Toshkentdan gapiramiz...
31.4K subscribers
5.69K photos
3.02K videos
6 files
5.32K links
🌐 Eng sara media materiallar
📲 Yangiliklar
📚 Foydali maʼlumotlar
Bizning instagram sahifamiz:https: //www.instagram.com/shosh_media?igsh=MW95ejBkbjFvY25zMA==

Reklama va hamkorlik uchun: @RMMMTshB1
Download Telegram
⛔️ Muhim!

Olmazor tumanida yo’l ta’mirlash ishlari sababli Kichik halqa avtomobil yo'lining Qorasaroy chorahasidan Talabalar ko'chasigacha, Keles avtomоbil yo'lining Qoraqamish ko'chasi chorahasidan Nurafshon aylanma koʻchasigacha bo'lgan qismi 29-sentyabr kuni 07:30 dan 17:00 gacha avtomobillar harakati uchun yopiladi.


👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
👍1🔥1
IQTIBOS

“Xatolarga to‘la hayot, garchi hurmatga sazovor bo‘lmasa ham, hech bir urinishsiz va xatolarsiz yashalgan umrdan afzalroq. ”
Jorj Bernard Shou


👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
🔥3👍2
#qayerga_boramiz

Yurtimizdagi teatrlarning 29-sentyabr, yakshanba kungi repertuari bilan tanishing:

O‘zbek Milliy Akademik drama teatri
Nomi: "Arshin Mal Alan"
Vaqti: 18:00

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatri
Nomi: "Aqldan ozish hech gapmas"
Vaqti: 18:00

O‘zbekiston Davlat musiqali komediya (operetta) teatri
Nomi: "Aladdin" ertak "Moya prekrasnaya ledi"
Vaqti: 11:00 - 17:30

O‘zbekiston Davlat yosh tomoshabinlar teatri
Nomi: "Zolushka"
Vaqti: 12:00

O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: "Alvon gul yoki Sohibjamol va maxluq" rus / o‘zbek tilida
Vaqti: 11:00 - 13:00

"Diydor" yoshlar eksperimental teatr-studiyasi
Nomi: "Masxarabozlar ishi"
Vaqti: 17:00


👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
👍311🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tarbiya

Aka-uka...

👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
👍5🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustoz_va_murabbiylar_kuni_uchun

MINNATDORLIK HISSI

👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
🔥61👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Olmazorda yangi “Yoshlar markazi” ochildi.

👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
👍21🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi.

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
🔥4👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌞🌞🌞🌞XAYRLI TONG

Assalomu alaykum! Dushanba tonggi muborak bo'lsin!

Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin!
Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
🔥4👍1👏1
IQTIBOS

🖇 Kitobdan emas, kitobsizlikdan qo‘rqing. Kitob istiqbolga yo‘llangan maktubdir… Bashang kiyingan hayajon, mumiyolangan tafakkur…
✍️ Jemil Merich

👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
👍4🔥1🥰1👏1
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi hamda soha vakillari bilan ta’limda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan muloqot o‘tkazadi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari yangidan tashkil etilgan Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.

👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
👍411🆒1
Bugun ta’lim va tarbiya sohasidagi barcha o‘zgarishlar markazida bilimdon, ijodkor, vatanparvar va jonkuyar muallim shaxsi turishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Aks holda sohaga yo‘naltirayotgan shuncha mablag‘, qurilayotgan bino va inshootlar, moddiy-texnik baza havoga sovurilgandek bekorga ketishi qayd etildi.

“Biz bunga hech qachon yo‘l qo‘ymasligimiz lozim. Davlatning, xalqning peshona teri bilan topgan boyligi, birinchi navbatda, yosh avlod tarbiyasi uchun, kelajagimiz uchun ishlashi shart”,

- dedi Prezident.

👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
👍21🔥1👏1
O‘tgan davrda ilgari e’tibordan chetda qolgan yo‘nalishlar, xususan, pedagogik ta’limga, uning ilmiy, nazariy va amaliy asoslariga e’tibor kuchaytirildi.

Kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish uchun oliygohlarda sirtqi ta’lim shakli tiklandi.

O‘qituvchilarga mahorati va erishgan yutuqlariga qarab to‘lanadigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirildi.

O‘z ustida astoydil ishlagan, xorijiy sertifikat olgan 6 ming o‘qituvchi 10 million so‘mdan ziyod maosh olmoqda. 2020-yilda bunday o‘qituvchilar 102 nafar bo‘lgan.

Albatta, bu hali yetarli emasligi, lekin ushbu raqam keyingi ikki yilda 5,3 barobar oshgani ta’kidlandi.

👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
👍41🔥1
Abdulla Avloniy nomidagi institut pedagoglarda kasb mahoratini oshirishga mas’ul bo‘lishi belgilandi.

Institutning 12 ta hududiy markazini zamonaviy qiyofaga keltirish va jihozlash uchun yaqin 3 yilda byudjetdan har yili 50 milliard so‘m ajratiladi.

Hokimlarga joylardagi barcha malaka oshirish markazlarini zamonaviy qiyofaga keltirish topshirildi.

Malaka oshirishda vazirlik, malaka oshirish markazi, maktab va bog‘chani bog‘laydigan vertikal tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, joylarda 1 ming 300 ta tayanch maktab va 200 ta bog‘cha tanlab olinib, ulardagi yetakchi o‘qituvchilar yosh pedagoglar uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati”ni tashkil etadi.

Buning uchun yetakchi o‘qituvchilarning ish haqiga 20 foiz ustama qo‘shiladi.

👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
👍4🥰2🔥1👏1
Muallimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish albatta davom ettirilishi ta’kidlandi.

Kelgusi o‘quv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yo‘lga qo‘yiladi.

Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qo‘shimcha 70 foiz ustama oladi.

Misol uchun, oliy toifali biologiya o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha xalqaro sertifikati bo‘lsa – 50 foiz, direktor jamg‘armasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi.


Shu tariqa uning umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming so‘mdan 12 million so‘mga yetadi.

O‘qituvchilar uchun 1 ming dollar maosh bugun real hodisaga aylanib borayotganini shu misolda yaqqol ko‘rish mumkin.

👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
👍5👏21💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi o‘qituvchilarga ham uy-joy sovg‘a qilinadi

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkaziladi va unda ishtirok etib 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida uy-joy beriladi.

👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
👍41🔥1👏1
Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar tajribasi ommalashtiriladi.

Ushbu yo‘nalishda yana 1 mingta umumta’lim muassasasida Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablardagi baholash tizimini joriy etish boshlandi.

Lekin, ularning 300 tasida moddiy-texnik baza talabga mutlaqo javob bermaydi.

Tuman va shahar hokimlariga har haftada maktablardan xabar olish, kamchiliklarni bartaraf etish, muallimlar bilan yaqindan suhbat qurib, mavjud muammolarni hal etish ishlarini kuchaytirish topshirildi.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari oldiga yangi baholash tizimi tatbiq qilinayotgan, lekin ta’mirga muhtoj 300 ta maktabni joriy ta’mirlash va jihozlash ishlarini olti oy muddatda yakunlash vazifasi qo‘yildi.


Bundan buyon hududlarning birinchi rahbarlari faoliyatiga baho berishda ta’limning sifati, maktablardagi sharoit, o‘qituvchilarning qadr-qimmati asosiy mezonlardan biri bo‘lishi belgilandi.

👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
👍51🔥1👏1
Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi. Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.

Rag‘batlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi.

Bunda nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medal olgan o‘quvchiga – 170 million so‘m, kumush medalga – 102 million so‘m, bronza medal uchun – 68 million so‘m mukofot puli beriladi.

Shu bilan birga, ana shu o‘quvchilarning o‘qituvchilari 50 milliondan 150 million so‘mgacha mukofotlanib, ularga bir yilda 100 foizlik ustama olish imkoni yaratiladi.


Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar jamoasi rahbarlarini ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan farzandlarimizni tantanali kutib olib, ularni ham qahramonlar sifatida e’zozlab, xalqimizga tanitish zarurligi ta’kidlandi.

👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
👏3👍21🔥1