Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.53K videos
4 files
6.09K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
▫️Chiroqchida sayyor qabul▫️

⚡️ Ayni dam, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Ahmadjon Suyunov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

💠 Uchrashuvga yig‘ilgan Chiroqchi tumani fuqaro hamda tadbirkorlarining kadastrga oid masalalari tizim mutaxassislari tomonidan birma-bir o'rganilmoqda.

▫️Sayyor qabul natijalari haqida yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#брифинг

☑️ 2023-2025 йилларда Ўзбекистон ҳудудида Миллий координаталар тизими жорий этилади

Бу ҳақда бугун АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов маълум қилди:

〰️〰️〰️
Президент қарори билан 2023-2026 йилларда Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги органлари ва ташкилотлари фаолиятининг асосий прогноз кўрсаткичлари тасдиқланди:

🔘 25 млн 169 минг гектар ер участкаларини ўлчаш ва уларнинг электрон хариталарини яратиш;

🔘 8 млн 200 мингдан ортиқ бино ва иншоотларни ўлчаш ва уларнинг электрон базасини яратиш;

🔘 9 370 та маҳалла чегараларини белгилаш;

🔘 111 та тумандаги ер ресурсларини хатловдан ўтказиш;

🔘 1 665 та маъмурий-ҳудудий бирликлар чегараларини белгилаш кабилар шулар жумласидан.

🛰 Карор билан, шунингдек, фазовий маълумотлар соҳасида қабул қилинадиган стандартлар рўйхати ҳам тасдиқланди.

2023 йил 1 январдан бошлаб Кадастр агентлигининг ҳудудий бўлимлари, Давлат кадастрлари палатаси ҳудудий бошқармалари ва туман (шаҳар) филиалларининг қонуний фаолиятига маҳаллий давлат ҳокимияти органлари томонидан аралашиш ёки таъсир ўтказиш қатъий тақиқланади.

Қарор билан қуйидаги ишларни бажариш белгиланди:

🔸Геодезия ва картография соҳасида қўлланиладиган ўлчаш воситаларини қиёслаш ва калибрлаш ишларини ташкил этиш;

🔸2023-2025 йилларда Ўзбекистон ҳудудида Миллий координаталар тизимини жорий этиш; Давлат координаталар тизимидан (СК-42) Бутунжаҳон координаталар тизимига (WGS-84) ўтиш параметрларини ишлаб чиқиш.

📄 Батафсил
〰️〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️Rasmiy munosabat▫️

⚡️IJTIMOIY TARMOQLARDA AYLANAYOTGAN "10400 AQSH DOLLARI" HAQIDA ANIQROQ

Bugun kunning ikkinchi yarmida deyarli barcha ijtimoiy tarmoq kanallarida "Kadastr muhandisi 10.400 AQSh dollari bilan ushlandi" degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Aslida 10400 Aqsh dollarini kim olgan?

Demak, joriy yil 21 oktabr kuni fuqaro Sh.Ya. Toshkent viloyat IIBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida "Ibroxim" ismli shaxs Yangiyo‘l tumani Xalqobod maxallasi hududidagi “U.Yusupov” nomli agrofirmaga qarashli 32 sotix yer maydonini jami 29.000 AQSh dollariga sotishligini va ushbu yer maydonini Yangiyo‘l tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishi orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 2.400 AQSh dollari berish kerakligini, shundan "avans" sifatida oldindan kadastr xodimi 400 AQSh dollari va yer maydoni egasi "Ibroxim" ismli shaxs 10.000 AQSh dollari talab qilishayotganligini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida "Ibroxim" deya aytilayoigan fuqaro I.A kelishilgan summadan "avans" sifatida 10.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida, kadastr muhandisi esa 400 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Lekin, ijtimoiy tarmoq sahifalar sarlavhalarida esa "kadastr muhandisi" iborasi birinchi planga qo‘yilib, 10.400 AQSh dollari olganligiga urg‘u berilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq egalaridan har bir ma’lumotni yaxshi o‘rgangan holda omma e’tiboriga havola etishlarini so‘rardik, zero birgina yuzaki o‘rganilgan xabar ortidan nafaqat bir insonning balki butun bir tashkilotning nomi qoralanayotganini anglash lozim.

📌 Biz bu rasmiy munosabat orqali xodim tomonidan qilingan noqonuniy harakatni oqlamoqchi emasmiz, aksincha qonun ustuvorligi ta’minlanishi tarafdorimiz. OAVlar va blogerlardan esa ma’lumotni noto‘g‘ri tarqatmasliklarini so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Қашқадарё вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам социально-экономического развития Кашкадарьинской области.

#Mirziyoyev #videoselektor #Qashqadaryo #hisobot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ahmadjon Suyunov Qashqadaryodagi ikkinchi sayyor qabulini Chiroqchi tumanida o'tkazdi.

Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari boshchiligida Chiroqchi tumanida aholining kadastrga doir muammolariga e'tibor qaratildi.

SAYYOR QABULDA

🔹Kadastr hujjatini rasmiylashtirish,

🔹Yer uchastkasiga egalik huquqini olish,

🔹Tadbirkorlik uchun yer uchastkasini auksionga chiqarish,

🔹Kadastr raqamini olish kabi masalalar yuzasidan 20 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinib, ijroga qaratildi.

Shuningdek, tadbirda kadastr sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikda kiritilayotgan o‘zgartirishlar va sohadagi yangiliklar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
ISHONCH TELEFONLARI

◽️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;

🔹O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – (71) 239-86-50, (71) 239-81-14;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74

🔹O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi – 1198;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi - 1097;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi – 1148, (71) 207-00-66;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi – (71) 234-11-03;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi – (71) 244-05-05;

🇺🇿 telegram | instagram | facebook