Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Muborakda sug'oriladigan yer maydonida boshlangan noqonuniy qurilishning oldi olindi

Kadastr agentligining Muborak tumani bo'limi inspektorlari "Qarliq" hududidagi qishloq xo'jaligida sug'orib ekin ekiladigan yer maydonining 0,52 ga qismidan tegishli hujjatlarsiz "molxona" binosi qurilishi boshlangani holatini aniqlashdi.

Bo'lim inspektorlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida fermer xo'jaligi rahbari tomonidan ixtiyoriy ravishda mazkur qurilish buzib olinib, yer maydonini dastlabki holatga keltirish maqsadida shudgorlandi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
O‘zingizga tegishli yerni xususiylashtirishingiz mumkin

Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan) yer uchastkalarini xususiylashtirilishi yuzasidan tegishli qonun va hukumat qarori kuchga kirdi.

🔹Unga ko‘ra, fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulkning yer uchastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirib olishi mumkin bo‘ladi.

❗️Agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yerni xususiylashtirish mumkin bo‘lmaydi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
VIDEO: Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi📹

Telegram | Facebook | Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati

🏢 Aziz qashqadaryoliklar, Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi Sizlarni yer qonunbuzilish holatlarining oldini olish bo'yicha hamkorlikka chorlaydi.

📌 O'zingiz yashayotgan mahalla yoki qishloqlarda yerlarni noqonuniy egallab olinishi, o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlar qilinayotgani holatiga guvoh bo'lsangiz, Bosh prokuraturaning📞 1007 yoki Kadastr agentligining📞 1097 qisqa raqamlariga murojaat qiling.

@Qashkadastrpress
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 14-fevralidagi 71-sonli qaroriga asosan yer maydonlarini xususiylashtirishni quyidagicha afzallik tomonlari bor.

🔷 Mulk huquqiga ega bo'lish, yer uchastkasini bir qismini sotish yoki hadya qilish.

🔷 Davlat tomonidan yer uchastkalari olib qo'yilmaydi faqat sotib olinishi mumkin.

🔷 Yer maydonini mustaqil qo'shish, taqsimlash va ajratish huquqini beradi.

🔷 Yer uchastkasidan garov sifatida foydalanish huquqini beradi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
📸 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishdi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
HURMATLI FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR !

🔊 Siz kadastr xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarmaslik (vijdonan bajarmaslik), mansab vakolatlarining suiste'mol qilinishi, fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, xodimlar tomonidan tovlamachilik qilish holatlariga duch kelsangiz, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining Komplayens-nazorat xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

💼 @kadastrpress_bot ga yoki

📞 88-639-70-00

📞 97-578-81-06 telefon raqamlariga murojaat qiling

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Nishonda hech qanday huquqni belgilovchi hujjatlarga ega bo'lmasdan turib noqonuniy qurilish qilgan qonunbuzar shaxsga chora ko'rildi

Kadastr agentligi Nishon tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Oydin MFY hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganda, fuqaro 0.12 gektar yaylov yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, shundan 60 kv.metr yer maydoniga noqonuniy qurilish qurganligi holati aniqlangan.

Mazkur yer qonunbuzilishi holati yuzasidan qonunbuzar shaxsga nisbatan bo‘lim inspektorlari tomonidan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorida ya’ni 45 000 000 (qirq besh million) so’m jarima jazosi qo’llanilgan.

Shuningdek, mazkur qurilishlarni 15 kun muddatda o‘z hisobidan bartaraf etishi, aks holda ishlar sud tartibida amalga oshirilishi bo’yicha fuqaroga yozma ko‘rsatma ham berilgan.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Yerga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat bo'lmasa ham kadastr pasporti rasmiylashtiriladimi ?

Kosonda kadastr pasporti tayyorlab berilishini so'rab murojaat qilgan fuqaroga kadastr xodimlari huquqiy tushuntirish berishdi.

▶️ MAQOLANI BATAFSIL O'QISH

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chiroqchi tumanida nazorat tadbirlari o'tkazildi

•Qashqadaryo viloyat prokuraturasi va Kadastr agentligining Chiroqchi tumani bo'limi inspektorlari tomonidan tumandagi Dursun MFY hududida noqonuniy qurilish ishlari bartaraf etildi.

O'rganishlar davomida hech qanday huquqiy hujjatlarga ega bo'lmasdan turib, qurilishlarni amalga oshirgan fuqarolar aniqlandi.


Ular bilan muloqot olib borildi va qonun talablari tushuntirildi.

Yerlarni noqonuniy egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.


Yer nazorati tadbirlari viloyatimiz bo'ylab davom ettiriladi...

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_yer_nazorati_targ'ibot

Qashqadaryoda kadastr xodimlari yer qonunbuzilish holatlarining oldini olish bo'yicha tashviqot ishlarini o'tkazishdi

Bosh prokuraturaning 1007 va Kadastr agentligining 1097 ishonch raqamlari aks ettirilgan reklama bannerlari aholi zich yashaydigan markaziy ko'chalarga joylashtirib chiqildi.

Jumladan, viloyatdagi jami 1003 ta obyektlarda hamda Qarshi shahridagi 2 ta elektron ekranlarga ushbu bukletlar joylashtirildi.

Mavzuga doir: Yer qonunbuzilish holatlarining oldini olish bo'yicha hamkorlikka chorlaymiz

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nishon tumanida ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarning kadastr bilan bog'liq muammolari bartaraf etilmoqda (VIDEO)


"Kadastr xalq xizmatida" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqidagi reportajni tez orada "Nasaf" telekanali orqali tomosha qiling.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Obod mahalla dasturi amalga oshirilayotgan G'uzor tumanidagi Yangi hayot mahallasida yer qonunbuzilish holati bartaraf etildi

•Qashqadaryo viloyat prokuraturasi va Kadastr agentligining G'uzor tumani bo'limi inspektorlari tomonidan tumandagi Yangi hayot mahallasida yerlarni noqonuniy egallanishi yuzasidan nazorat tadbiri o'tkazildi

O'rganishlar davomida yo'lning muhofaza zonasida ko'chma konteyner o'rnatib olingani holati aniqlandi.

Yerlarni noqonuniy egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Holat yuzasidan fuqaro bilan muloqot olib borildi va qonun talablari tushuntirildi.

Noqonuniy o'rnatilgan konteyner yoʻlning muhofaza qismidan olindi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress