Qashqadaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar
636 subscribers
6.96K photos
308 videos
16 files
1.44K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Qashqadaryo viloyati Prezident, ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari rasmiy kanali.
Download Telegram
#Viloyat_hokimi_kubogi_uchun_Shaxmat_turniri"

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Omonova Madina viloyat hokimi kubogi uchun  "Shaxmat turniri"ning sektor bosqichida faxrli 2-o'rinni egalladi .

Ma'lumot uchun: Viloyat hokimining 2024-yil 24-avgustdagi "Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional hamda oliy taʼlim muassasalarining oʻquvchi-talabalari va professor oʻqituvchilari oʻrtasida viloyat hokimi kubogi uchun “Shaxmat turniri”ni tashkil etish toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilingan edi. 🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🧑‍🎓FAOLIYATIMIZ👩‍🏫
🏢IMA tizimidagi Kitob tuman Ixtisoslashtirilgan maktab-internati🏢
YOSH AKADEMIKLAR KLUBI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 1-apreldagi PF-55-son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Ózbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi buyruği asosida maktab- internatimizda "Yosh akademiklar" klubi tashkil qilindi. Klub a'zolari va ishchi guruhni klub rahbari G.Husanova klub ichki tartib qoidalari bilan tanishtirib ótdi.
Klub aʼzolariga kelajakda buyuk akademiklar bólib yetishishlarini tilab qolamiz
@piima_kitob
#MUBORAK_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI

❇️ Bizning shunday ustozlarimiz bor.

⚜️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muborak tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rus tili fani o'qituvchisi Ashurov Ilg'or Rashidovich xalqaro  ТРКИ-III/C1 sertifikatini qo'lga kiritdi.

Ilg'or Rashidovichni yutuqlar bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz.

📡 Muborak tuman ixtisoslashtirilgan maktab matbuot xizmati.

📲🌐 Muborak tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
https://t.iss.one/muboraktumanixtisoslashganmaktab
Forwarded from Chiroqchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📚 (Рахматова Дилором Эргашевна)
📚FAOLIYATIMIZ📚
🏢IMA tizimidagi Chiroqchi tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
#psixologik_trening
Maktab amaliyotchi psixologi G.Elboyeva yangi tashkil etilgan 5-aniq sinf o'quvchilari ishtirokida "🤗Tanishuv" treningi tashkil etdi. Bundan ko'zlangan maqsad o'quvchilarni jamoa qilib shakllantirish.
📸Jarayondan lavhalar.
💻maktab matbuot xizmati
👉t.iss.one/chixtisoslashtirilgan
Forwarded from Chiroqchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📚 (Рахматова Дилором Эргашевна)
📚FAOLIYATIMIZ📚
🏢IMA tizimidagi Chiroqchi tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
#amaliy_to'garak
5️⃣TASHABBUS AMALDA
O'quvchilarning san'atning rasm turiga bo'lga qiziqishini oshirish maqsadida  maktabimizda  "🎨Yosh qalamkashlar" to'garagi faoliyat yuritadi.
👩🏻‍🏫to'garak rahbari: I-toifali rasm chizmachilik fani o'qituvchisi Beknazarova Nigora
💻maktab matbuot xizmati
👉t.iss.one/chixtisoslashtirilgan
#hududlardan_xabarlar

Qarshi, Nurafshon shahridagi Prezident maktablari, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablari oʻquvchilari hududlardagi tarixiy va madaniy yodgorliklar, muzeylarga sayohat qildi.

Fargʻona shahridagi Prezident maktabida toʻgaraklar taqdimoti
oʻtkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB bilan hamkorlikda "Diqqat piyoda!" nomli profilaktik tadbir
tashkil etildi.

Xiva, Jizzax, Termiz shahridagi Prezident maktablari, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yangi qabul qilingan o‘quvchilarni maktab hayotiga moslashtirish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida psixologik treninglar o‘tkazildi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan maktab, Shayxontohur, Boʻstonliq tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari xalqaro IELTS sertifikatiga ega boʻldi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya bilan hamkorlikda chavandozlik boʻyicha mahorat darslari
oʻtkazildi.

Toshkent, Navoiy shahridagi Prezident maktablari, Halima Xudoyberdiyeva, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablari, Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida sport musobaqalari tashkil etildi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi, Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari xalqaro SAT sertifikatiga ega boʻldi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida “Erkin Vohidov ijodi bilimdoni” mavzusida olimpiada
oʻtkazildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida adabiy uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamkorligida “Ajiniyoz asarlari bilimdoni”
mavzusida qoraqalpoq tili va adabiyoti fan olimpiadasi oʻtkazimoqda.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan “She’ryurak” adabiy tanlovi uchun videokasting
eʼlon qilindi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida yangi qabul qilingan oʻquvchilar "Ilm sari ilk qadam" loyihasiga
jalb etildi.

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Orifjon Siddiqjonov sportning muay - tay turi boʻyicha oʻtkazilgan Toshkent shahar chempionatida
gʻolib boʻldi.

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Qurolli Kuchlar akademiyasi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik mavzusida muloqot
tashkil etildi.

Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining yuqori sinf oʻquvchilari uchun kasbiy sayohat
uyushtirildi.

Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi kitoblar taqdimoti
oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube