Bugun 15-mart, chorshanba.

Assalomu alaykum, qadrdonlar! Agar nimanidir o‘rganishni yoki hayotingizga rang-baranglik olib kirishni istasangiz, buni ertaga emas, hoziroq boshlang. Chunki vaqt juda tez o‘tmoqda, judayam tez...Kunning barokati va fayzi sizga bo‘lsin!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️ 5️⃣5️⃣5️⃣

➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi yosh avlodda Vatanga nisbatan muhabbat, uni asrab avaylash va Vatan oldidagi muqaddas burchini eslatib, ular qalbida shukronalik hissini kuchaytirish maqsadida “VATAN MANZUMASI” nomi ostida ko‘rik-tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi.

⚡️Mazkur tanlov 2023-yilning 20-martidan 26-martiga qadar Respublika bolalar kutubxonasining “Yosh kitobxon” telegram sahifasida umumiy o‘rta ta'lim maktabining ijodkor o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

⚡️Tanlov tartibi:
Ishtirokchilar o‘zlari yozgan Vatanni madh etuvchi so‘zlardan iborat she‘rlarini yoddan o‘qigan holda, davomiyligi 1daqiqadan, hajmi esa 10 mbdan oshmagan videorolik tayyorlab @rbk_admin1 va @rbk_admin2 manziliga yuborishlari kerak bo‘ladi.

Tanlovda qatnashish uchun Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasiga ulanish lozim.

🎉Ushbu ko‘rik-tanlovda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💫Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi va Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida yaqinlashib kelayotgan “Navro‘z - umumxalq bayrami”ga bag‘ishlab, “Bahor - she’riyatda” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔴Ushbu tadbirda Toshkent shahridagi 12 ta tuman maktablaridan ijodkor o‘quvchilar, ustozlar va kutubxonachilar qatnashdilar.

⚡️Tadbirni Toshkent shahar  maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi sho‘ba mudiri Dilorom Yusupova kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘quvchilar bahor va navro‘z haqida o‘z ijodlaridan namunalar o‘qishib, monologlar, sahna ko‘rinishi va raqslar ijro etishdi.

🎼Estrada yulduzi Sanjar Usmonov o‘z kuy va qo‘shiqlari bilan tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bo‘g‘ishladi.

📄Tadbir so‘nggida ijodkor o‘quvchilarga Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_tavalludining_82_yilligi

BOBUR

Men-ku, oddiy odam,
Shundoq boʻlsa ham
Shukr, bas, degancha gʻanimlarim bor.
Shart emas ularga taʼrif chinakam,
Biri jununsifat, birovi hushyor.

Biroviga yoqmas jindek jurʼatim,
Biroviga yoqmas men yurgan yoʻlak.
Nogoh biror joyda chiqsa suvratim
Biri uxlay olmay qiynalsa kerak.

Biz shunday oʻtamiz,
Yaʼni kun koʻrib...
Maydagina kuchsiz, maydagina zoʻr.
Hayotning mana shu burjidan turib,
Men Sizni oʻyladim, hazrati Bobur.

Siz — zobit, dastini choʻzgan dunyoga,
Siz — shoir, mangu bir alanga yoqqan.
Nainki bandalar, Sizning siymoga
Ne-ne saltanatlar kek bilan boqqan.

Bahodirlik ichra yor Sizga Humoy,
Siz ulugʻ zotlarning izin bosgan er.
Nazmiy sajdagohda Sizga, hoynahoy,
Imomlikka oʻtgay faqat Alisher.

Ha, yolgʻiz sheʼr qoldi, boshqasi, abas,
Yetti iqlim aro doston naqlingiz.
Ne baxt, parchin boʻlib toj degan qafas,
Bizga yetib keldi olmos aqlingiz.

Ayting, ne topdingiz Siz kezib dunyo,
Hanuz boqisharlar shoʻrishga toʻlib.
Shoirsiz, yaxshisi, qolingiz, Mirzo,
Mushfiq yurtingizda bir shoir boʻlib.

✍️Abdulla Oripov

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🪟Kitob o‘qish – inson tafakkurining ozuqasidir. Ushbu suratda Chilonzor bozoridagi bukinistik kitobdorlar.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM