Qashqadaryo kadastr_press
2.78K subscribers
11.2K photos
1.57K videos
4 files
6.3K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Kadastr idoralarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda

Sohada xodimlar orasida poraxo'rlik va korrupsion jinoyatlarning oldini olish, ularning bu boradagi huquqiy madaniyatini rivojlantirish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining Komplayens nazorati mutasaddilari boshchiligida muntazam targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.

Qarshi tuman filialida o'tkazilgan tadbirda ishtirokchilarning diqqat eʼtibori, mehnat intizomiga rioya qilish, murojaatchilarga xushmuomalada bo‘lish, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish,  korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratildi.

Unda barcha xodimlar o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol bajarishlari, aholi va tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatishlari, hushyor bo‘lib turli nopok kimsalarning aldoviga uchmasliklari yana bir bor tushuntirildi.

KANALGA ULANISH—@Qashkadastrpress
#ayni_damda #matbuot_anjumani

🟢 Ayni damda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida 👍Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarma boshliqlari ishtirokida matbuot anjumani boshlandi.

➡️Mavzu: “Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar”

📲Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

TOMOSHA QILISH—https://fb.watch/jaKoHVbI_a/
Qashqadaryo kadastr_press
O‘zbekistonda 11- mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi 📋 Hukumat farmoyishiga (91-F, 04.03.2023 y.) asosan Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini…
Umumxalq xayriya hashari 18-mart kuni o‘tkaziladi

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida 2023 yil 11-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi haqida avval xabar berilgan edi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hashari Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 2023 yil 11-martdan 18-martga ko‘chirildi.

@Qashkadastrpress
Qashqadaryoda bir hafta ichida kadastrga doir 70 ga yaqin murojaatlar ijobiy hal etildi. Eng kam murojaatlar kelayotgan hududlar uchligi o'zgarishsiz qoldi

Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning filiallariga 6-11- mart kunlarida jami 143 ta murojaatlar kelib tushgan.

"Murojaatlarning 68 tasi kadastr xodimlari tomonidan ijobiy hal etilgan"— deydi Umumiy bo'lim boshlig'i Umarjon Oripov.

Qayd etilishicha, viloyat boshqarmasiga 57 ta murojaatlar kelgan.

Murojaatlar asosan yer ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, SO’ROVNOMALAR va nizoli masalalar yuzasidan bo'lgan.

Qarshi, Shahrisabz, Kitob tumanlari hamda Qarshi shahridan kelayotgan murojaatlar boshqa hududlarga nisbatan sezilarli ko'p.

Murojaatlar kam bo'layotgan hududlar uchligi ushbu haftada ham deyarli o'zgarishsiz qoldi. Kasbi, Muborak va Mirishkor tumanlari (2 tadan)


kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YERLAR FAQAT AUKSION ORQALI SOTILADI YOKI IJARAGA BERILADI

❗️Yer
sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang, firibgarlarga aldanib qolmang!

kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
BINO VA INSHOOTLAR KADASTRI

🏘Barcha huquqiy idoralar va jismoniy shaxslarga mansub bo‘lgan binolar va inshootlar davlat hisobiga olinib, kadastr ro‘yxatiga kiritiladi.

🧾 Bino va inshootlar kadastri - huquqiy kuchga ega bo‘lgan hujjatdir.

kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
#Kadastr #bilasizmi #qashqadaryo

Qashqadaryo viloyatida 2022-yil 1-yanvar holatida jismoniy va yuridik shaxlar egaligida bo'lgan turar-joy obyektlari soni va turi to'g'risida ma'lumotga egamisiz?

➡️ Batafsil infografikada

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Boysun—Denov yo‘nalishidagi yo‘llar sifati bo‘yicha odamlardan tushayotgan e’tirozlarni inobatga olib, Surxondaryo yo‘llarida o‘zi avtomobil haydab ko‘rdi

kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Bino inshootlarga beriladigan kadastr raqami qanday ma'nolarni anglatishini bilasizmi ?

Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:

АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda,
АА - viloyat raqami;
ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
СС - kadastr zonasi raqami;
DD - kadastr massivi raqami;
ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
FFFF - yer uchastkasi raqami;
GGGG - bino, inshoot raqami;
ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.

Eslatma

❗️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
#kadastr #matbuot_anjuman

🟥🟥🟥🟥🟥🟥

📆 17-mart kuni Soat: 15:00 da

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida
🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari boshliqlari ishtirokida matbuot anjuman bo‘lib o‘tadi.

🟢 Mavzu: Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmalari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to'g'risida".

⭕️ Matbuot anjumanga Ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MINI FUTBOL. Qashqadaryoda kadastr kubogi musobaqasi o'tkazilmoqda.

🏆 Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining  tuman(shahar) filiallarida faoliyat olib borayotgan kadastr xodimlari o'rtasida mini futbol musobaqasi o'tkazilmoqda.

Bugun musobaqani ikkinchi kunidagi bahslar o'tkazildi. O'zaro uchrashuvlar natijasida raqiblariga imkon qoldirmagan Qarshi shahri, Chiroqchi, Muborak, Qarshi tuman filiallari yarim finalgacha yetib kelishdi.

18-mart kuni Chiroqchi tumani filiali Qarshi tumani kadastrchilariga qarshi  maydonga tushsa, Qarshi shahri filiali yigitlari muboraklik hamkasblariga qarshi final yo'lida kurash olib borishadi.

🥇🏆FINAL 18-mart kuni 18-00 da bo'lib o'tadi.

kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Matbuot anjumani

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarma boshliqlari ishtirokida matbuot anjumani boshlandi.

Mavzu: “Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmalari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar”

Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

Tomosha qilish https://fb.watch/jjZP_0KW8u/

kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
"Kadastr inspektori yerning haqiqiy qo'riqchisi bo'lishi kerak". Jasur Usmonov 2022-yilda Qashqadaryoda yer nazorati sohasida amalga oshirilgan asosiy ishlar haqida ma'lumot berdi

Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 1934 ta holatda 1720,7 gektar yer maydonida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Ko'rilgan chora-tadbirlar, tushuntirish ishlari natijasida 1484,5 gektardagi 1025 ta qonunbuzarliklar (86,3%)i bartaraf etildi.

" Yer-umummilliy boyligimiz uni asrab avaylash, kelajak avlodga bo's-butun holda yetkazish har birimizning vazifamizdir. " — dedi Boshqarma boshlig'i Jasur Usmonov Milliy matbuot markazida o'tkazilayotgan tadbirda.

kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
"Yerlarning hisobini elektron holda yuritish shaffoflikni ta'minlaydi"— G'ayrat Hamroyev

Milliy matbuot markazida o'tkazilgan matbuot anjumanida Qashqadaryoda kadastr sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berilmoqda.

"Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va uning tuman,(shahar) filiallari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida 2022-yilda viloyatning mavjud 2,9 mln gektarga yaqin yer maydonlaridan 2,5 mln gektari milliy geoaxborot tizimi “Uzkad” yagona integratsiyalashgan dasturida aks ettirildi deydi "— Boshqarma boshlig'i G'ayrat Hamroyev.

Ta'kidlanishicha, “Uzkad” dasturida esa, yer maydonlarining bo‘linishi, chegaralari va yerga oid barcha ma’lumotlar elektron xaritalarda shakllantirilganligi, barcha yerdan foydalanuvchilarning huquqlari kafolatlanganligi, yer va mulk soliqlarining hisoblanishi va to‘lanishida shaffoflikni ta’minlaydi.

kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
▪️Matbuot anjumanidan▪️

▶️ 2022-yil davomida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman,(shahar) filiallari tomonidan viloyatning mavjud 2,9 mln. gektarga yaqin yer maydonlaridan 2,5 mln. gektari milliy geoaxborot tizmi yoki “UzKAD” yagona integratsiyalashgan dasturida aks ettirildi.

◼️ Ko‘chmas mulklarga kadastr pasportlarini shakllantirish yuzasidan 2022-yil davomida Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali My.gov.uz sayti orqali jami 48,1 ming ta arizalar kelib tushgan bo‘lib, bunda o‘tgan 2021 yilga nisbatan arizalar soni 11, 4 mingtaga oshganini, shuningdek Yer va bino inshootlarga bo‘lgan huqularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan 60,3 ming ta arizalar kelib tushgan bo‘lib, bunda o‘tgan 2021 yilga nisbatan 14,0 mingtaga oshganligini ko‘rish mumkin.

G‘ayrat Hamroyev
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #matbuot_anjuman

🟣 Koson tumani "Turon” hududidagi 1115 gektar yaylov yer maydonlarini 83 nafar fuqarolar yillar davomida hech qanday hujjatsiz o‘zboshimchalik bilan egallab, asosan chorva mollarini boqib noqonuniy foydalanib kelishmoqda edi.

Bu masala yuzasidan viloyat hokimi joyida xalq bilan uchrashib, Qonunbuzilish holatlarining oqibatlari to‘g‘ri tushuntirilishi, kelajakda dehqon xo‘jaligi tashkil etib, ularga bir qator imkoniyatlar yaratilishi tushuntirilgandan so‘ng, fuqarolarimiz tomonidan yer maydonlari qaytarildi va mazkur zaxiradagi yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, 1200 dan ortiq lotlarga bo‘lib loyihalashtirildi.

🗣Eng quvonarlisi, shu kungacha yerdan noqonuniy foydalanib kelgan fuqarolar va ularning mingdan ortiq qishloqdoshlari yer maydonlarini e-auksion.uz platformasi orqali yutib olishdi va o‘zlari yerning haqiqiy egasi aylanishdi.

🌟 Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Jasur Usmonov

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM